O’zbekistоn respublikasi


-rasm. To’qimachilik tola va iplarining tasniflanishi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/100
Sana01.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#422309
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
tarmoq texnologiyasi va jihozlari

4-rasm. To’qimachilik tola va iplarining tasniflanishi 
 
1-jadval. Birlamchi iplarning tasnifi 
Birlamchi iplarning tasnifida hamma iplar tuzilish ko'rsatkichlari orqali sinflarga, 
guruhlarga va ayrim iplar turiga bolinadi. 
 


12 
2-jadval. Ikkilamchi iplarning tasnifi 
Ikkilamchi iplar birlamchi iplarga qo'shimcha ishlov berish usuli bilan olinadi. 
Ya'ni birlamchi iplar qo'shimcha eshiladi, pishitiladi. Natijada iplarning mustahkamligi 
ortadi, notekisligi kamayadi. 
 
 
3. Tabiiy va kimyoviy iplarning оlinishi va xоssalari.
Tabiiy tolalar. Tabiiy tolalarga selluloza (paxta, zig'ir, kanop va boshqalar) va 
oqsil (jun va ipak) tolalar misol bo’la oladi. Selluloza tabiatda juda keng tarqalgan tabiiy 
yuqori molekulali birikmalardan biri hisoblanadi. U tirik organizmlarning asosiy qismi 
hisoblangan oqsillarga o'xshab, o'simliklarning asosiy qismini tashkil etadi va ularning 
rivojlanishida faol ishtirok etadi. Paxta tolasining o'rtasida uzunasi bo'ylab kanal bo'lib, u 
buralgan tasma shaklini namoyon etadi. Tolaning uchi ingichkalanib borib, chigitdan 
uzganda uning uzilgan uchi ochiq qoladi, ingichka uchi esa yopiq bo'ladi. Selluloza tolasi 
bir nechta aylanma (umumiy markazli doira) qavatlardan, ya'ni birlamchi va ikkilamchi 
devorlardan tarkib topgan. Tola sirtidagi yupqa birlamchi devor himoya qavati hisoblanadi. 
Tolaning asosiy massasi uchta aylanma qavatdan tuzilgan ikkilamchi devorga to’glri 
keladi. 
Zig'ir tolali oraliq plastinkalar bilan bog'langan bir qancha elementar tolalardan 
tarkib topgan. Zig'irning elementar tolasi ikki uchi berk urchuqsimon shaklda bo'lib, uning 
o'rtasida uzunasi bo'ylab kanal bo'ladi va u bir nechta aylanma qavatlardan tarkib topgan. 
Tolaning oraliq plastinkasi tarkibida pektin, lignin, gemitselluloza va boshqalar bo’ladi. 
Pishgan paxta tolasining 94—96 % (tolaning mutlaq quruq massasiga nisbatan) ni 
selluloza va qolgan 4—6% ni tabiiy selluloza yo'ldoshlari — tarkibida azot bo'lgan 
moddalar pektin, mumsimon moddalar tashkil etadi. Selluloza miqdori zig’irda 74—79%, 
daraxtda 40—50%, qamish va somonlarda 20—30% bo'ladi. 


13 
Mumsimon moddalar yuqori uglevodorodlar, yuqori bir atomli spirtlar, yuqori 
kislotalar, ularning tuzlari va efir aralashmasidan tarkib topgan bo'lib, ular organik 
erituvchilar yordamida ekstraksiyalanadi. 
Tarkibida azot bo'lgan moddalar oqsil tabiatli moddalar va nitrat va nitrit kislota 
birikmalari ko'rinishida namoyon bo'ladi. 
Pektin moddalar — asosiy qismini pektin kislotaning kalsiy-magniy tuzlari tashkil 
qilgan polisaxaridlar aralashmalardan tarkib topgan. 
Lignin — murakkab tuzilishga ega bo'lgan tabiiy polimer bo'lib, u hali ham 
oxirigacha o’rganilmagan. Sellulozadan farqliroq lignin 72% li sulfat kislotada erimaydi. 
Kul moddalar tarkibida silikat kislota, turli tuzlar va kalsiy, kaliy, temir, marganes 
va h.k. ning oksidlari bo'ladi. 
Turli bo'yovchi moddalar murakkab tuzilishga va tarkibga ega bo’lib, ular to'liq 
o'rganilmagan. 
Selluloza. Tarkibida selluloza bo’lgan materiallarni qayta ishlashga qaratilgan 
hamma jarayonlar sellulozaning kimyoviy o'zgarishiga asoslangan. Yog'och massasini 
mexanik qayta ishlash (yog'ochdan sellulozani ajratish uchun uni tayyorlash) bundan 
istisno, albatta. Paxta asosida to'qilgan matolarni bo'yash va gul bosishga tayyorlash, 
bo'yash va pardozlash jarayonlari natijasida boshlang'ich xom ashyoda kimyoviy va fizik-
kimyoviy o'zgarish sodir bo’ladi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni to'g'ri yo'naltirish 
bo'yicha bajariladigan ishlarni yaxshi bilish zaruriyati sellulozadan mahsulotlar yaratishga 
qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini puxta bilishni taqozo etadi. 
Selluloza —tola hosil qiluvchi eng muhim polimer, to'qimachilik materiallarining 
deyarli 70% sellulozadan tashkil topadi. Selluloza yuqori molekulali polimer bo'lib, 
uglevodlar sinfiga mansubdir. 
Biosintez jarayonida paxta tolasida paydo bo'ladigan polioza molekulalari asta-
sekin sellulozaga aylanadi. Bunda suv ajralish bilan sodir bo'ladigan a-d — glukozani 
(C
6
H
l20

polikondensatlanish 
reaksiyasi 
tufayli 
hosil 
bo'ladigan 
selluloza 
makromolekulasining elementar zvenosi glukoza qoldig'i (C
6
H
l0
O
5
) bo'lib, zanjir 
geterotsiklik tuzilishda namoyon bo’ladi. Sellulozaning empirik formulasi (C
6
H
10
O
5
) bilan 
ifodalanadi. Tabiiy sellulozaning molekulyar massasi juda aniqmas, uning polimerlanish 
darajasi PD= 10000-12000 (zig'irniki 36000 atrofida). Lekin kimyoviy qayta ishlash uchun 
(selluloza asosida tola, efirlar olishda) sellulozaning polimerlanish darajasi PD= 1000-
1500, uning o’rtacha molekular massasi 12000— 250000 mahsulotlari qo'llaniladi. 
Selliloza makromolekulasining tuzilishi quyidagi ko'rinishda ifoda qilinadi: 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish