O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi



Download 1,07 Mb.
bet82/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

9 Bob. SAYOHAT

9.1.Sayohatlar va ularning xususiyatlari

Sayohat (turizm) jahon xalqlarining eng sevimli ijtimoiy-madaniy tadbirlaridan biridir. Ularning mazmunida tomosha, sayr, sarguzashtlar, dam olish, hordiq chiqarish, ilmiy qidiruv va eng muhimi jismoniy chiniqish kabi tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan.

Sayohatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi uzoq о‘tmishdagi ajdodlar tarixi bilan bog‘liqdir. YA’ni ijtimoiy turmush kechirish faoliyatlarida ov qilish, turli hil mehnat, dam olish, tog‘larga chiqish, daryo va kо‘llarda chо‘milish kabi murakkab harakatlardan maqsadli foydalanishgan.

Ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonning deyarlik barcha hududlari qadimgi savdo-sayohat yо‘llari bilan tutashdir. Eradan avvalgi birnecha ming yillar davomida va keyingi davrlarda ham Sharqdan G‘arbga kesib о‘tgan karvon yо‘llari, ya’ni Buyuk ipak yо‘li xalqlarning ijtimoiy–madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan.

Savdo, о‘zaro madaniy aloqalarning о‘rnatilishi va ularning rivojlanishi natijasida Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo va Zarafshon vohasi atroflarida ulkan shaharlar vujudga kelgan. Ular orasida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy obidalarga boy bо‘lgan shaharlar о‘zining kо‘rkini zamonaviy qurilishlar, sport inshootlari, о‘quv yurtlari, madaniy xizmat qilish maskanlari bilan jahon xalqlarini о‘ziga rom etib kelmoqda.

Yaqin о‘tmishimizda, ya’ni Ittifoq davrida turizm yangi yо‘nalishda kamol topib, ularda asosan о‘quvchi yoshlar, ilg‘or mehnatkashlarning sayohatlari (ekskursiya) yirik shaharlarni tomosha qilish bilan amalga oshirilgan. Shuningdek yoshlar va katta kishilarning salomatligini yaxshilash, jismoniy chiniqish maqsadida tog‘li va xushmanzarali joylarga ulovlarda, piyoda yurish usullari bilan sayohat (poxod) qilishga keng imkoniyatlar yaratilgan.

Yirik sanoat va tarixiy shaharlarda maxsus sayohat maskanlari (turistik stansiya, baza, kemping, klub, seksiya va h.k) qurilgan. Bu yо‘lda Toshkent (Chimyon, Beldorsoy, Xumson, Kumushkon va b.q), Samarqand (Ohalik, Omonqо‘ton, Urgut, Zarafshon daryosi qirg‘oqlari), Buxoro, Xiva va b.q. shaharlardagi sayohat manzillari katta xizmat qilib kelgan.

Umuman olganda sayohatlar kо‘pchilik о‘quvchi va ishchi yoshlarning kundalik turmushiga ancha singib ketgan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlardan biri bо‘lgan. Bu haqida juda kо‘p manba’larda atroflicha bayon etilgan.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish