|
|
|
|
A
|
B
|
D
|
|
|
|
|
|
E
|
|
E
|
muam mo
|
F
|
|
F
|
|
|
|
|
G
|
H
|
I
|
|
|
|
“Baliq skeleti” texnologiyasi. Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradigan grafik organayzer bo’lib, yaponiyalik olim Isikava nomi bilan bog’liq. Muammoning sabab- oqibat munosabatlarini tizimli tahlil qilish, fikrlash, tuzilmaga keltirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Baliq chizmasining bosh qismida hal etilishi lozim bo’lgan muammo ifodalanadi, yuqori qismiga sabab-omil-xususiyatlari, pastki qismiga muammoni hal etish imkoniyatlari va harakatlari yoziladi, dum qismida esa muammoning yakuniy yechimi, xulosa ifodaladi.
“Nima uchun” sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yichafikrlar zanjiridan iborat grafik organayzer. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
“Nima uchun?” sxemasini tuzish qoidalari
Aylana yoki to’g’ri to’rtburchak shakllardan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g’ri chiziqlimi, to’g’ri chiziqli emasligini o’zingiz tanlaysiz.
Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi.
“Venn” diagrammasi - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish
uchun qo’llaniladi. Ta’lim oluvchilarda tafakkurning tizimlashtirish, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish, guruhlashtirish jarayonlariga oid malaka va ko’nikmalarni rivojlantiradi.
“Qanday?” ierarxik diagrammasi. “Qanday?” ierarxik diagrammasi asosida faoliyatni tashkil etish qoidalari:
Vujudga kelgan muammoni sababini aniqlash zarur, ammo ana shu muammoni qanday yo’llar bilan hal etish mumkin degan savolga javob berishni o’rganish muhim vazifalardan biridir. “Qanday?” ierarxik diagrammasi ana shunday hollarda samarali natija beradi.
“Qanday?” ierarxik diagrammasi muammo haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega bo’lishga imkon beradigan savollarning mantiqiy zanjiri ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Ketma-ket ravishda “Qanday?” savolini qo’yish orqali talaba faqat muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini ham o’rganadi.
Diagramma strategik darajadagi savol bilan ish boshlaydi. Muammoni hal etishning quyi darajasi birinchi navbatdagi harakatlar ro’yxatiga mos bo’ladi.
O’ylamay, baholamay va ularni o’zaro solishtirmay tezlikda barcha g’oyalarni yozish lozim bo’ladi.
Diagramma hyech qachon tugallanmaydi: unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin bo’ladi.
Agarda savol sxemada bir qancha “shoxlar”da qaytarilsa, demak u nisbatan muhimdir. U muammoni hal etishning muhim qadami bo’lishi kerak.
Yangi g’oyalarni qanday grafik ko’rinishda qayd etishni o’zingiz tanlab oling( daraxt, kaskad va b.) Bunda muammo shajarasi ko’z oldingizda namoyon bo’ladi.
To’g’ri mulohaza qilish va xulosalar chiqarish orqali muammoning yechimini topish yengil kechadi.
“SWOT – tahlil” jadvalidan foydalanish jarayonida talaba mavjud holatni tahlil qiladi va baholaydi. Tahlil va sintez qilish yo’li bilan biror mantiqiy qaror qabul qilishga o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |