Gimnastikaning mudofaa ishlaridagi о‘rni
Jahondagi barcha davlatlarda mudofaa ishlari u yoki bu darajada rivoj topmoqda. Bunda faqat harbiy qurollar, texnik vositalar, turli-tuman taktik usullargina emas, balki harbiy xizmatchilarning barcha toifalarini jangovarlik ruhida tarbiyalash ham ancha ustuvor turadi. Bunda turli-tuman jismoniy mashqlar, maxsus harbiy-amaliy harakatlardan keng foydalaniladi. Ularning tarkibida gimnastikaning deyarlik barcha turlari va vositalaridan maqsadli foydalanish harbiy tayyorgarlik tizimining muhim bosqichi va omili hisoblanadi. Bu jixatlar О‘zbekistonning harbiy qurolli kuchlari va mudofaadagi barcha qismlar, bо‘limlarda maqsadli qо‘llanilmoqda.
- Saf mashqlari askarlar va ularning rahbarlarining tezlik bilan qatorga turish, tо‘g‘rilanish, burilishlar va boshqa turli faoliyatlarda mustahkam о‘rin egallagan. Gimnastikadagi saf, tartib, umumrivojlantiruvchi va turli asboblarda bajariladigan juda kо‘p mashqlar, ularning nomlari (atamalar) harbiy Ustavda asos qilib olingan.
-Turnikda qо‘llarga tortilish, gavdani oshirib aylanish, turli hil harakatlar, shuningdek brus, gimnastika devori, narvon, arqonda osilib chiqish kabilar harbiy xizmatchilarning ertalabki chiniqish, tarbiyalash tadbirlari-ning asosiy mazmunini tashkil etadi.
-Kon, kozyol va boshqa asboblardan sakrab о‘tish, yakka chо‘pdan (xari) tez yugurib о‘tish, brusda qо‘llarga tayanib yurish, turli tо‘siqliklardan yotib, emaklab va yugurib о‘tish mashqlari ham kundalik harbiy jismoniy tayyorgar-likda muhim о‘ringa egadir.
Umuman olganda harbiy xizmatchilarning umumiy hamda maxsus jismo-niy tayyorgarliklarini tarbiyalashda gimnastika mashqlari xizmat qilmoqda.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari tarkibida gimnastika mashqlari
Salomatlik va jismoniy tarbiya majmui (kompleks) mavjud bо‘lib, uning asosiy maqsadi aholining barcha tabaqalarini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga qaratilgan. U respublikamizda 2000 yildan “Alpomish” va “Barchinoy” salomatlik testlari sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Uning mazmunida yengil atletika turlari, suvda suzish, о‘q otish, sayyohat (turizm), gimnastika muhim о‘rinlarni egallagan.
Ta’kidlash lozimki, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari mazmuni va meyoriy talablari bugungi kun talablariga javob beradi deyish mumkin. Chunki, uning tarkibidagi turlar, mashqlarning meyoriy talablari, ularning ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyatlari ulardan jiddiy ravishda farq qilmaydi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari tarkibida gimnastikaning turnikda qо‘llarda tortilish, о‘tirg‘ichda (skameyka) qо‘llar va gavdani (xotin-qizlar) bukib yozish, yelkalarda turish, umumrivojlantiruvchi jismoniy (gimnastika) mashqlari majmuini tuzish va ularni bevosita bajarish talab-lari о‘z ifodasini topgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, gimnastikaning vositalari jismoniy chi-niqishdagi barcha sifatlarni tarbiyalashda xizmat qilish xususiyatlariga ega. Bu jarayonlar kishilarning yoshi, jinsi va jismoniy holatlariga nisbatan qо‘llanilib, eng avvalo sog‘lomlashtirish, mehnat qobiliyatini oshirish, ish unumi va samaradorligini ta’minlash hamda mudofa ishlarida maqsadli qо‘llanilishi kо‘zda tutilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Anashu jarayonlarni e’tiborga olgan holda barcha ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida maxsus testlarni topshirishga tayyorgarlik ishlarini yaxshi yо‘lga qо‘yish lozim bо‘ladi. Gimnastika mashqlari maxsus testlarning tarki-biy qismi sifatida doimo о‘rganilishi va kundalik hayotda keng qо‘llanilishi lozimdir. Bu jixatlarni о‘quvchi va talaba yoshlar puxta о‘rganishi hamda о‘zlashtirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |