1-oraliq nazorat
O’zbekiston Respublikasi Tashqi siyosati
“Tashqi siyosat” tushunchasi davlatning xalqaro ishlarida tutgan umumiy yo`lini qamrab oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro munosabatlari sohasidagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini o`z ichiga oladi.Tashqi ishlar yoki tashqi siyosat davlat tomonidan o'z milliy manfaatlarini himoya qilish va xalqaro munosabatlarda maqsadlarga erishish uchun tanlangan strategiyalardan iborat. Sho`ro tizimi davrida O`zbekistonga bevosita tegishli xalqaro munosabatlarga oid ishlar ham markaziy hokimiyat tomonidan amalga oshirilgan, o`zi esa tashqi olamdan ajratilgan edi. Buning natijasida esa O`zbekiston tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham jahondiplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatini biladigan kadrlariga ham ega emas edi.Davlatimiz Mustaqillika erishgandan so’ng o’z suverenitetiga ega bo’ldi va buning natijasida mustaqil davlat sifatida xalqaro maydonda faol tashqi siyosat olib borish huquqiga ega bo’ldi. Yangi tashkil topgan mustaqil davlat uchun, o`z milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo`lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo`shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o`rnatish masalalari dolzarb vazifadir. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash,mamlakat xavfsizligi,taraqqiyoti ko`p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etishiga bog’liqdir. Albatta, bu amalga oshirish murakkab bo`lgan vazifa bo`lib, ko`p yillar davomida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan bog’lanish, davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish kabi vazifalarni bajarilishini talab etadi. Diplomatiya tashqi siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifasini belgilab beradi. Diplomatiya amaliy tadbirlar,shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakl, vosita va usullar majmuini ifodalaydi. Diplomatiya bilan bir qatorda, davlatning iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim aloqalari ham uning tashqi siyosiy vositalari hisoblanadi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o`z ifodasini topmoqda. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan,mamlakatimiz xalqaronormalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamda majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi. O`zbekiston tashqi siyosatida ochiq-oydinlik, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik tarafdori. O`zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish uchun xalqaro zamin yaratish, tinchlikni va siyosiy barqarorlikni ta`minlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash maqsadida barcha davlatlar bilan teng huquqli hamkorlik qilishdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosatini yuritishda quyidagi asosiy omillardan kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |