MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
TABIIY VA IQTISODIYOT FANLAR KAFEDRASI
IQTISOD YO’NALISHI 928-21-GURUH TALABASI
YAXSHIBAYEV ABDULAZIZNING
OLIY MATEMATIKA (MA’RUZA)
FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERAT
Reja:
1. Geomorfologiya va gidrologiya masalalarida elementar funksiyalardan
foydalanish.
2. Insonlarning oziq-ovqatga va orzu-havasga ehtiyojlarini aniqlovchi
L.Torikvist funksiyalar limitlari.
3. Er sirti o‘zgarish tezligi va er sirti og‘ishini hosila yordamida berish.
4. Er shari strukturaviy va tektonik harakatini o‘rganishda hosiladan
foydalanish.
5. Klimatologiyada er sirti radiatsion balansini topishda differensial
tenglamalarning qo‘llanilishi.
Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining
relyefi haqidagi fan. Geomorfologiya. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining
tashqi
qiyofasini,
kelib
chiqishi,
yoshi
tari-xiy
taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz.
geologik davrdagi relyefni Geomorfologiya yer yuzasining oʻtmishdagi
taraqqiyotining
yakuni
sifatida
oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda
atmosferani birbiridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida
relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi.
Ogʻirlik
kuchining
bevosita
taʼsiri
ostida
sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir.
Yer—Quyosh— Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta
taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib
turishi).
Kishilik
jamiyatining
faoliyati
yer
relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi. Geomorfologiyaning asosiy
prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa
komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi.
Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir
koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va
biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa Geomorfologiya ning Yer haqida
fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar
va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va
taraqqiyotiga
bogʻliq
ekanligini
aniqdashda
foydalaniladi.
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik,
geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy
komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan
maʼlumotlar
esa
relyef
taraqqiyoti
jarayonining
tabiiy
mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro
munosabatini
oʻrganish
uchun
kerak.
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy Geomorfologiya —
relyefning
shakllanishi
haqidagi
juda
keng
masalalarni oʻrganadi;xususiy Geomorfologiya — relyefni bir yoki bir necha
alohida
geomorfologik
koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional
Geomorfologiya
—
yer
yuzasi
alohida
hududiy
qismlarining
konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari
sayyoraviy Geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiya ning alohida
tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologic davrlarning (koʻpincha koʻmilib
yotgan)
relyefini
oʻrganadi
va
uzok,
geologik
davrlarda
yer
yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda
ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy
Geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy Geomorfologiya bir qancha
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi
relyefini oʻrganadigan quruqlik Geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi
relyefini
oʻrganadigan
dengiz
Geomorfologiyasi.
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi.
Geomorfologiya ning asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari,
geomorfologik sʼyomka yordamida maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan
iboratdir.
Ekspeditsion
tadqiqotlar
bilan
birga
statsionar
va
eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b.
instrumental kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini
geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b.
asboblardan foydalaniladi.
Geomorfologiya maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish
G.si), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini
loyihalashda
(muhandislik
G.si),
maydondan
xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab
chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik,
geografik
tadqiqotlarga
asos
boʻlib
xizmat
qiladi.
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi.
Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib G.ning nazariy, metodologik va amaliy
asoslarini
U.
M.Deyvis
(Amerika
G.
maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi.
Ular relief taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga
tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada Geomorfologiya Yer haqidagi fanlar
orasidan
mustahkam
oʻrin oldi. Rossiyada Geomorfologiyaga P. A.
Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn,
K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va
G.ning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida
birmuncha
yutuqlarga
erishildi.
Bu
davrda
geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi
va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy
fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi
maʼlumotlar asosida yer relyefi
va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va
rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial,
karst,
muzlik,
toʻng
yer,
eol
relyeflarning
shakllanishi,
qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi.
1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi.
Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot
qilishning
haritagrafik
metodi,
aerometod,
geodezik
va
geofizik
metodlar,
statsionar
va
eksperimental
tadqiqot
metodlari
takomillashtirilmoqda. Relyef eometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga
alohida
eʼtibor
berilmoqda.
G.
Geomorfologiyaning
rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O.
Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham
salmokli hissa qoʻshdilar. Xalqaro miqyosda Geomorfologiya ishlarini
koordinatsiyalash
Xalqaro
geografiya
ittifoqining
komissiya
va
yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik
haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning
ishlari va Geomorfologiya masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti
qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya
jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.
Limit (lotincha: Limes — chek, chegara) — mat.ning muhim tushunchalaridan
biri. Agar bir oʻzgaruvchiga bogʻliq ikkinchi oʻzgaruvchi birinchi oʻzgaruvchining
oʻzgarish jarayonida a songa cheksiz yaqin-lashsa, a soni ikkinchi oʻzgaruvchi
miqdorning limiti deyiladi. Bu yerda Limit tushunchasi oʻzgarish va cheksiz
yaqinlashish jarayoni haqidagi tasavvurga bogʻliq. L.ning aniq matematik taʼrifi 19-
asrboshlarida shakllandi (qarang Ketma-ketlik). Natijada mat.da yangi usul
— Limitlar usuli paydo boʻldi. Bu usulning tatbiqi va rivoji differensial hisob va
integral hisobning yaratilishiga, matematik analizning vujudga kelishiga olib keldi.
Limit nazariyasida Limitlarning xossalari tekshiriladi, oʻzgaruvchi miqdor L.ning
mavjud boʻlishi shartlari oʻrganiladi, bir necha sodda oʻzgaruvchi miqdorlarning
L.larini bilgan holda murakkab funksiyalar L.larini hisob-lashga imkon beradigan
qoidalar to-piladi. L. nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri cheksiz kichik —
L.i nolga teng boʻlgan oʻzgaruvchi miqdor tushunchasi. L. nazariyasining
yaratilishiga I. Nyuton, J. D’Alamber, L. Eyler, O. Koshi, K. Veyershtrass,
Bolsanolar katta hissa qoʻshishgan.
Limit ni hisoblashda ma'lum bir aniq emasliklar mavjud, 1) 0/0 2)cheksiz/cheksiz
3) cheksiz +
cheksiz 4) cheksiz - cheksiz. Shunga o'xshash aniq mesliklar uchun Lopital qoidasini
qo'llash mumkin. Unga ko'ra hisoblashda ushbu aniq emaslikka duch kelinsa toki
aniqmaslik yo'qolmaguncha ketma-ket hosila olish mumkin.
x ning qiymatlari 2 dan kichik boʻlib, 2 ga yaqinlasha borganda f(x)=x 2
funksiyaning qiymatlari jadvalini qaraylik:
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, x ning qiymatlari 2 ga qancha yaqin boʻla versa
(yaqinlashsa), f(x) funksiyaning mos qiymatlari ham 4 soniga yaqinlasha- veradi.
Bunday holatda x argument (oʻzgaruvchi) 2 ga chapdan yaqinlash- ganda f(x)
ning qiymatlari 4 soniga yaqinlashadi deymiz.
Endi x ning qiymatlari 2 dan katta boʻlib, 2 ga yaqinlasha borganida
f(x)=x
2
funksiyaning qiymatlari jadvalini qaraylik:
x
3
2.1
2.01
2.001
2.0001
f(x)
9
4.41
4.0401
≈ 4,004 00
≈ 4,000 40
Bunday holatda x argument 2 ga oʻngdan yaqinlashganda, f(x) funksiya qiymatlari
4 soniga yaqinlashadi deymiz.
Yuqoridagi ikki holatni umumlashtirib, x argument 2 ga yaqinlashganda, f(x) ning
qiymatlari 4 soniga yaqinlashadi deymiz va buni quyidagicha yozamiz:
lim
x
→
2
x
2
= 4
Bu yozuv shunday oʻqiladi: x argument 2 ga yaqinlashganda
, f(x) = x
2
f
unksiyaning
limiti 4 ga teng.
Umumiy holda funksiya limiti tushunchasiga quyidagicha yondashi- ladi:
x≠a boʻlib, uning qiymatlari a soniga yaqinlashsa, f(x) ning mos qiymatlari A
soniga yaqinlashsin. Bu holda A sonni x a ga yaqinlashganda f(x) funk siya ning
limiti deyiladi va bunday belgilanadi:
lim
x
→
a
f(x) = A
Ayrim hollarda mazkur holatni x ning qiymatlari a ga intilganda f(x)
funksiya A ga intiladi, deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |