Mavzu: Qumning donadorlik tarkibi va yiriklik modulini aniqlash
Og‘ir betonning berilgan markasini olish uchun qumning donadorlik tarkibi katta ahamiyatga ega.
Qumning donadorlik tarkibi undagi xar xil o‘lchamdagi donalarning foiz mikdori bilan xarakterlanadi. Qumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun elaklar to‘plamidan foydalaniladi, GOST 8735-88 bo‘yicha laboratoriya ishlari olib boriladi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: texnik tarozi, standart elaklar to‘plami (1,25, 0,63, 0,0315, 0,14 va teshigi yirik diametri 5 va 2,5 mm li), quritish javoni.
Ish tartibi
1. Massasi 2 kg li qumning o‘rtacha namunasini quritiladi va diametri 10 va 5 mm li dumalok teshikli elaklarda elanadi. Elakdagi koldikni tortiladi va qumdagi shag‘al mikdori quyidagi formula buyicha xisoblanadi:
Bu erda: M5, M10 - qumdagi yirikligi 5 mm va 10 mm dan yuqori bo‘lgan shag‘al donasining mikdori, %da.
m5, m10- diametri 5 va 10 mm ga teng bo‘lgan dumalok teshikli elakdagi koldik, g da.
Diametri 5 mm elak orkali o‘tgan namunadan 1000 g tortib olinadi, uni qo‘lda yoki mexanik usul bilan elaklar to‘plami orqali elanadi, elaklar teshigining o‘lchami kamaygan holda ketma-ket joylashadi (2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm).
Elash tugallanganligini bilish uchun toza kog‘ozga 1 minut davomida elanadi bunda umumiy elanayotgan namunaning 0,1% dan ko‘p bulmagan qum o‘tsa elashni tamom bo‘ldi desak xam bo‘ladi.
Har bir elakdagi qumning koldig‘i tortiladi va xar kaysi elakdagi xususiy koldikni 0,1% gacha aniqlikda va donadorlik tarkibi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda: mi - elakdagi xususiy koldik, % da
m – qumning elashdan oldingi massasi 1000 ga teng
Qum donasining tarkibi 6.1. jadvalda aniqlanadi:
6.1 jadval
Elakning teshigining diametri, mm
|
5
|
2,5
|
1,25
|
0,63
|
0,315
|
0,14
|
Xususiy koldik, g
|
|
|
|
|
|
|
Xususiy koldik, %
|
|
|
|
|
|
|
Tula koldik, %
|
|
|
|
|
|
|
Qumning donadorlik tarkibinig egrilik grafigi jadvaldan olingan qiymatlar asosida quriladi.
6.1 rasm. Qumning donadorlik tarkibinig egrilik grafigi.
So‘ngra 0,1% aniqlikkacha har bir elakdagi to‘lik qoldiq
aniqlanadi. To‘la koldik A1 hamma elaklardagi xususiy qoldiqlarni biri biriga qushib borish orqali hisoblanib aniqlanadi:
Misol uchun: 1,25 razmerli elakdagi tula qoldiq miqdorini aniqlash uchun, 2,5 va 1,25 elaklardagi qoldiqlar yig‘indisi olinadi. Masalan 2,5 elakda qolgan qoldiq miqdori 15 g. va 1,25 ulchamli elakdagi qoldiq miqdorini 50 g. deb oladigan bo‘lsak, u quyidagi formula orqali topish mumkin A= a2.5 + a1.25 = 10+50 = 60g, demak 1,25 mm li elkdagi tula qoldiq miqdori 60 g ekanligini kurish mumkin. Bu jarayon shu tarizda xar bir elakdagi qoldiq miqdorini topish har birini bir-biriga qushish orqali topib boriladi.
A1=a2.5+a1.25+a0.63+a0.315+a0.14
Qumning yiriklik moduli quyidagi formula bilan aniqlanadi:
GOST 8736-93 da texnik shartlar keltirilgan. Qumning yiriklik moduli quyidagicha bo‘ladi:
6.2 jadval
Qumning guruxlari
|
KY
|
Massasi buyicha 0,63 elakdagi to‘la koldik, % da
|
Yirik
|
2,5 dan yukori
|
45 % dan yukori
|
O‘rtacha
|
2-2,65
|
30-45%
|
Mayda
|
1,5-2,0
|
10-30%
|
Juda mayda
|
1-1,5
|
10% gacha
|
Bajardi: ____________
Qabul qildi: __________
Do'stlaringiz bilan baham: |