Uch xatlab: sakrashning shakli bir muncha boshqacharoq bо‘ladi. YA’ni, chiziqdan depsinib sakraladi va harakatdagi oyoqqa tushib yana sakraladi, avvalgi dipsingan oyoqqa tushib sо‘ngi depsinish bilan uzoqqa sakraladi. Bunda tizzalarni bukib va keng yozib uchish, qо‘llar harakati bilan parvoz qilish sakrashning samarali bо‘lishini ta’minlaydi.
Uzunlikka sakrashning boshqa turlarida ham yugurishning о‘ta tezligi depsinish chizig‘idan baland uchish, qо‘llar va gavdaning qо‘shimcha kо‘tarilish (uchish) faoliyatlari muhim о‘ringa ega buladi.
Umuman olganda sakrashlarning texnik usullari va ularni amalga oshirish jarayonlari shug‘ullanuvchilardan maxsus tayyorgarliklarni talab etish bilan bir qatorda, chaqqonlik, epchillik, oyoqlarning depsinish kuchi va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Bunda asosan oyoq uchlari, tо‘piq, tizza, dumg‘aza, bel, yelka, umurtqa va boshqa bо‘g‘inlarning о‘ta mustahkam va boshqa og‘ir mehnatlarga chidamli bо‘lishni ham tarbiyalash bilan muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |