O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


MUAMMOLI O’QITISHTEXNOLOGIYALARI. HAMKORLIKDA O’QITISHNI TASHKIL QILISH



Download 1,04 Mb.
bet99/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

VI-BOB


MUAMMOLI O’QITISHTEXNOLOGIYALARI. HAMKORLIKDA O’QITISHNI TASHKIL QILISH
USULLARI


Bobning qisqacha mazmuni: muammoli o’qitish, uning o’ziga xos xususiyatlari, maqsad-vazifalari, muammoli vaziyat turlari, darajalari va hal etish strukturasi, ta’lim jarayonini optimallashtirish usullari, intellektual mehnat malakalari va uni amalga oshirish yo’llari, hamkorlikda o’qitish g’oyasining kelib chiqishi, hamkorlikda o’qitish shakllari, yo’nalishlari, afzalliklari va istiqbollari, tibbiy ta’limda umumkasbiy va maxsus fanlardan o’quv jarayonini hamkorlikda o’qitish asosida samarali tashkil etish hamda boshqarish texnologiyalari.
Tayanch iboralar: muammoli o’qitish, muammoli vaziyat, evristika, tafakkur, xayol, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, munozara, intellektual mehnat, hamkorlik pedagogikasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.


    1. Muammoli o’qitishtexnologiyalari va uning o’ziga xos xususiyatlari


Muammoli o’qitish g’oyasi amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952) nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning boshlarida tarqala boshladi. U 1894 yilda Chikago shahrida o’qitish asosini o’quv rejasi emas, balki o’yin va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini ochgan. O’qish, hisoblash, yozish bo’yichamashg’ulotlar bolalarning fiziologik balog’atiga qarab o’z- o’zidan paydo bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq o’tkazilgan. J.Dyui o’qitishuchun quyidagi ehtiyojlarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifoda, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun bilish


manbalari sifatida bolalar quyidagilarga jalb etilgan: so’z, san’at asarlari, texnik qurilmalar, o’yin va mehnat faoliyati. Bu maktabda qo’llangan o’qitishning yangi uslublari, yo’llari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va konsepsiya sifatida ifodalanmagan edi. J.Dyuining fikricha, bilimlarni o’zlashtirish boshqarilmaydigan jarayon bo’lib, bola o’zida hosil bo’lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o’zlashtiradi, o’qitish samaradorligi shartlaridan biri bu o’quv materialini muammolashtirishdir va u bola faolligi bilan bog’liqbo’lishi kerak.
Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitishg’oyasi va prinsiplari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur – muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g’oyasi muammoli o’qitishning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 70-80 yillarda an’anaviy o’qitishshakllari samaradorligi pasayib ketganligi qayd etilganda, yetakchi pedagoglar muammoli o’qitish nazariyasiga e’tibor qarata boshladilar. Chunki an’anaviy o’qitish shaklida asosiy diqqat o’qituvchi faoliyatiga qaratilgan bo’lsa, muammoli o’qitishkonsepsiyasida asosiy urg’u o’quvchilar tomoniga ko’chadi. Muammoli o’qitish tamoyili bo’yichabilim o’quvchilarga tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy- tadqiqot jarayoniga o’xshatib, o’quv faoliyati jarayonida o’quvchilar tomonidan egallanadi.
Hozirgi kunda bu sohadagi izlanishlar dunyoning turli mamlakatlarida davom ettirilmoqda, turli soha fanlari bo’yicha muammoli o’qitish texnologiyalarining majmuaviy ishlanmalari yaratilmoqda.
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan ta’lim oluvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida ta’lim oluvchilar kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o’qitish, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga taalluqli, chunki bu yerda shaxsga subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi – pedagogik jarayonda o’ziga xos qiziqish uyg’otishdir.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish