Toshkent 2022
“Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” fanidan laboratoriya ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma 5341400-Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish, 5341500- Shahar yo‘llari va ko‘chalari, 5341600 - Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft loyihalash, 5111000- Kasb ta’limi (5341400‑Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish) yo‘nalishlari uchun “Yo‘l qurilishi materiallari” fanining ishchi o‘quv dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
|
Aripov X.X.– “AYQ va EQ” kafedrasi, t.f.n do
|
|
Qurbonov B.E.– “AYQ va EQ” kafedrasi assistenti
|
|
Soataliev R.R. – “AYQ va EQ” kafedrasi assistenti
|
Taqrizchi:
|
Amirov T.J.TDTU, “AYQ va EQ” kafedrasi, t.f.n dos
|
Uslubiy ko‘rsatma “AYQ va EQ” kafedrasida ko‘rib chiqilgan va fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan (2022 yil “___” ______ dagi “___” – sonli bayonnoma)
“AYQ va EQ”
kafedrasi mudiri dos. Amirov T.J
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va fakultet Kengashida tavsiya qilingan (2022 yil “___” ______ dagi “___” – sonli bayonnoma).
“Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti
Ilmiy-uslubiy Kengashi raisi prof. A.X.O‘roqov
KIRISh
Bugungi kunda jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi iktisodiyotida ishlab chikarish va ijtimoiy infratuzilmaning muhim tarkibiy qismlaridan biri avtomobil yo‘llari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini 4 yo‘nalishida aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish maqsadida quyidagilar belgilangan:
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash.
“Harakatlar strategiyasi” ga asosan mintaqaviy avtomobil yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni taqozo etadi. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bilan bir qatorda ularni yil davomida soz holatda saqlash ham ishlardan biri hisoblanadi. Avtomobil yo‘llarini o‘z vaqtida saqlash ularni xizmat muddatini oshiradi.
Ushbu uslubiy qo‘rsatma Respublikamiz yo‘l xo‘jaligini metrologik jihatdan ta’minlash, zarur me’yoriy xujjatlar bilan boyitish, avtomobil yo‘llarida ishlatiladigan materiallarni sertifikatlashtirish va yo‘l qurilishining barcha bosqichlarida sifat nazoratini olib borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatuvchi laboratoriya ishlaridan iborat.
Uslubiy qo‘rsatma kirish, 16 ta laboratoriya ishlari, jadvallar, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Laboratoriya ishlari mazmunida ishning maqsadi, ishni bajarish uchun zarur hisoblash formulalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |