O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet101/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Evristika (yunon. “evrika” – izlayman, topaman, kashf etaman) inson ijodiy faoliyatini, shuningdek yangi kashfiyotlarni yaratishda qo’llanadigan usullarni o’rganadigan fan sifatida psixologiya, kibernetika, strukturali lingvistika, axborot nazariyasi chegarasida rivojlandi. Evristika yangi vaziyatda yangi harakatlarni qurish qonuniyatlarini o’rganadigan fan deb tushunish mumkin.
Evristik usullar, masalan, dastlabki ma’lumotlar to’la yoki ishonchli bo’lmagan holda hosil bo’lgan ijodiy masalaning ishga yaroqli, lekin doim ham optimal bo’lmagan yechimini topish ehtimolini oshiradi. Evristik uslublar juda murakkab, ko’zda tutilmagan vaziyatlarda ham yechimini topish imkonini beradi. Evristika maqsadga erishishga ko’maklashadigan harakatlar uslubini belgilaydi.
Tafakkur inson ongining bilish obyektlari hisoblangan narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish jarayonidir.
Dunyoni tushunish, anglash va unga ongli munosabat bildirish jarayoni tafakkur, fikrlash deyiladi. Tafakkurning oliyligi shundaki, u idrokdan farqli ravishda bevosita aks ettirish bo’lmay, narsalar va ularning xossalarini, voqyealarni ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan: koinot haqida so’z ketganda. ta’lim oluvchi koinotga chiqib ko’rmagan bo’lsa ham, uning xususiyatlarini bilgani uchun ushbu axborotni tushunib, uni qabul qiladi. Buning asosida tafakkur jarayoni yotadi.
Tafakkurni ta’minlovchi inson organi – bu bizning miyamiz bo’lib, eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab, mavhum teoremalarni isbot qilishgacha qaratilgan operatsiyalar miyada sodir bo’ladi. Inson miyasining fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha uning ishlash imkoniyatlarini tasavvur qilishning o’zi mushkul.
Miyaga kelgan barcha o’y-xayollar – bu fikrlardir. Normal ta’lim oluvchini, insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har on, har daqiqada odam miyasi qaydaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni tartibga solish, keragida diqqatni jalb qilish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish ya’ni ifodalash – fikrlash jarayonidir.
Fikrlash jarayoni aslida ma’lum bir masalani, muammo yoki jumboqni hal qilish kerak bo’lganda paydo bo’ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga – xayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish