O’zbekiston Respublikasi Tashqi siyosati



Download 24,11 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi24,11 Kb.
#320359
1   2   3   4
Bog'liq
1-PK-Tashqi Siyosat

Uchinchidan, O`zbekistonning tashqi siyosati teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik prinsiplari, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, mustaqillik va suverenitetni cheklash mumkin bo`lgan imkoniyatlarni munosabatlarni mafkuradan xoli qilish printsiplari asosida quriladi;

To`rtinchidan, O`zbekiston tashqi siyosatida ochiq mafkuraviy qarashlardan xolilik prinsiplarini amalga oshirish, barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalar o`rnatishga intiladi;

Beshinchidan, O`zbekiston davlatining ichki huquqi oldida xalqaro huquq normalarining ustunligini tan oladi, xalqaro-huquq standartlarga rioya qiladi;

Oltinchidan, O`zbekiston o`zaro ishonch prinsipi bo`yicha ikki tomonlama va ko`p tomonlama tashqi aloqalarni o`rnatish va hamkorlikni rivojlantirishni yoqlaydi.

Bundan tashqari O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng,Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan davlatimizning tashqi siyosat bo’yicha tamoyillarini o’z faoliyati davomida asoslab berdi.Jumladan,dastlabki yillarda Respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ldi:

-mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

-nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;

-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

-ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

-davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

-tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

-tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

O`zbekiston tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari darajasida kamol topa borishida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yili 25 may kuni «O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g’risida» qarori va boshqa xujjatlar alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu hujjatda quyidagilarga alohida e`tabor berilgan edi: O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin uning rahbariyati oldida hal etish zarur bo`lgan o`ta murakkab vazifalar turgan edi. Uning Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashganligi unga bir qator muammolarini keltirib chiqaradi. O`zbekiston o`zining geosiyosiy joylashishi bo`yicha dunyodagi dengizga chiqish imkoniyati bo`lmagan 30 ta davlatdan biri hisoblanadi. Undagi davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi,shundan: Qozog’iston bilan-2003 kilometr, Qirg’iziston bilan-1099 kilometr, Tojikiston bilan- 1161, Turkmaniston bilan-1621 kilometr va Afg’oniston bilan-137 kilometrni tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosatini Tashqi ishlar vazirligi va uning

horijdagi vakolatxonalari orqali amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi,

mamlakatdagi ayrim xalqaro tashkilotlar, kengashlar va jamiyatlar O`zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishga ko`maklashadi. O`zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari,Vazirlar Mahkamasi qarorlari va o`z Nizomiga asoslanadi.

O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosatini Tashqi ishlar vazirligi va uning

horijdagi vakolatxonalari orqali amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi,

mamlakatdagi ayrim xalqaro tashkilotlar, kengashlar va jamiyatlar O`zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishga ko`maklashadi. O`zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari,Vazirlar Mahkamasi qarorlari va o`z Nizomiga asoslanadi.

Prezident Islom Karimov yangi mustaqil davlat rahbari sifatida xalqaro hamjamiyatga qo’shilish,xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,umume’tirof etilgan shartnomalar yuzasidan milliy manfaatlarni hisobga olgan holda tashqi siyosatni amalga oshirish lozimligin ta’kidab berdi.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi.Shuningdek,UNESKO,EXHT,SHXT kabi yirik integratsion tashkilotlarga a’zo bo’ldi,ular bilan keng qamrovli aloqalar yo’lga qo’yildi.O’zbekiston Respublikasiga bevosita chegaradosh Afg’oniston hududidagi muammolarni bartaraf etish bo’yicha ham O’zbekiston o’z pozitsiyalarini ma’lum qildi.Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita taklifi bilan Afg’onistonga chegaradosh olti mamlakat (O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Xitoy) va AQSH hamda Rossiya ishtirokida “6+2” muloqot guruhi tuzildi. Guruhning birinchi uchrashuvi 1997 yil 16 oktyabrda N’yu-Yorkda o`tkazildi. 1999 yil 19-20 iyul kunlari Toshkentda BMT shafeligida “6+2” guruhining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bunda Afg’onistondagi ikki qarama-qarshi guruh “Tolibon” harakati hamda Afg’oniston Birlashgan fronti vakillari ilk bor bir stol atrofiga yig’ildi. Uchrashuv nihoyasida “Afg’onistondagi mojaroni tinch yo`l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to`g’risida” gi Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini oldi.Bundan keyingi mintaqaviy nizolarni hal qilishda ham O’zbekiston tinchlikparvar tashqi siyosati tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi.

2012-yil sentabrga kelib O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” e’lon qilindi. Ushbu konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi bo’lib,bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir. Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratilgan va “O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq” ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining ulkan zaxiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor obyektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinib, “Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur”, degan fikr bayon etilgan. Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi.

O’tgan davrlar mobaynida davlatimiz nafaqat MO davlatlari,balki Rossiya,Xitoy,AQSH va boshqa qator jahon davlatlari bilan keng qamrovli tashqi siyosiy,iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’ydi…

Islom Karimovdan so’ng iqtidorga kelgan Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida ham tashqi siyosat bo’yicha belgilab berilgan asosiy yo’nalishlar o’zgarmadi,faqat Shavkat Mirziyoyev endilikda tashqi siyosiy jarayaonlarni birmuncha oshkoralik darajasiga olib chiqdi.Hozirgi kunda ham, O’zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.Tashqi siyosatning bosh maqsadi deyarli o’zgarmadi-davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. 

Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori.


Download 24,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish