68
Tug’ma nuqsonlar perinatal davrda va bola tug'ilgan so’ng bir yilgacha
aniqlanadigan kasallik bo'lib, u nasliy yoki naslga bog’lik bo'lmagan
holda vujudga
keladi. Nasliy tug’ma kasalliklarning yuzaga kelishi gen tarkibining o'zgarishiga,
naslga bog’lik bo'lmagani esa embrion hosil bo'lish jarayonida tashqi muhitning
salbiy omillari ta'siriga bog’liq.
Hozirgi vaqtda 6500 dan ortiq nasliy kasalliklar mavjud. Statistika
ma'lumotiga ko'ra 1996 yilda tug’ma nuqson bilan birlamchi kasallanganlik 4,6‰,
1997 yilda - 5,0‰ni
tashkil etgan, ya'ni tug’ma nuqsonlar darajasi kutarilgan
(Rossiya). O'zbekistonda o'lim tarkibida tug’ma nuqsonlar 3-chi o’rinni
egallaydi
va uning 25%ini tashkil qiladi.
Go’daklar o'limi past bo'lgan mamlakatlarda tug’ma nuqsonlar o'limning:
Shvesiya - 38,7%
Yaponiya - 31,7%
Finlyandiya - 36,7% ini tashkil qiladi.
Tug’ma nuqsonlar tufayli har 1000 bolaning 3,2 da nogironlik vujudga
keladi. O.P.Romanenko ta'kidlab o’tishicha, tug’ma nuqsonli bolalar asosan
urogenital infeksiyasi bor, surunkali somatik kasalligi bo'lgan, zararli omilli
korxonalarda ishlaydigan va yomon odatlari bo'lgan onalardan tug’iladi.
G.A.Jalilovaning ma'lumotiga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tug’ma
nuqsonlarning tarqalish darajasi o’zgaruvchan harakterga ega, ya'ni 2000 yilda
1998 yilga qaraganda bu kasalliklar 1,5 barobar ko’tarilgan, 2001 yildan boshlab
esa uning kamayishi kuzatilgan.
Avtor tug’ma nuqsonli bolalarning tug'ilishida kasbdagi
zararli omillarining
ota-onalar organizmiga ta'siri sabab bo'lishini isbotladi. Agar, 1998 yilda tug’ma
nuqsonlar 1000 tirik tug'ilganlarga nisbatan 12,2 tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda
18,3 ‰ga ko’tarildi va 2001 yildan boshlab kamayib bordi, 2004 yilda 13,6‰ ni
tashkil qildi.
Bundan tashqari tug’ma nuqsonlar 45 yosh va undan yuqori bo'lgan
onalardan (81%) tug'ilgan bolalarda ko’p uchrashi aniqlandi. O’zbekistonda 2009
yilda 100000 aholiga nisbatan aniqlangan tug’ma nuqsonlar 305,64 ni
tashkil
etgan. Tug’ma nuqsonlarni va nasliy kasalliklarni oldini olishda bajariladigan
tadbirlar 2-bosqichda olib boriladi.
1 bosqichda - bolaning paydo bo'lishida ogohlantiruvchi tadbirlar olib
boriladi. Bunda oilani rejalashtirish, qarindosh nikohga yo'l qo’ymaslik,
onalarning
salomatlik holatini tekshirish, urogenital infeksiyasi bor-yo'qligini tekshirish va
zaruriyat bo'lganda tibbiy-genetik maslaxatlarni (qarindoshlarda nasliy
kasalliklarning borligi, oilada tug’ma nuqsonli bola tug'ilganligi, zararli moddalar
bilan ishlashi) tashkillashtirish kabi tadbirlar olib boriladi.
2 bosqichda – tug’ma nuqsonli bolalar tug'ilishiga moyillikni aniqlash o’z
vaqtida tashxis qo’yish. Bunga homilador davrida onalar skriningi, UZI va shu
kabi tadbirlar kiradi.
O'zbekistonda sog'lom bola tug'ilishi uchun ona va bola salomatligini
muhofaza qilish bo'yicha bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan.