O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet126/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Strengths - kuchli jihati, xususiyatlari, ichki manbalar Weakness - kuchsiz jihati, xususiyatlari, ichki muammolar Opportunities - rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar Threats – muvaffaqiyatga ta’sir etuvchi xavf-xatar



S

W

O

T

Matbuot konferensiyasi” - didaktik o’yin texnologiyasi guruhdagi barcha talabalarning o’quv-bilish faoliyatini faollashtirishi bilan xarakterlanadi. O’qituvchi matbuot konferensiyasini o’tkazishdan bir hafta oldin talabalarni ikki guruhga bo’ladi. Ularning taxminan 30% pedagog olimlar yoki shifokor-olimlar, qolganlari esa respublikamizda nashr qilinayotgan gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar. O’qituvchi esa, shu matbuot konferensiyasining tashkilotchisi bo’ladi.
O’qituvchi mazkur didaktik o’yinni tashkil qilishdan avval Respublikada qaysi oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari ushbu muhokama qilinayotgan muammo bilan shug’ullanishini va soha bo’yichaqanday gazeta, jurnallar nashr qilinishini aniq bilishi zarur.
Har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot konferensiyasida beradigan savollari talabalar yordamida tuziladi. Bu savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak.
Shundan so’ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlari hamda pedagog olimlar roli talabalarning xohishiga ko’ra taqsimlanadi. Ular beradigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan bo’lishi lozim. Javoblar o’qituvchitomonidan ko’zdan kechirilishi, ma’lum kamchiliklar bo’lsa, uni to’g’rilash va to’ldirish kerakligi talabalarga aytiladi.
Konseptual jadval” metodi. Bu metodklaster va semantik jihatlar tahlili bilan birgalikda grafik asosida tashkilotchilar qatoriga kiradi. U taqqoslash, solishtirish va boshqalarga bog’liqbo’lgan fikrlash jarayonlarini yaqqol namoyish etadi. Konseptual jadvalning vertikali bo’yichataqqoslanuvchi, gorizontal bo’yicha esa taqqoslanadigan turli tavsiflar joylashtiriladi.
Konseptual jadvalda tahliliy axborotning anchagina qismi ixcham joylashtirilgan. Bunday jadval mashg’ulotning metodik ta’minoti (slayd, o’quvplakati va h.k.)ga juda qo’l keladi. Muayyan muammo bo’yichakonseptual jadvallarni kichik guruhlarda aqliy hujumdan foydalanib tuzish va uni guruh bo’yicha muhokama qilib, eng maqbul
variantni qabul qilish – amaliy mashg’ulotlarning anglash fazasida yaxshi natija beradi.
Keys-stadi” texnologiyasi. “Keys-stadi” (lot. “casus” – hodisa, ingl. “sase” – aniq vaziyat, amaliy holat, yig’ma, to’plam, “study” – o’qish, ta’lim) – o’quvuslubi bo’lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat asosida talabalarni muammoni aniqlash va uni maqsadga muvofiq yechish variantlarini qidirishga yo’naltiruvchi, tashkiliy hayotda vujudga keladigan muammolarni aks ettiruvchi yasama (sun’iy) vaziyatga asoslangan.
“Keys-stadi” birinchi bor 1870 yilda Garvard universitetining huquq maktabida qo’llanilgan. Hozirgi kunda uning 2 xil yo’nalishi mavjud: Garvard (muammoga yagona yechim qabul qilinadi, ish hajmi katta) va Manchester (muammoga bir nechta variantlarda yechim qabul qilinadi, ish hajmi kichik).
Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o’rganishni voqyelikka bog’lab qo’yadi: ta’lim oluvchiga muammoni hal etish bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, taxminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo’shimcha ma’lumotni yig’ish, taxminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi.
Keys ta’lim oluvchilarga tahlil yo’llarini izlashda erkinlikni, muammolarni identifikatsiya (aynan o’xshash qilib) qilish vayechish yo’llarini taqdim etadi.
“Keys-stadi” ta’lim usuli sifatida quyidagi funksiyalarni (vazifalarni) amalga oshiradi:

  • ta’limiy: (nazariy bilimlarni egallagandan so’ng) o’rganilgan mavzu (kurs) bo’yichabilimlarni mustahkamlash; amaliy vaziyatlar tahlili sxemasi bilan tanishish malakasini (seminar mashg’ulotlari davomida, asosiy kurs jarayonida) hamda guruhiy yoki individual ravishda muammoni tahlil qilish va qarorga kelish (trening tartibi doirasida) ko’nikmalarini qayta mustahkamlash;

  • rivojlantiruvchi: bilim orttirish, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, nutq, o’z-o’zini yo’naltirish, real sharoitlarga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • motivatsion: yangilikka tayyor turish va mustaqil qaror qabul qilishga qiziqtirish;

  • tarbiyaviy: javobgarlik, mas’uliyat, mustaqillik, kommunikativlik, empatiya, refleksiyani shakllantirish;

  • nazorat-analitik: o’quvaxborotini egallash sifatini nazorat qilish (ta’lim dasturi so’nggida).

Tushunchalar tahlili” sxemasi. Ushbu uslub o’tilgan o’quv predmeti yoki bo’limning barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo’yichao’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izohlarini berish, shu orqali o’z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o’qituvchitomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo’naltirilgan.
Tushunchalar tahlili” texnologiyasining maqsadi. Talabalarning o’tilgan mavzusini egallaganlik va mavzu bo’yichatayanch tushunchalarni o’zlashtirganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’z bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, kursdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatishdan iborat.
“Tushunchalar tahlili” usulidan bir darsning o’zida dars boshlanishida o’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu mavzu bo’yichatalabalarning dastlabki bilimlari, qanday bilimlarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Qo’llash tartibi:

    • Talabalar kichik guruhlarga bo’linadi.

    • Ular uslubning talab va qoidalari bilan tanishtiriladi.

    • Tarqatma materiallar guruhlarga tarqatiladi.

    • Talabalar tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar.

    • Talabalar tarqatma materialda berilgan tushunchalar yoniga egallagan bilimlari asosida izoh yozadilar.

      • O’qituvchi guruhlar bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd namoyish etiladi.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish