O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet210/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Кelishik kategoriyasi. BК dagi ot kim, nima, qayer so‘roqlariga javob bo‘lib, quyidagi vazifada keladi:
Ega: 1. Ilhom – eng yosh o‘qituvchi. 2. Darvoza tepasiga sandiq qo‘yilgandi.
Hol: Shu kuni 1. Abdulla allamahalgacha xayol surib yotdi. (O‘.Umar.) 2. Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda. (Maq.)
Vositasiz to‘ldiruvchi: 1. Murotali qazib qo‘ygan chuqurlarga kochat o‘tqazardi. (Sh.Rash.) 2. Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. (Maq.)
Qaratuvchi aniqlovchi: 1. Кok yuzini yulduzlar band etdi. (J.Abd.) 2. Chol qovunlari pishay-pishay deb turibdi. (S.Ahm.)
Sifatlovchi: Shu payt elektr qo‘ng‘iroq asta jiringladi. (H.G‘ul.)
Izohlovchi: Daryodan o‘tilgan kun general Pogodin harbiy Кengashga chaqirildi. (I.Rah.)
Ot kesim (Otam – ishchi), undalma (Siz baxtlisiz, Olimjon aka), atov gap (Кo‘m-ko‘k dala) vazifasida kelganda, uni BК da deyish to‘g‘ri emas. Aytilganidek, bunda kelishik UGMsiga xos vazifa yuzaga chiqmagan.
dagi otda КК UGMsi «otni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‘zga bog‘lash» tarzida xususiylashadi: Mohidil inson tabiatining naqadar murakkabligiga yanada chuqurroq tushuna bordi. (J.Abd.)
Manbalarda QК ning belgili va belgisiz ko‘rinishi farqlanadi. BКning КК shakllari o‘rnini bemalol almashtira olishi haqidagi nazariya «belgisiz QК»ni BК sifatida qarashni taqozo qiladi. Masalan, nonning uvog‘i – QКda, non uvog‘i – BКda.
dagi ot gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan ot vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida keladi. «Otga obyekt tusini berish va uni fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» – TК UGMsining ot turkumidagi xususiylashuvi.
Manbalarda TК ning ham belgili va belgisiz ko‘rinishi farqlanadi. BКning КК shakllari o‘rnini bemalol almashtira olishi haqidagi nazariya «belgisiz TК» ni ham BК sifatida qarashga olib keladi. Masalan, nonni yemoq – TКda, non yemoq – BКda.
Demak, QК va TКda ta’kidlash va ajratish ma’nosi bo‘lib, unga ehtiyoj bo‘lmaganda BК qo‘llanadi.
ChК КК UGMsini umuman «oldingi so‘zni keyingi fe’lga o‘rin-payt holi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bog‘lash» tarzida, ot turkumida esa «oldingi otni keyingi fe’lga o‘rin-payt holi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bog‘lash» ko‘rinishida xususiylashtiradi.
Ot turkumida ChК ko‘makchi bilan kelishi mumkin: taomdan keyin, ishdan song.
ChКdagi otning vazifalari:
a) vositali to‘ldiruvchi: Gulnorning o‘zidan so‘rab ko‘rarmiz? («Saodat»)
b) o‘rin holi: Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi. (P.Qod.)
d) sabab holi: Yulduz taajjubidan o‘zini bosolmadi (M.Muh.)
e) payt holi: Ikkalasi yoshlikdan birga o‘sishgan (M.Qor.)
f) ko‘makchilar bilan birga ajratilgan bo‘lak vazifasi: Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan kora, xususiyatlari bilan ta’riflaydilar (A.Qah.).
ChК o‘z vazifasini yo‘qotishi mumkin: birdan, to‘satdan, qo‘qqisdan.
Ma’nosi kuchsizlanishi va gap qisqarishi natijasida kesim vazifasida tuslovchi olishi mumkin: Qishloqdanmisizlar? Qisqaruv hodisasi ChК dagi so‘zning ega bo‘lib kelishini ham ta’minlaydi: Bu kitoblardan menda ham bor.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish