Qismlaridan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft otlar: aldam-quldam, bozor-o‘char, bola-baqra, qo‘ni-qo‘shni, latta-putta, yig‘i-sig‘i, maza-matra, mehmon-izmon, irim-sirim.
Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft otlar: adi-badi, ashqol-dashqol, zer-zabar, shikast-rext, ikir-chikir, lash-lush, qalang‘i-qasang‘i, mirqinboy-shirqinboy, ya’juj-ma’juj.
54-§. Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari. Ot morfologik o‘zgaruvchi so‘z sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Son va subyektiv baho shakllari otning asosiy tasniflovchi grammatik shakllari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |