O’zbekistоn respublikasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/100
Sana01.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#422309
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
tarmoq texnologiyasi va jihozlari

5-rasm.
Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq, pishiqligi kamroq, lekin qayishqoqroq 
bo'ladi. Jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega bo'ladi, ya'ni uncha g'ijimlanmaydi, 
ishqalanishga chidamli va undan tikilgan buyumlarning dastlabki shakli yaxshi saqlanadi 
va issiqni yaxshi saqlaydi. 


14 
Jun tolaning asosini oqsil modda — keratin tashkil etadi. Bu tola juda murakkab 
tuzilgan. Masalan, ingichka jun tolasi ikki qatlamdan, ya'ni sirtqi tangachasimon va qobiq 
deb nomlanuvchi ichki qobiqdan tarkib topgan. Dag'al jun tolalari ichida uchinchi — o'zak 
qavat bo'ladi. Tola massasining asosini tashkii etuvchi qobiq qavat tarkibi va xossalari 
bilan farqlanuvchi ikki qismdan tuzilgan. Bu qavat tola o'qi bo'yicha tartibli tuzilishga ega 
bo’lgan urchuqsimon hujayradan tuzilgan. Umuman olganda, tolaning hamma qavati 
asosan hujayrasining tarkibi, shakli va o’lchamlari bilan farqlanuvchi, keratindan tarkib 
topgan. 
Jun tolalarida ham ko'p miqdorda oqsil va oz miqdorda oqsil bo'lgan moddalar 
bo'ladi. Ularga misol qilib tasodifiy iflosliklar, sellulozaga oid moddalar, oqsil mumi va tuz 
aralashmalarini ko'rsatish mumkin. 
Pilladan olingan xom ipak seritsin deb nomlanuvchi yelim moddadan tarkib 
topgan qobiq bilan qoplangan ikkita fibroin ipdan tuzilgan. Xom ipak tarkibida taxminan 
70—75% fibroin va 25—30% seritsin, oz miqdorda mumsimon modda va mineral 
bo'yovchi modda bo’ladi. Seritsin ham oqsil modda bolib, u o'zining tarkibi, suvda 
eruvchanligi va tuzilishi bilan fibroindan bir oz farq qiladi. Fibroinning tuzilishi yuqori 
tartibli bo'lib, seritsinning tartibligi uncha yuqori bo'lmaydi, ya'ni u amorf (shishasimon) 
tuzilishda bo'ladi. 
Ip-gazlama sanoatida ko’p yillardan beri kimyoviy tolalar sof holda ham, paxta 
bilan aralashtirilgan holda ham qayta ishlab kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda tarmoqni 
kimyolashtirish jarayoni jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Shuning uchun ip-gazlama 
korxonalarida qayta ishlanadigan kimyoviy tolalar ulushi ko’paymoqda. 
Kimyoviy tolalarning xossalari tabiiy tolalarnikiga qaraganda bir tekisroq bo'ladi, 
shu bilan birga ularning ba'zi xossalari - uzunligu chiziqli zichligi, pishiqligini rostlab turish 
mumkin. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradigan 
omillarning boshqa guruhi kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning iqlim sharoitlariga bog'liq 
emasligi, ba'zi xil tolalarni ishlab chiqarishda ish unumining yuqoriligi, xomashyo 
resurslarining mo'lligi va ularni ishlab chiqarish ekin maydonlarini kengaytirishga bog'liq 
emasligidir. Tabiiy tolalar ishlab chiqarishda esa buning aksini ko'ramiz. 
Kimyoviy tola ishlab chiqarish sun'iy tolalar - viskoza tolalar ishlab chiqarishdan 
boshlandi. Keyinchalik sellulozadan boshqa tolalar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi 
vaqtda sun'iy tolalar ishlab chiqarish barcha kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning 
yarmidan ko'pini tashkil etadi. 
Barcha kirnyoviy tolalar tabiiy polimerlardan olinadigan sun'iy hamda eng oddiy 
birikmalar - monomerlardan kimyoviy sintez yo’li bilan olinadigan sintetik xillarga 
bo’linadi. Ko'pgina kimyoviy to'qimachilik tolalari yuqori molekulyar organik birikmalar 
hisoblanadi. Shisha va raetall tolalar anorganik tolalar jumlasiga kiradi. To'qimachilik 
tolalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan kimyoviy yuqori molekulyar birikmalar 
tuzilishiga ko'ra karbotsiklik va geterotsiklik xillarga bo’linadi. 
Karbotsiklik birikmalar shunday birikmalarki, ularda sikllarga faqat uglerod 
atomlari kiradi. Ularga polietilen, polipropilen, polivinil xlorid kiradi. 
Geterotsiklik birikmalar - sikllari (halqalari)da uglerod atomlaridan tashqari 
boshqa atomlar: kislorod, azot atomlari va hokazo atomlar bo’ladigan birikmalar. Ular 
jumlasiga ko'pgina kimyoviy tolalar kiradi. 


15 
Barcha kimyoviy tolalar suyuq yoki suyuqlantirilgan polimerni: filyerlar - yigiruv 
voronkalarining kichik teshiklari orqali siqib o'tkazish va hosil bo’lgan ipni suyuqlik yoki 
gaz bilan qotirish yo’li bilan olinadi. 
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning butun siklini quyidagi bosqichlarga bo’lish 
mumkin: xomashyo olish va uni dastlabki tayyorlash; yigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi 
hosil qilish (unga bo'yovchi moddalar qo'shib tayyor bo’yalgan tola olish mumkin). 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish