O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet203/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Yakka va jamlovchi ot. Bir turdagi predmetning o‘zini bildiruvchi ot yakka ot deyiladi: kitob, uy, daraxt. Jamlovchi ot birlik shaklda ham predmetlar majmuini anglatadi: armiya, ko‘pchilik, xalq. Lekin bunday ot semantik ko‘plikda bo‘lsa-da, grammatik birlikda deyiladi.
53-§. Ot derivatsiyasi. Otlar ikki xil – affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Shunga muvofiq, ot yasashning affiksal va kompozitsion qolipi mavjud. Bu qolip ham o‘z o‘rnida unumli, unumsiz; mahsuldor va kammahsul turga bo‘linadi.
Ot yasovchi qolipning aksariyati ko‘p ma’noli. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz.
-chi affiksli ot + -chi = 1) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘liq kasb, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 2) asosdan anglashilgan ish/harakat/hodisa bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 3) asosdan anglashilgan ish-harakat, faoliyatda qatnashuvchi shaxs oti; 4) ish-faoliyatda biror oqim, maslak va sh.k. tarafdori, shularga mansub bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot; 5) asosdan anglashilgan hodisani, ish-harakatni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot qolipi quyidagi hosilalarni bergan:
1) sportchi, dutorchi, kashtachi, shaxmatchi, bufetchi, matbaachi;
2) xabarchi, maslahatchi, terimchi, yordamchi, himoyachi, davomchi;
3) jangchi, isyonchi, hasharchi, muzokarachi, (sayrchi), obunachi;
4) respublikachi, muxtoriyatchi, «paxtakor»chi), tursunoychi;
5) to‘polonchi, buzg‘unchi, tavakkalchi, ginachi, uyquchi, lofchi, kekchi.
Кo‘rinadiki, bu qolip polisemantik va polifunksional bo‘lib, har bir ma’nosi yana bir necha ma’no turlariga bo‘linib ketadi.
-shunos affiksli ot + -shunos = asosdan anglashilgan sohani o‘rganuvchi mutaxassis qolipi bir ma’noli bo‘lib, u quyidagi hosilalarni bergan: adabiyotshunos, tilshunos, tarixshunos, o‘lkashunos, musiqashunos kabi.
-kor affiksli ikkita qolip mavjud:
a) aniq ot + -kor + asosdan anglashilgan narsa/predmetni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti (paxtakor, lavlagikor, sholikor, g‘allakor);
b) mavhum ot + -kor = asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs (madadkor, xiyonatkor, gunohkor, tajovuzkor, tashabbuskor, ijodkor, xizmatkor).
-kash affiksli qolip ham ikki ma’noli:
a) ot + -kash = 1) asosdan anglashilgan ish, mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti: zambilkash, kirakash, loykash, (paxsakash);
b) asosdan anglashilgan ishni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxs oti: janjalkash, hazilkash.
Quyida boshqa affiksli qoliplarni misollari bilan sanab o‘tamiz: o‘quv otlari+-xon = asosdan anglashilgan narsa/predmetni doimiy mutolaa qiluvchi shaxs oti (gazetxon, kitobxon, (jurnalxon), duoxon), ot + -doz = asosdan anglashilgan narsa/predmetni tikuvchi shaxs oti (etikdo‘z, mahsido‘z, mo‘ynado‘z, do‘ppido‘z), ot + -gar = asosdan anglashilgan narsa/predmet bilan bog‘liq kasbni qiluvchi shaxs oti (zargar, (sovungar), savdogar), ot + -soz = asosdan anglashilgan narsa/predmetni yaratuvchi, tuzatuvchi shaxs oti (soatsoz, (stanoksoz), (asbobsoz)), ot + -paz = asosdan anglashilgan taomni tayyorlovchi shaxs oti (oshpaz, (somsapaz), (mantipaz), kabobpaz), ot + -boz = asosdan anglashilgan ish/harakat bilan ko‘p shug‘ullanuvchi, unga berilgan shaxs oti (majlisboz, (arizaboz) maishatboz, safsataboz, va’daboz, guruhboz, kaptarboz, bedanaboz), ot + -xor = asosdan anglashilgan yegulik, ichimlikni doimiy iste’mol qiluvchi shaxs oti (norinxo‘r) aroqxo‘r, nafaqaxo‘r, choyxo‘r), ot + -parast = asosdan anglashilgan narsaga e’tiqod qiluvchi shaxs oti (butparast, mayparast, shaxsiyatparast, maishatparast), ot + -goy = asosdan anglashilgan ish/harakat, hodisani doim bajarib turadigan shaxs oti (maslahatgo‘y, duogo‘y, xushomadgo‘y, nasihatgo‘y, (labbaygo‘y), ot + -dor = asosdan anglashilgan narsa/predmetga ega bo‘lgan shaxs oti (bog‘dor, quldor, do‘kondor), ot + -bon = asosdan anglashilgan narsa/predmetga qarovchi shaxs oti (bog‘bon, saroybon, darvozabon), ot + -furush = asosdan anglashilgan narsa/predmetni sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti (chitfurush, nosfurush, mevafurush), ot + -dosh = asosdan anglashilgan narsa/predmetga bir xil aloqador bo‘lgan shaxs oti (qayg‘udosh), musobaqadosh, suhbatdosh, zamondosh), ot + -vachcha = asosdan anglashilgan shaxsga qarashli farzand ma’nosidagi shaxs oti (boyvachcha, gadoyvachcha, to‘ravachcha, tog‘avachcha, xolavachcha, ammavachcha, itvachcha), ham + ot = asosdan anglashilgan narsa/predmetga aloqador shaxs oti (hamshahar, hamsuhbat, hamkurs, hamkasb), a) sifat/ravish + -lik = asosdan anglashilgan belgi oti (sariqlik, tezlik, bema’nilik, yoshlik,), b) ot + -lik = asosdan anglashilgan narsa/predmetni umumlashtirib, holat tarzida ifodalovchi mansublik oti (otalik, o‘qituvchilik, ginaxonlik, va’dabozlik, shaharlik, urug‘lik, kiyimlik, muzlik, botqoqlik), ot + -chilik = 1) asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan soha oti; 2) asosdan anglashilgan narsa/hodisaning borliq holatini anglatuvchi ot; 3) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘lanuvchi holat oti; 4) biror ish-hodisaning sababi asosdan anglashilgan narsa ekanini bildiruvchi ot (1) paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik; 2) pishiqchilik, to‘kinchilik, (qattiqchilik)), 3) ulfatchilik, tirikchilik, maynabozchilik, (o‘rtoqchilik); 4) (yurtchilik), o‘zbekchilik, ro‘zg‘orchilik), ot + -garchilik = asosdan anglashilgan belgi, holat, harakat-hodisaga aloqador bo‘lgan ot (oliftagarchilik, namgarchilik, isrofgarchilik), ot + -zor = asosdan anglashilgan narsa ko‘p bo‘ladigan joy oti (olmazor, qaroqchizor, paxtazor, ajriqzor), qum, tosh, o‘t + -loq = asosdan anglashilgan narsa/predmet ko‘p bo‘ladigan joy oti (o‘tloq, qumloq, toshloq), ot + -iston = asosdan anglashilgan narsa/predmetga boy joy oti (O‘zbekiston, guliston).
Shunday ot yasash qoliplari borki, ulardan bugungi kunda yangi so‘z yasalmaydi. Hosilalarning barchasi lisoniy tabiatli. ot + -goh = asosdan anglashilgan ish-harakat bajarilgan joy oti (sayilgoh, ayshgoh, manzilgoh), ot + -don = asosdan anglashilgan narsa/predmet saqlanadigan predmetni ifodalovchi ot (qalamdon, tuzdon, kuldon), ot + -xona = asosdan anglashilgan ish-harakatga mo‘ljallangan joy oti (ishxona, qabulxona, choyxona, oshxona), ot + -obod = asosdan anglashilgan narsa/predmet obod qilgan joy oti (Dehqonobod, Mehnatobod), ot + -noma= asosdan anglashilgan narsa/predmetni ifodalovchi ot (arznoma, taklifnoma, sayohatnoma).

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish