Yengil atletika bilan mustaqil shug‘ullanish usullari
Yengil atletikaning eng hususiyatli tamoni shundaki, undagi turlar bilan shug‘ullanish faqat bir sohani (yugurish yoki sakrash va h.k) egallashni taqazo etadi. Shunday bо‘lsada yengil atletika kо‘p kurashi (yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish, irg‘itish va h.k) bо‘yicha musobaqalar tashkil etilib, ularda kо‘pkurashchilarni qatnashtirish amalga oshiriladi. YA’ni bir sportchi yugurishlar, sakrash, uloqtirish, irg‘itish turlarini egalab, majmuiy (kompleks) ravishda qatnashadi va ochkolar jamg‘arish bilan о‘z natijalarini aniqlaydilar.
Yengil atletikaning u yoki bu turlari bilan mustaqil ravishda shug‘ul-lanish, о‘zining jismoniy barkamolligini tarbiyalashga qaratiladi. Yugurish, uloqtirish va irg‘itishning ba’zi turlari bо‘yicha mustaqil ravishda shug‘ullanish yuli bilan musobaqalarda yaxshi natijalar kо‘rsatish tajribalarda amalga oshirilmoqda.
Mustaqil ravishda shug‘ullnishga xoxish bildiruvchilar eng avvalo о‘zlarininig jismoniy tayyorgarlik darajalarini aniq bilishlari, tibbiy kо‘riklardan о‘tishlari shartdir.
Mustaqil ravishda shug‘ullanuvchilar uchun avvalo maxsus gimnastika mashqlaridan keyin tanlangan turi (sakrash, yugurish, irg‘itish, va hokazolar.) bо‘yicha mashg‘ulotlarni о‘tkazish lozim. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablaridagi yengil atletika turlariga tayanish lozim bо‘ladi. Astoydil ravishda mustaqil shug‘ullanuvchilar avvaldan о‘z rejalarini tuzishlari, shug‘illanish vositalari hamda usullarini belgilashlari lozim.
Ayniqsa murabbiylar tomonidan tavsiya etilgan uch qismli (tayyorgarlik asosiy va yakunlaovchi.) mashg‘ulot dars mazmunlariga tо‘la amal qilish, ularni hafta yoki ikki hafta jarayonida tо‘ldirib, yangilab, о‘zgartirib turish shart bо‘ladi.
Umumiy ravishda xulosa qilib aytganda, о‘quvchi yoshlar uchun yengil atletika mashqlari hayotiy zaruriyat bо‘lgan ijtimoiy tarbiyaviy jarayon hisoblanadi. Bunda jismoniy barkamollik, mehnat qobilyatini oshirish, Vatan himoyasiga doimo tayyor bо‘lib turish eng ustuvor amaliy faoliyat hisoblanadi. Shu sababdan darslardagi barcha turlar bо‘yicha kо‘yilgan talablarni о‘zlashtirib borish, musobaqalarni о‘tkazish, hakamlik qilish kabi mustaqil jarayonlarni bilish kerak bо‘ladi. Bu yо‘lda yengil atletika bо‘yicha mashg‘ulot joylari, stadion va ularda qо‘llaniladigan asbob uskunalar, texnik vositalar, jihozlarni bilish, ularni ishlatish usullarini egallash о‘ta zarur bо‘lgan ma’suliyat ekanligini yodda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |