Plyonka bilan qoplangan shamchalar . Dori moddasini rektal yo‘l bilan organizmga
kiritishda uni kerakli organ va to‘qimalarga etkazib berilishini ta’minlash va nazorat qilish
uchun, shamchalarni yupqa plenka bilan qoplash mumkin bo‘ladi. Natijada faol komponent
diffuziyasi birmuncha sekinlashsada, kerakli organ va to‘qimaga to‘laroq etib boradi.
SHamchalarni kapsulaga o‘rash orqali ham xuddi shunday natijalarga erishish mumkin.
Bo‘yalgan shamchalar. Xar xil farmakologik guruxlarga mansub bo‘lgan dori moddalarini
aloxida-aloxida ranglarga bo‘yash orqali ularni oksidlanishiga, shuningdek tarkibdagi
komponentlarni strukturasini buzilishiga (destruksiya) sabab bo‘ladigan yorug‘lik nurlarining
ma’lum bir spektrlaridan saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Pedagogik va axborot texnologiyalarni amaliy mashg’ulot darslarida qo’llash: Klaster usuli. Fikrlarning tarmoqlanishi-pedagogik strategiya bo’lib, u talabalarning biron bir mavzuni
chuqur o’rganishlariga yordam berib ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni
erkin va ochiq bog’lagan ketma-ketlikda tarmoqlashni o’rgatadi.
114
Nazorat savollari 1.
Shamchalar deb nimaga aytiladi?
2.
Asoslar nechchiga bo’linadi
3.
Shamcha turlarini tasniflang.
16-Mavzu: Tashqi maqsadlar va ichish uchun mo’ljallangan eritma