O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti


Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyida­gi huquqlarga ega



Download 362,59 Kb.
bet71/82
Sana30.04.2022
Hajmi362,59 Kb.
#599260
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
маъруза магни2020 Word

Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyida­gi huquqlarga ega:

  • o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axbo­rotga ega bo‘lish;

  • nazorat idoralarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning xududiy bo‘linma­lar qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa xujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsi­ni tasdiqlovchi xujjatlar bilan tanishish;

  • tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • nazorat idoralarining vakolatiga kirmaydigan ma­salalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predme­tiga taaluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtir­maslik:

  • nazorat idoralarining tekshiruvchi mansabdor shax­slaridan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tek­shirish natijalarini aks ettiruvchi xujjatning bir nus’ha­sini olish;

  • qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari usti­dan shikoyat qilish.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tekshiruvchilarning qo­nuniy talabiga bi-noan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va xujjatlarni taq-dim etishga, ularni tekshi­rish ob’ektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifala­rini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirnsh chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi xuquqlarga ega:

  • tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan tekshi­rish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur xujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;

  • tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga aniqlan­gan qoida-buzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarili­shi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

  • tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalalarni qo‘yish;

  • tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassa­salar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.

Nazorat idoralari mansabdor shaxslarining qonu­niy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majbur­dirlar:

  1. tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur xujjatlarni ko‘rsatish;

  2. davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;

  3. tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nus’hasini tekshirilayotgan xo‘ja­lik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirish;

  4. huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun huj­jatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.

Nazorat idoralarining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonun hujjatlariga mu­vofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Nazorat organlari va ularning mansabdor shaxslari, mugaxassislar yoki auditorlar (auditorlik firmalari) xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tekshirish natijasida ma’lum bo‘lgan tijorat siri ma’lumotlarini oshkora qilganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat vaqtida tashkilot faoliyatida qonun huj­jatlari buzilganligi aniqlansa, muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora - tadbirlar ko‘rilishi mumkin. Lekin nazorat idorasining mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tashkilotning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan, zarur hollarda esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma va ko‘rsatmani rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs – tekshiruv rahbari va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari unda qayd qilingan yozuvlarni sana va vaqt ko‘rsatilgan imzosi bilan tasdiqlaydilar.

Download 362,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish