Ushbu toifa turli qadriyatli yo’nalishlarning birlashishi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni hal etish va ularni o’zlashtirish orqali shaxsda kechadigan jarayonni bildiradi, masalan, o’z xatti-harakati va hulq-atvori uchun mas’uliyatni o’ziga oladi, kasbiy axloq me’yorlarini qabul qiladi, qadriyatlar tizimiga moslashadi va b.
qadriyatli yo’nalishlarni to’la o’zlashtirish va ularning faoliyatda aks ettirilishi.
Mazkur darajada shaxs o’zining hulq-atvorini qat’iy aniqlab beradigan e’tiqodi, fikrlari va qarashlari nuqtai-nazaridan ma’lum bir qadriyatlar tizimiga ega bo’ladi, masalan, mustaqil ishlashda ishonch va qat’iyatni namoyon qiladi, kasbiy axloq tarafdori ekanligini ko’rsatadi, shaxsiy, ijtimoiy va psixologik adaptatsiyasini namoyon qiladi, sog’lom turmush tarziga rioya qiladi va h.k.
Bu taksonomiya subyekt tomonidan muhit yoki san’at asarlaridagi estetik ildizlarni, ularning ta’siriga javob berish (1) orqali ongiga singdirib olish (2), baholash (3) va bu baholashni tashkil etish (4), qadriyatli yo’nalishlar tizimi va dunyoqarashni tanlay olishni aks ettiradi. Bu yerda yaqqol ifodalangan ikkita umumiy darajani ajratib ko’rsatish mumkin:
biror ta’sirga javob berishni tanlashga tayyor bo’lish va uni qabul qilish darajasi;
to’la o’zlashtirish darajasi. U qadriyat yo’nalishini baholash, tashkil etish va mustahkamlashni qamrab oladi.
Affektiv (hissiy-emotsional) sohada o’qitishnatijalariga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
ta’lim oluvchi kasbiy axloq normalarining zarurligini tan oladi;
kasbiy munosabatlarda konfidensiallikka rioya qilish zarurligini anglaydi;
guruhda barcha talabalar bilan yaxshi munosabat o’rnatadi;
turli o’zgarishlar bilan bog’liqmuammolarini tushunadi;
shaxsiy e’tiqodi va axloq talablari orasidagi qarama-qarshiliklarni hal qiladi.
Affektiv soha ta’limning hissiy-emotsional jihatlariga bog’liqbarcha masalalarni: bilim va ma’lumot olishga bo’lgan xohishdan tortib, fikr va qarashlar integratsiyasigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Tibbiy ta’limda ham kognitiv va psixomotor sohalar kabi affektiv sohaga oid maqsadlar taksonomiyasi katta ahamiyatga ega. Tibbiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarni yuqori darajada egallash bo’lajak tibbiyot xodimining kasbiy muvaffaqiyatini belgilaydi.
Shuningdek, bunda affektiv soha, ya’ni ta’lim oluvchining o’qish jarayoniga, o’qituvchiga, guruhga va o’z-o’zini anglashga bo’lgan hissiy-emotsional munosabati, tarbiyaviy yondoshuvi ham e’tiborga olinishi zarur.
Yuqoridagi uch xil soha komponentlari o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustuvorroq bo’lib, o’zaro moslik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va oliy o’quvyurti tartib-intizomi bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar, ya’ni ularda davomat va o’zlashtirish bilan bog’liqmuammolar, xulq- atvor bilan bog’liqmuammolar, tartibbuzarlik kabi holatlar kognitiv, affektiv va psixomotor sohalarda uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar inson bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bu ish bir necha bor takrorlansa, u bu holatga o’rganib qoladi va u ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham ijtimoiy-axloqiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama- qarshilik va tafovut bo’lmasligiga talaba-yoshlarni o’rgatib borish lozim. O’qitishjarayonida ta’lim oluvchilarning qay darajada bilimlarni o’zlashtirishi, hissiy-emotsional holati, irodasi, ishonchi hamda kasbiy ko’nikma va malakalarni egallashi ko’p jihatdan o’quvmaqsadlarini to’g’ri shakllantirishga bog’liq. Bu texnologiya shaxsning kelajagi va kasbiy faoliyatining samaradorligini ta’minlashga yordam beradi.