Sinov natijalari va tekshiruvlarning tahlili. Dori vositasining sifat ko‘rsatkichi me’yoriy xujjatlar talabiga nomuvofikligi aniqlangan xolatda, sinov laboratoriyasi «Sinov bayonnomasi» bilan birga xulosani sertifikatlashtirish idorasiga yuboradi. Bu xolatda sertifikatlashtirish idorasi «Nomuvofiqlik bayonnomasi»ni rasmiylashtiradi va bu to‘g‘risida 3 kun ichida ta’minotchi (ishlab chiqaruvchi), “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona idoralari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi ogoxlantiriladi.
Sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish.Sinovlarning ijobiy natijalari asosida sertifikatlashtirish idorasi dori vositalari uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, uni O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimining davlat reestriga qayd etadi va buyurtmachiga beradi. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish idorasi tomonidan sinov natijalari olingan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov tartibi “Uzstandart” agentligining ma’muriy xujjatlarida O‘zR moliya vazirligi bilan kelishilgan xolda belgilanadi.
Inspeksion nazorat. Sertifikatlashtirishning 3- va 4- sxemalariga asosan bevosita maxsulotning sifat nazoratidan tashqari, sertifikatlashtirish idorasi tomonidan buyurtmachining ishlab chiqarish yoki sifat boshqaruvi tizimining nazorati o‘tkaziladi. Bunda maxsulotga «Muvofiqlik belgisi» berilib, korxonada davriy ravishda inspeksion nazoratni o‘tkazish asosida maxsulotning sinovlari amalga oshiriladi. To‘rtinchi sxemaga asosan esa qo‘shimcha ravishda savdo tizimidan tanlab olingan namunalar sinovlarini o‘tkazish orqali sertifikatlangan maxsulotning inspeksion nazoratini ko‘zda tutiladi.
Inspeksion nazorat dori vositalarining muvofiqligi sertifikatlashtirish vaqtida tekshirilib, unga sertifikat berilgandan so‘ng, uning kelgusida ham belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash maksadida sertifikatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkaziladi. Sertifikatga ega dori vositalari buyicha inspeksion nazorat kamida yiliga bir marta amalga oshiriladi. Inspeksion nazorat natijalariga asosan sertifikatlashtirish idorasi mazkur dori vositalariga berilgan muvofiqlik sertifikat amal qilinishini to‘xtatib qo‘yish yoki uni bekor qilishi mumkin.
Xorijdan keltirilgan farmasevtik mahsulotlar asosan sertifikatlashtirishning 7-sxemasi asosida sertifikatlanadi.