Yugurish turlari: qisqa, о‘rta, uzoq masofalarga bо‘linadi. Qisqa masofaga (sprint) yugurish uchun sportda avval start (boshlash) holda turila-di. Bunda belgilangan start chizig‘iga yaqin qо‘l uchlari (kaft) kо‘yiladi. Start chizig‘idan 1,5 oyoq izi (stopa) о‘lchovi bilan debsinish oyoq uchi tiqiladi (qо‘yiladi), tizza bukilgan holda turadi va shu oyoq uchi yeniga harakatlanuvchi (boshlovchi) oyoq tizzasi qо‘yiladi, oyoq uchi esa orqaga tiraladi, bosh oldingan bir muncha eiladi. «Diqqat» buyrug‘i berilganda harakatlanuvchi oyoq deyarli tik xolga kelib depsinish oyokka gavdaning ogirligi oshiriladi va yelka ham oldinrokka о‘tib, yugurishga tayyor xolga kiradi, shunda «Yugur» (marsh) buyrug‘i yoki pistaletdan о‘q uzishi bilan sportchi tezlik bilan yugurishni boshlaydi. Masofalarni (100,200,400 m) tо‘la о‘tib bо‘lgancha sportchi bor kuch va tezligini ishga soladi va manziliga (Finish) yetib keladi. Bunday texnik holatlar estafetali va tо‘siqli (baryer) yugirishlarda ham qо‘llanadi.
О‘rta masofalarga (1000,1500,3000) va uzoq masofalarga (5000, 10000, 40000 km va h.k) yugurishlar va turli krosslar, marsh brosoklarda (tо‘siqli joylardan yugurish) tik turgan holda (yuqori start) boshlanadi. Faqat gavda oldinga ozroq egilgan, qо‘llar yarim bukilgan holda start chizig‘ida turiladi. Bunda ham depsinish oyoq oldinda va boshlovchi oyoq esa orqada oyoq uchiga tayaniladi. Bunday holatlar yugurishga ruxsat berilganda qulaylik yaratish uchun qо‘laniladi. Barcha masofalarda yugurishda tizzalarni balandroq kо‘tarib, kengrok qadam tashlanadi, bukilgan tirsaklar navbatma-navbat oldinga va orqaga tez harakat qiladi. Nafas olishni kо‘proq burun orqali amalga oshiriladi. Bu yugurishlarni kо‘p takrorlash natijasidagina ularning texnik usullarini egallash va jismonan chiniqishga о‘rganish mumkin.
Sportcha yurishlar va yugurishlarni о‘rgatishda turli hil vositalardan va usullardan foydalaniladi. Bu turlar bо‘yicha maxsus sport musobaqalari tashkil etiladi va ularning о‘ziga xos tartib-qoidalari mavjud. Shu sababdan xar bir о‘quvchi va talaba-yoshlar musobaqa qoidalari va tashkiliy yо‘llarini puxta о‘rganishlari zarurdir. Boshida takidlanganidek yengil atletika mashq-lari salomatlikni yaxshilash, mehnat qobilyatlarini oshirish, umrni uzaytirishning asosiy omili va garovidir.
Sakrashlar va ularning bajarilishi
Yengil atletikada sakrash ikki guruhga bо‘linadi, ya’ni balandlikka va uzunlikka sakrashlar. Ularning tarkibida ham turli hil usullar mavjuddir.
Balandlikka sakrash turlari:
Hatlab о‘tish (oyoqlarni navbat bilan о‘tkazish),
Tashlanib-aylanib sakrash (boshlovchi oyoq kо‘tarilib, depsingan oyoq tizzasidan bukilib keyin о‘tkazish),
Fosberet flop (plankadan chalqancha-yotib sakrab о‘tish),
langar chо‘pga (shest) tayanib sakrash.
Uzunlikka sakrash turlari:
tizzalarini bukib sakrash (sognuv nogi)
qaychisimon sakrash (nojnitsa)
oyoqlarni oldinga uzatib-kerilib sakrash (prognuvshis)
uch hatlab sakrash (troynoy prijok).
О‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslarida yengil atletika bо‘yicha mashg‘ulotlarning eng yengil va qulay usullari о‘rgatiladi. Balandlikka sakrash asosan «Pereshagivaniye» usuli kо‘proq qо‘llaniladi. Uni о‘rgatishda planka (ip va b) 1 m balandlikka qо‘yilib, avvalo turgan joydan, 2-3 qadamlab kelib sakraladi.
Texnik amallar о‘rganilgach, 3-5 va undan ortiqroq qadamlab naridan yugurib kelib sakraladi. Kо‘nikma va malakalar hosil qilingach balandlik kо‘paytiriladi va yugurib kelish masofasi ham chо‘ziladi. Joydan turib va yugirib kelib sakrashlarda eng avvalo qо‘llarni balandga siltab (max) kо‘ta-rish va birdaniga depsinish oyoqqa tayangan holda boshlovchi oyoqni plankadan oshiri lozim bо‘ladi. Tushish paytida plankaga tegib ketmaslik uchun gavdani ichkariga (planka tomon) burish va qо‘llarni baland kо‘tarish kerak bо‘ladi.
Balandlikka sakrashning boshqa turlari, langar chо‘p bilan sakrashga ki-ziqqan о‘quvchi-yoshlar seksiya mashg‘ulotlariga qatnashishi zarur.
Uzunlikka sakrash turlari orasida asosan tizzalarni bukib sakrash (sognuv nogi) birmuncha oson va qulaydir. Shu sababdan о‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslarida bu usul kо‘proq qо‘llaniladi.
Sakrashni ilk bor о‘rganishda joydan turib bir va ikki oyoqga tayan-gan holda depsinib sakrash lozim. Bunda doimo eng avvolo depsinish oyoq belgilangan chiziq (taxta) ustiga tushishi (qо‘yilishi) zarurdir. Harakatdagi (boshlovchi) oyoq tizzadan bukilib xavoga kо‘tariladi, qattiq depsinish natijasida qо‘llar va gavdaning yordamchi harakati tufayli xavoga kо‘tari-ladi (uchadi) va oyoqlar bir – biriga yaqinlashib, tizzalar bukilgan holda oldinga kо‘proq tushish uchun harakat qilinadi (intilish). Yerga tushish (qо‘nish) uchun gavdani oldinga kо‘prok harakatlantiriladi va uzoqroq joyga tushish (qо‘nish) uchun qо‘llarni ham oldinga uzatiladi va yerga о‘tirib qolmaslik (oyoqlarga qо‘nish) uchun imkoniyat darajasida oldinga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |