O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet214/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

56-§. Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq.
Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul – qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil – qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi.
Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin.
Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat.
Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: qizil, sariq, katta, ko‘p, oz.
Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirgich. Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi.
Asliy sifatning barchasida daraja shakllari, ayrimida ozaytirma va kuchaytirma shakl bor.
Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DК) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi.
Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMGsi ajratiladi:
1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.Shakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat.
Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish