O‘SISH JADVALI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA.
Bolalarni to‘g‘ri o‘sishini ta’minlash kata axamiyatga ega.Bolalarning yoshiga qarab bo‘y o‘sishi ko‘rsatkichlarini o‘sish jadvalida belgilash bolaning o‘sish tempi me’yoridami yoki yo‘kligini aniqlashga imkon beradi.
Vrach bolani tortadi va bo‘yini o‘lchaydi va ma’lumotlarni yozib quyadi. So‘ng o‘lchamlarni jadvalda nuqta shaklida belgilaydi.Bolaning keyingi tashriflaridan olingan ma’lumotlar xam belgilab boriladi va so‘ng bu nuqtalar uzaro tutashtiriladi. Olingan chiziq bola bo‘yining o‘sishini ko’rsatuvchi egrilik xisoblanadi. .
BO‘Y O‘SISHI EGRILIGINING INTЕRPRЕTASIYASI.
- buy usishi jadvalidagi 0 belgisi – mediana(o‘rta chiziqs) bo‘lib,
o‘rta kattalik xisoblanadi. Boshqa chiziqlar esa –Z belgisi bilan
belgilanib, o‘rta kattalikdan xisoblanuvchi masofa. Nuqta
medianadan qancha uzoq bulsa, masalan «3» yoki «-3» bo‘y
o‘sishidagi muammoliklarni ko‘rsatadi.
Sog’lom o‘sayotgan bolaning egriligi, odatda, parallel medianaga yaqin joylashgan bo‘ladi. Bu egrilik medianadan yuqorida yoki pastda joylashadi.- Xar qanday keskin o‘zgarish (bola egri chizig‘ining me’yoriy
yo‘nashlishdan yuqoriga yoki pastga ) bunga bo‘lgan sabablarni
o‘rganilib, chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
- Tekis gorizontal chiziq bola o‘smayotganligini ko‘rsatadi. Bu
xolat stagnatsiya deb ataladi, shuningdek o‘rganilishi kerak.
- Z-belgisini kesib o‘tgan bo‘y o‘sishi egri chizig‘i xavf-xatarni bildiradi. Vrach o‘zgarishlarga tendensiya bo shlangan joyidan (medianaga nisbatan) foydalanib xavf-xatarni aniqlash imkoniga ega.
●
●
ИМТ к возрасту МАЛЬЧИКИ
С 6 месяцев до 2 лет (z-значения)
Вибол
Kalkulyatorning x(kV.) tugmachasi yordamida bolaning OIni xisoblash juda oson:
1) Vaznini kg da kiriting(0,1gacha yaxlitlikda).
2) / tugmachasini bosing yoki :-.
3) Bo‘y yoki tana uzunligini metrlarda kiriting(bu santimetrni metrlarda ifodalashni talab qiladi, masalan: 82,3sm - 0,823 m).
4) X(kV.) tugmacha bosilsa bo‘y uzunligi kvadrati xosil bo‘ladi.
5) = tugmachasi bosilsa VBI paydo bo‘ladi.
6) VBI ni undan bir aniqlikka yaxlitlang va bola rivojlanish daftarining «Tashriflar yozuvlari» betlariga VBI ni belgilab qo‘ying.
Sizning kalkulyatoringizda X(kv) belgisi yo‘k bo‘lsa, qadamlarni 1-3 oshiring yoki kadamlarni 2 va 3 kaytaring, so‘ng VBI illyustratsiyasi uchun = tugmachasini bosing.
Kalkulyatoringiz yo‘k bo‘lsa VBI ko‘rsatilgan tana vaznining bo‘y yoki tana uzunligiga nisbatlari jadvalidan foydalanishingiz mumkin.Bu jadval 5 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarda qo‘llanilishi mumkin.
VBI jadvalidan foydalanish maqsadida:
- Jadvalning uzoq chap ustunchasida bolaning tana uzunligi yoki bo‘yini toping(sm.). Agar aniq ma’lumotlar yo‘q bo‘lsa, eng yaqinini tanlang. Agar bola to‘grisidagi ma’lumot ko‘rsatkichlarning o‘rtaligiga to‘g‘ri kelsa, keyingisi – kattaroq ko‘rsatkichni tanlang.
- Bola vaznini gorizontal qatordan izlang. Agar aniq vazni ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yaqin bo‘lgan ko‘rsatkichni tanlang. Agar uning vazni ikki ko‘rsatkichlar oralig‘iga to‘g‘ri kelsa – uni «chizikda» deb xisoblang.
- Jadvalning yuqori qatoridan bolaning VBI ni topish uchun barmog‘ingizni yuqoriga qarab yurgazing(yoki barmoqni pastga qaratib yugazing, chunki VBI pastki qatorda xam ko‘rsatilgan).
- VBI ni bolaning rivojlanish daftarchasining «Tashriflar» betiga qayd qilib qo‘ying.
- Masalan: Quyida VBI jadvalidan namuna keltirilgan, bu ushbu modul ilovasi tarkibidan olingan. Misolda jadvaldan foydalanib, Aliya ismli 2 yoshu 4 oylik qizchaga VBI jadvalidan qanday foydalanish kerakligi ko‘rsatilgan\
- Aliyaning bo‘yi 88,2sm.. Jadvalning uzoq chap burchagidagi yaqin ko‘rsatkich – 88sm.(aylanaga olingan).
- Aliyaning vazni 11,5 kg. Uning qatordagi og‘irlikning bo‘yiga nisbatan yaqin ko‘rsatkichi – 11,6kg.
- Barmoqlarni qatoridagi Aliyaning vaznidan yuqoriga yurgazib, uning OI(jadvalning yuqorigi qatori) ni topish mumkin, bu – 15.
Agar Siz /kg/m(kv.)/ matematik formulasi va kalkulyator yordamida Aliyaning OI ni xisoblamoqchi bo‘lsangiz, uning bo‘yini metrda ifodalashingiz kerak. Uning buyi 88,2 sm – 0,882m bo‘ladi. Uning OI i quyidagicha xisoblanadi:
11,5 :- 0,882 m(kv.) = 14,78 ; bu «Tashrif varog‘i»ga 14,8 deb yoziladi.
Ko‘rib turganingizdek, OI jadvalini va kalkulyatordan foydalanish natijalari deyarli o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |