O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Sayohatlarning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatlari



Download 1,07 Mb.
bet83/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

9.3. Sayohatlarning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatlari

Xalqimiz orasida sayohat-tanga rohat, degan naql qadimdan buyon davom etib kelmoqda. Xaqiqatan ham soya-salqin, suvlik joylarda, ayniqsa tog‘li hududlarda tabiatning gо‘zal manzaralarida dam olish, yurish, chо‘milish, ovqat pishirish, kechki gulxan atrofida raqslarga tushish, birgalashib, jam bо‘lib qо‘shiqlar aytish, ochiq-sof havoda uxlash qanchalik lazzatli, zavqli ekanini hamma bilishadi. Bunday imkoniyatlarga osongina erishish amri maxoldir. Chunki, kerakli buyumlar, oziq-ovqatlar, turistik jihozlarni orqalab-kо‘tarib 15-20 km, piyoda yurishga tо‘g‘ri keladi. Qolaversa mehnat, yumushlar, oila sharoitlari bunday tadbirlarga doimo ham yо‘l bermaydi. Sayohatlarning mazmunida faol harakatlar ustun turadi. ya’ni mushaklarning chidamliligi, tez harakatchangligi, kuch sarflashlarda nafas olish, yurak-qon tomirlari tizimi va boshqa a’zolarning ish faoliyati yuqori darajada amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda ruxiy tetiklik, qatiiy irodalik, biomexanik, kimyoviy jarayonlarning ham faoliyatlari tezlashadi.

Boshida takidlanganidek, sayohatlar tarkibida sayr-tomoshalar ham о‘rin egallaydi. ya’ni atrof-muhitni kuzatish, о‘rganish, tomosha qilishning ham о‘z maqsadi va vazifalariga ega bо‘ladi. Ayniqsa bog‘cha bolalari, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini о‘lkani о‘rganishga qaratilgan maqsadlar, tabiat bilan tanishish, shaharlardagi baland qad kо‘targan koshonalarni kо‘rish ancha qiziqarli hamda tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Sayohatlarning sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarini e’tiborga olingan holda Ittifoq davrida “Mehnat va mudofaaga tayyor” jismoniy tarbiya majmui tarkibiga uni kiritilgan.

Bunda 2-3 marta bir kunlik yoki tunab kelish sharti bilan (2-3 kunlik) bir marta sayohatga chiqib kelish (jami 25-30 km masofa) sharti qо‘yilgan. О‘zbekiston mustaqilligi davrida tashkil etilgan (2000 yil) “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari tarkibida ham sayr-sayohatlar о‘z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumki, mustaqillikning istiqbollarida xorijiy mamlakatlarga sayohat (ekskursiya, tomosha, ziyorat va h.k) uyushtirish va о‘z navbatida chet ellik sayyohlarni qabul qilish asosiy о‘ringa qо‘yilmoqda. Shu sababdan mamlakati-mizda Xalqaro turizm keng rivoj topmoqda. Bunda О‘z Rning “Turizm tо‘g‘risida” gi qonuni (1999) hamda respublika hukumatining bir qator qarorlari (1999) turizm bо‘yicha kadrlar tayyorlash, madaniy, xо‘jalik, tashkiliy ishlarni xalqaro andozalar asosida amalga oshirish kо‘zda tutilgan.

Mamlakatimizning ichki sayohatlari, ya’ni tarixiy obidalarga boy bо‘lgan shaharlarga о‘quvchi-yoshlar va mehnatkashning, shuningdek mahalla nuroniylari, mehnat faxriylarini sayr-sayohatlarga jalb etish va ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda jismoniy kamolotlarini yanada oshirishga katta etibor berilmoqda. Bunda alochi о‘quvchi va talaba yoshlar, mehnat ilg‘orlariga davlat va jamoatchilik tomonidan keng imtiyozlar yaratilib berilmokda. Yana bir muhim tomoni shundaki, umum ta’lim maktab ukuvchilari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ukuv yurtlarining “Jismoniy tarbiya” dasturida sayyoxatlar ham uz ifodasini topgan. Demak, sayyoxat-larning saglomlashtiruvchi xususiyatlari goyat kattadir. Shuningdek, о‘lkani о‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi ijtimoiy-pedogogik jixatlari e’tiborga olinganligi bilan sayyoxatlar muhim ahamiyatga egadir.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish