O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet94/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o’quv jarayoni ikki qismga bo’linadi:
Birinchi qism – to’liq guruh ishi.
Ikkinchi qism – individual mashg’ulotlar.
Bunday mashg’ulotlar unga zaruriyat sezgan ta’lim oluvchilar bilan yo umumiy qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo’lishini ta’minlash maqsadida o’tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli ta’lim oluvchilar bilan o’qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq ta’lim oluvchilar bilan o’qituvchiyordamchisi shug’ullanadi.
Tramp rejasi – bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o’qitishshakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg’ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg’ulotlar bilan qo’shib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o’qituvchilar, professorlar ma’ruza o’qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa ma’ruza materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa kutubxonalarda, laboratoriyalarda o’tkaziladi. Ma’ruza mashg’ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg’ulotga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo’q, kichik guruhlar ham doimiy emas.

5.6-chizma. «Individuallashtirishgan o’qitish»ning blok-sxemasi



182



5.7-chizma. Individuallashtirilgan o’qitishning texnologik sxemasi

    1. Dasturlashtirilgan o’qitishtexnologiyalari (B.P. Bespalko)

Dasturlashtirilgan o’qitishpedagog va talabaga zarur bo’lgan tezkor ichki va tashqi qaytuvchan aloqa shaklida amalga oshiriladi. Ichki qaytuvchan aloqa – talabaning o’zi tomonidan bajariladigan, o’quvmaterialining o’zlashtirilishini muttasil tahlil qilib borish. Tashqi qaytuvchan aloqa – pedagog yoki boshqaruvchi - o’qituvchiqurilma tomonidan o’quvmaterialining talaba tomonidan o’zlashtirilishini muttasil baholab borish.


Dasturlashtirilgan o’qitishning asosiy afzalliklarida biri doimo o’z- o’zini nazorat qilish va talabalarning o’quvmateriali ustida ishlash jarayonida ularning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari ustidan nazorat qilishdir. Talabalar o’z-o’zlarini nazorat qilishlari bajarilgan jarayon natijalarini namuna bilan solishtirib ko’rish orqali amalga oshiriladi. Namuna esa, dasturning har bir qadamdagi ichki teskari aloqa materiallarida keltiriladi. Tashqi teskari aloqani amalga oshirish, ya’ni o’qituvchitomonidan nazorat qilish ancha murakkab ishdir. Nazorat qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida turli xil nazorat qiluvchi qurilmalar qo’llaniladi.
Dasturlashtirilgan o’qitish jarayonida talabalar juda faol ishlaydilar. Talabalar egallagan bilim albatta oldindan tuzilgan dasturning qanchalik darajada to’g’riligiga bog’liq. Dasturlashtirilgan o’qitishning yana bir xususiyati shundaki, u o’qituvchiga juda katta imkoniyatlar ochib beradi, ya’ni, o’qituvchiijodiy ishlarini olib borishi hamda talabalar bilan ko’proq mustaqil ishlashi uchun imkoniyat yaratiladi. Dasturlashtirilgan o’qitish XX asrning 50-yillar boshlarida paydo bo’lib, amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog’landi. U materiallarning o’zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam dasturi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.
N.Krauder tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko’ra ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi.
G.K.Selevko dasturlashtirilgan o’qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni dasturlashtirilgan o’qitishdeganda, o’qitishuskunalari (EHM,
dasturlashtirilgan darslik, trenajer va b.) yordamida dasturlashtirilgan o’quv materialining o’zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Dasturlashtirilgan o’quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo’lmagan o’quvaxborotlari (“kadrlar”, “fayllar”, “odimlar”) seriyasidan iborat bo’ladi.
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. O’qituvchiva ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:

  • berk (ta’lim oluvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);

  • davriy (nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish, o’zaro nazorat);

  • tarqoq (frontal) yoki yo’nalganlik (individuallik);

  • qo’l (og’zaki) yoki avtomatlar (o’quvvositalari) orqali.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish