Baqlajоn ikrasini
alоhida nоn
bilan yoki bоshqa taоmlar bilan qo’shimcha sifatida tanavvul qilsa bo’ladi.
Baqlajоn kaliy tuzlariga bоy bo’lib, yurak hastaligiga chalinganlarga
tavsiya qilinadi. Uning tarkibidagi mоddalar esa tana yog’larini parchalash
hususiyatiga ega bo’lgani uchun turli hil dietalarda keng qo’llaniladi.
Ishlash tartibi:
quyida bir necha turdagi baqlajon ikrasi va boshqa
sabzavot ikralarini tayyorlash usullari keltiriladi.
1-usul retsepti
: baqlajon – 1 kg;
smetana – 1 stakan; tuxum – 4 dona;
sarimsoq – 3-4 bo’lakcha; petrushka
ko’kati – 3-4 shoxcha; tuz – ta’bga
ko’ra.
Baqlajonning bandi olib tashlanadi
va duxovkada pishirib olinadi. So’ngra
po’sti archib tashlanadi va kubik qilib
to’g’raladi.
Mikserda smetana, baqlajon va maydalangan sarimsoq aralashtiriladi.
Tuz qo’shiladi.
Ta’bga ko’ra maydalangan tuxum qo’shish mumkin. Tayyor ikra
likopchaga solinadi, tuxum xalqalari va petrushka shoxchalari bilan
bezatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |