O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Muammoli o’qitish, o’qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o’zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi



Download 1,04 Mb.
bet100/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Muammoli o’qitish, o’qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o’zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.


Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o’qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan to’liq va aniq ta’rif M.I.Maxmutov tomonidan berilgan bo’lib, unda muammoli o’qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari, tahlil, umumlashtirish hisobga olingan o’rgatish va dars berish usullarini qo’llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining tizimi sifatida izohlanadi.
Muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy- tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, o’qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda obyektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil – muammolilikka tayanadi.
Fanda muammoli o’qitishbilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: «muammo» va «muammoli vaziyat» tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob’ektlar o’z hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, xususiy bir masaladan iborat holati sifatida ko’rish mumkin.
Muammoli o’qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bu jarayonda ta’lim oluvchilar ijodiy fikrlashining rivojlanishi an’anaviy o’qitishdagiga
nisbatan jadalroq bo’ladi. Lekin muammoli o’qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o’quv jarayoniga muammolarning tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak.
Muammoli o’qitishni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda o’qituvchiilmiy va o’quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi– har ikkalasida ham obyektiv zidliklar mavjudligi bo’lsa, ilmiy va o’quvmuammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo’yilgan masala hali yechilmagan, o’quv muammosida esa masala yechilgan, uni yechish yo’li va natijasi ma’lum. Faqat bu yo’llar va natijalarni o’quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli o’qitishning yakuniy maqsadi – ta’lim oluvchilarni muammolarni ko’rish va yechishga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
S.L.Rubinshteyn “tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo’lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo’ladi” - deb ta’kidlaydi.
Bundan quyidagi mantiq hosil bo’ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo’lishi jamiyat uchun zarur bo’lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi. Muammoli vaziyat – psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati bo’lib, o’quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish