O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent farmasevtika instituti
Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi
Farmasevtikada boshqaruv fani bo‘yicha
Maruza matni
Bilim sohasi: 500000-Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy soha
Ta’lim sohasi: 510000-Sog‘liqni saqlash
|
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500-Farmatsiya(farmasevtika ishi)
Toshkent 2020
|
MAVZU
FARMASEVTIKA TIZIMINI BOSHQARUV ASOSLARI
Reja:
Boshqaruv asoslarini nazariy rivojlanishi.
Farmasevtika tizimini va faoliyatini ta’minlashda boshqaruvining o‘rni.
Farmasevtikada boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi.
Boshqarish uslublari
Farmasevtik tashkilotlarini boshqarishda zamonaviy yondashuv
Rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari
Ma’muriy boshqaruv ishini tashkil qilish
Boshqarish qarorlarining tasniflanishi
Farmasevtik tashkilotlarni boshqaruv jarayonida qaror qabul qilish
Farmasevtik korxonalar boshqaruvida qo‘llaniladigan tamoyillarni amalga oshirish
11. Farmasevtik tashkilotlarni boshqarish tizimini shakllantirishda boshqarish maqsadi, uning turlari, mohiyati, boshqarish funksiyalari.
Tayanch iboralar: Boshqaruv, Farmasevtikada boshqaruv, boshqarish usullari, boshqarish konsevsiyasi, boshqaruvda rivojlanish qonuniyatlari
Hozirda barcha tashkilotlar shu bilan bir qatorda farmasevtik tashkilotlarni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri amalga oshirilgan boshqaruv bu tashkilotning rivojlanishidakatta ahamiyatga ega.
Zamonaviy boshqaruv bu ko‘p tarmoqli faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga boshqaruv siyosatini, munosabat tizimini, amaliyotti va tahlilni oladi. Hozirgi kunda tashkilotni rivojlanishi uchun hamma uchun umumiy bo‘lgn boshqaruv shakli mavjud emas.
Tarixiy boshqaruv zamonaviy boshqaruvdvn ancha oldin payda bo‘lgan. Fikrlarga qaraganda, boshqaruv tizimi inson jamiyati shakllangandan boshlab paydo bo‘lgan. Boshqaruv bir inson bajara olmaydigan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladi. Boshqaruv asosida meo‘nat taqsimomi yuzaga kelgan.
Boshqaruvning yuzaga kelishi munosabati bilan Karl Marks boshqaruv yuzasidan shunday deydi “har bir turdagi katta miqyosdagi hoh ommaviy hoh hamkorlikdagi mehnat bo‘lsin boshqaruvni talab qiladi, bu esa umumiy vazifalarni bajarishda shahsiy mehnat taqsimotini belgilaydi. Natijada ishlab chiqarish yaxshilanadi. Masalan olganda bitta skripkachi o‘zini o‘zi boshqaradi, orkestr uchun dirijer kerek bo‘ladi.
Boshqaruvni rivojlantirish tarixi bir necha ming yillarga ega, bu asosan jamiyatda, iqtisodiyotda va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning butun tizimida yuz beradigan o'zgarishlarning butunligini aks ettiruvchi va izchil davom etadigan evolyutsion jarayondir.
Shu bilan birga, boshqaruv faqat XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi, unda to‘plangan tajribani umumlashtirishga va biznesni boshqarish uchun asos bo‘lgan ilmiy boshqarish asoslarini yaratishga urinish bo‘lgan edi. O‘sha paytda boshqaruv funksiyalari sezilarli darajada murakkablashdi va professional menedjerlarning maxsus bilimlari, ko‘nikmalari talab qilindi. Buning sababi shundaki, dunyodagi etakchi mamlakatlarning ko‘pchiligida yirik ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilib, ularni ratsional ishlab chiqarish va mehnatga bo‘lgan ehtiyoji katta edi.
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida dunyodagi boshqaruvning paydo bo‘lishi. quyidagi shartlar bilan bog‘liq:
• yirik korporatsiyalarning paydo bo‘lishi, boshqaruv ishlarining hajmi va murakkabligi oshishiga olib keladi;
• ommaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, boshqarish uchun talablarni oshirish va menejerlarning maxsus bilimlarni, ko‘nikma va qobiliyatlarni talab qiladigan murakkab boshqaruv muammolari bilan kurashish imkoniyatini cheklash;
• bozor sub’ektlari sonining ko‘payishi va natijada boshqaruvga professional yondashishni rivojlantirishni talab qiluvchi raqobatni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika tizimidagi islohotlar, bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida amalga oshayotgan tez sur’atli o‘zgarishlar farmasevtik tashkilotlarni zamonaviy talablar darajasida, optimal usullar yordamida boshqarishni taqozo etmoqda. Xalqaro farmasevtika bozoridagi turli xil ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda mutaxassislar tomonidan keng miqyosda foydalanilayotgan «boshqaruv» tushunchasi respublikamiz farmasevtika tizimiga ham deyarli tez va mustahkam kirib keldi.
Boshqaruv tamoyillari, funksiya va usullarini qo‘llagan holda belgilangan maqsadga erishish uchun mavjud resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot) samarali foydalanishga qaratilgan faoliyatdir. Farmasevtik boshqaruv farmasevtika faoliyatining asosini tashkil etgan aholi va davolash muassasalarini samarali dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash maqsadida insonlar, moliya, ishlab chiqarish va sotuv faoliyatini boshqarishga qaratilgan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |