Birinchidan, o`z milliy manfaatlari ustunligini inkor etmasdan, o`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
Ikkinchidan, inson va davlat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga ustunlik berib, O`zbekiston xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinchlik yo`li bilan hal qilishni yoqlaydi; O`zbekiston yadro qurolidan xoli hudud hisoblanadi, agressiv xarbiy bloklar, ittifoqlarga qo`shilmaydi, inson huquqlari to`g’risidagi, hujum qilmaslik to`g’risidagi, nizoli masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik haqidagi halqaro hujjatlarni e`tirof etadi va ularga qat`iy rioya qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |