O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Xayol – yangi obrazlar va taxminlarni shakllanish jarayoni bo’lsa, fantaziya



Download 1,04 Mb.
bet102/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Xayol – yangi obrazlar va taxminlarni shakllanish jarayoni bo’lsa, fantaziya xayolni borliqdan, haqiqatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir.
Shunday qilib, muammo yoki jumboq bizni fikrlashga majbur etadi. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yoki muammoni yechish mobaynida o’quvchi uning shartlarini bir necha variantda tasavvur qilsagina yechimga kelar ekan. Chunki kimdir juda tez
fikrlaydi, kimdir sekin fikrlaydi. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o’tirgan ikki o’quvchi bir xil yechimni belgilasada, o’sha yechimga kelish yo’llari har bir o’quvchida o’ziga xos bo’ladi.
Mustaqil fikrlash shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o’z qarashi va nostandart yechimlarga ega bo’ladi. Masalan: aniq predmet ruchkaning nima ekanligini va nima maqsadda undan foydalanish mumkinligini ko’pchilik biladi. Bu – yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart tafakkurga erk berilsa, uning ko’rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati yoki g’altakka o’xshatib ip o’rash mumkinligi kabi o’nlab funksiyalarini sanab berish mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro’y berayotgan voqyealarning mohiyati xususida o’z qarashlari bo’lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.
O’qitishning hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo’lish (kognitiv dissonans)dan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko’rsatadi. O’qitish sharoitida insonning o’sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o’ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitishsharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur.
Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq” bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liqbo’la bermasligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo’lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yichaichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo’lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o’rtasidagi ziddiyatdir, bunda, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirishni harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatlar kiritilgan holda an’anaviy bayon etish o’quvmaterialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), ta’lim oluvchini uni hal etishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarishda pedagogik mahorat muhim ahamiyatga ega, chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi individual holat bo’lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy- o’quvmasalalarni yangicha usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o’qituvchibilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, ta’lim oluvchilar oldiga muammoli masalalar qo’yadi, ularni yechim yo’llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usul ta’lim oluvchilarda mustaqil ilmiy izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o’zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O’zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog’liqbo’lgan reproduktiv psixik jarayonlar muammoli vaziyatlarda hyech qanday samara bermaydi.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish