Turli texnik sohalardagi ma’lumotlarning toifalari strukturasi.
SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR.
Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi.
Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari.
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi: -ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi); -elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi; -ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud). Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi. Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir.
Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim. Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis hususiyati mavjud bo‘ladi. Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING YUQORI VA QUYI TIZIMLARI.
Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida birbiri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi. Quyi tizim ham murakkab tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi. Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi.
2-rasm. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari
Tizim tahlilchisi ob’ektni tizim shaklida namoyon qilayotganda tadqiqot mavzusini inobatga oladi. MURAKKAB TIZIMLAR TUZILMALARI. Murakkab tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir, chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib bo‘lmaydi. Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari, elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgarmasa, bunday tizim - statsionar (yoki barqaror) tizim deyiladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning qaysidir elementi rivojlanib, quyi tizimga aylansa, tizimning tuzilmasi rivojlangan bo‘ladi. Tizimning tuzilmasi – ichki va tashqi ta’sirlar sharoitida uning yahlitligini ta’minlovchi munosabatlar majmuasidir. Bunda tizimdagi barcha elementlar orasida bog‘liqliklar mavjud deb faraz qilinadi. Hususan, agar tizimdagi qaysidir elementning holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tizimdagi boshqa bir element holatidagi o‘zgarishlarga ta’sir qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi.
Rivojlanish xarakteri bo‘yicha tuzilmalarni ekstensiv va intensiv tuzilmalarga ajratish mumkin. Ekstensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari ko‘payadi, intensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yaxshilanib boradi. Reduktiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari kamayadi, regressiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yomonlashib boradi. Munosabatlar turi bo‘yicha tuzilmalar predmetli, funksional va tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi. Moddiy tuzilma – tizimni ishlashini ta’minlaydigan asosiy qismlar tarkibi. Funksional tuzilma – tizimning quyi tizimlari va komponentlarining funksiyalari bo‘yicha shakllantirilgan elementlar orasidagi munosabatlar majmuasidir. Tizimning quyi tizimi yoki komponentining matematik modelida funksional tuzilma modelning kirish va chiqish komponentlari orasidagi munosabatni, ya’ni modelning funksiyasini ko‘rsatadi. Tizimning kirish komponenti retseptor, chiqish komponenti esa effektor deb ataladi. Tashkiliy tuzilma – tizimning “boshliq-bo‘ysinuvchi”, “rahbarijrochi” kabi komponentlari orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Bunday tuzilmalar boshqaruv tizimlarida uchraydi. Tashkiliy tuzilmalar o‘z navbatida to‘rt hil bo‘ladi: tashkiliyfunksional, tashkiliy-matritsali, tashkiliy-dasturiy (loyihaviy), tashkiliy-chiziqli. Dasturiy ta’minotlarni yaratishdan oldin dasturning algoritmlashtirilgan tuzilmasi, ya’ni muayan masalani kompyuter yoyordamida yechish maqsadida ketma-ket xarakatlarning sxemasi yaratiladi. MURAKKAB TIZIM TURLARI. Kelib chiqishiga ko‘ra tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi. Sun’iy tizimlar – inson tomonidan yaratilgan tizimlar. Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok. Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar. Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra tizimlar moddiy va abstrakt tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular faqatgina odamlarning intellektual tafakkuri, tizimli bilimi yordamida yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi. Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi mumkin.
FUNKSIONAL TIZIMLI TAHLIL VA UNING BOSQICHLARI.
Funksional tizimli tahlilni qo‘llash uchun o‘rganilayotgan tizimning xozirgi (real) holati uning namunali holatidan yomonroq bo‘lishi lozim, aks holda tizimli tahlilni qo‘llashga xech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ushbu paragrafda biz funksional tizimli tahlilga oid tushunchalarni va tahlil bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Funksional tizimli tahlilda tizimning tuzilmasi o‘zgarmas deb faraz qilinadi va tizimli tahlil faqatgina tizimning joriy va namunaviy holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi. Funksional tizimli muammo – bu tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farq. Funksional tizimli yechim – tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Tizimning iste’molchilari – tizim ishlashi natijalaridan foydalanuvchi va tizim ishlashiga baho beruvchi shaxslar va sub’ektlar (fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va h.z.). Tizimning funksional modeli – tizimning maqsad (ya’ni endogen) ko‘rsatkichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni ichki omilli va tashqi omilli) ko‘rsatkichlar bilan bog‘lovchi mantiqiy, matematik hamda statistik qurilmalar majmuasi.
Endogen ko‘rsatkichlar – qiymatlari modelni yechish natijasida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda maqsad, hamda oraliq maqsad ko‘rsatkichlari endogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi. Endogen ko‘rsatkichlar o‘z navbatida maqsadli (bog‘liqli) va sabab (bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Ekzogen ko‘rsatkichlar - qiymatlari modelning tashqarisidan beriladigan va modelni yechish natijasida aniqlanmaydigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda tashqi muhit holati ko‘rsatkichlari ekzogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi. Tizim quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi: kirish va chiqish kanallari, jarayonlar, cheklovlar, chiqish mahsuli, mahsul sifatini nazorat qiluvchi mexanizm va teskari aloqa mexanizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |