REJA: 5.1. Davlat boshqaruv organlari tushunchasiga izoh. 5.2. Davlat boshqaruv organlari (DBO)ning operatsiyalar hisobi. 5.3. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi.
5.1. “Davlat boshqaruv organlari” tushunchasiga izoh Davlat boshqaruv organlari (DBO) bo’yicha qo’llanmani‖ning boshidayoq davlat boshqaruv organlari funksiyalariga izoh beriladi: imtiyozli bozor xizmatlarni taklif qilish yo’li bilan davlat siyosatini olib borish va daromadlarni, asosan, boshqa sektorga solingan soliq hisobidan qayta taqsimlash.
Davlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni o’z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:
huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo’lgan markaziy hukumat;
davlat hududining bir bo’lagida markaziy hukumatga bog’liq bo’lmagan holda vakolatga ega bo’lgan shtatlar, viloyatlar, regionlar hokimiyati;
turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo’lgan mahalliy boshqaruv organi;
faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.
Ijtimoiy ta’minot fondlari, yuqorida izohlangan ko’rinishda davlat sektoriga tegishli bo’ladi. Davlat tashkilotlari davlat sektoridan alohida qaraladi.
Davlatnig asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat, shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Byudjet-soliq sisati deganda noinflyasion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishini ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayishi davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantiruvchi fiskal siyosat – fiskal ekspansiya (rag’bat) olib boriladi. Ya’ni davlat qisqa muddatda iqtisodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o’zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo’lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o’sishiga va natijada iqtisodiy salohiyatning ko’tarilishiga olib kelishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini moliyalashtirish davlat moliyasi (lotincha finans-pul to’lovi, daromad) orqali amalga oshiriladi. Davlat moliyasi o’z navbatida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar, davlat majburiyatlariga yo’naltiriladi (xorijdan mablag’ jalb qilish, ichki davlat qarzlari).
Mamlakat byudjet tizimi Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar byudjeti, 12 ta viloyatlar byudjeti, 199 ta tuman va shahar byudjeti va qariyb 47000 ta byudjet tashkilotlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Byudjet shakllanishi va foydalanishiga ko’ra mahalliy va davlat byudjetiga bo’linadi. Mahalliy byudjetlar viloyatlar miqyosida bo’lib ular mahalliy yig’imlar va soliqlardan shakllantiriladi. Mahalliy byudjet mablag’lari shu viloyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalaniladi. Davlat byudjeti esa respublika miqyosida, davlat soliq yig’imlar, bojxona to’lovlari va boshqa yig’imlar orqali shakllantiriladi.
Byudjet ikki qismdan iborat bo’lib, bular daromad va xarajat qismlaridir. Daromad qismida byudjetni to’ldiruvchi manbalar keltirilsa, xarajatlar qismida uni taqsimlanishi keltiriladi. Agar yil oxirida davlat byudjetida daromadlar xarajatlarga teng bo’lsa, unda mamlakat byudjeti balanslashgan bo’lib mamlakat barcha mablag’lardan samarali foydalangan hisoblanadi. Agar daromad xarajatga nisbatan kamaysa, unda byudjet taqchilligi yoki defitsiti yuzaga keladi. Ushbu taqchillikni bartaraf etish uchun davlat muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarib taqchillikni bartaraf etadi. Agar daromadlar xarajatlardan ortsa, byudjet profitsiti yuzaga keladi va mamlakat ortiqcha pullarni qarzlarni to’lashga yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarda samarali soliq byudjet siyosati natijasida davlat byudjeti profitsit bilan yakunlanmoqda.
Davlat byudjeti daromadlari quyidagilardan iborat:
Bevosita soliqlar:
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
-yagona soliq to’lovi;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
-qat’iy belgilangan soliq;
-obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
-jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan (siqilgan) gaz ishlatganlik uchun soliq.
Mamlakatimizda olib borilayotgan samarali soliq siyosati natijasida yildan yilga soliq stavkalarining tushishi soliq tushumining umumiy miqdoriga ta’sir ko’rsatmay, balki ularning miqdorini oshishiga soliq stavkasining tushishi soliqqa tortiluvchilar sonining oshishiga olib kelmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlari quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab quvvatlash xarajatlari:
Shakllangan byudjetni taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. Byudjetning asosiy qismi qaysi sohada yo’naltirilganligi mamlakat kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishini belgilab beradi.
Mamlakatimizda byudjet xarajatlari yildan yilga ijtimoiy sohaga bo’lgan xarajatlari oshib bormoqda, bu mamlakat iqtisodiyotini istiqbolda barqaror iqtisodiy o’sishga zamin yaratilayotganligidan dalolat beradi.