Gavda satxi . Nafas olish, qop aylanish jarayoni, buyraklarni funksional xolatini ko’rsatkichlari gavda sathi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ularni xisoblab chiqishda standart gavda ko‘rsatkichlaridan foydalanish lozim bo‘ladi. Ko‘pchilik dori-darmoilar, infuzion terapiya komponentlarini qo‘llashda gavda sathini birligiga qarab xisoblash kerak. ;
Butun bolalik davrlarida, ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda gavda sathi, tana vazni birligi- bo‘yincha kattalarga solishtirganda nisbatan katta. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni 1 kg vazniga tug‘ri keladigan gavda sathi katta yoshdagilarga /0,02 m2/ qaraganda 3 barobar /0,06 m2/ ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik ko‘rsatkichlar suvning mikdori, asosiy almashuvi, ventilyatsiya parametrlari va boshqa ko‘rsatkichlar 1 kg vaznga xisoblaganda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda katta yoshli odamlarga qaraganda nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bolani gavda sathini taxminan xisoblash uchun quyidagi formulalarni ishlatish mumkin.
1. Vazni 1 ,5 kg- dan 100 kg-cha bo‘lgan bolalarda
S=4M+7 g/M+902
bu yerda S-gavda sathi, M- vazni. M suratda 0,25 kg, maxrajda 1 kg gacha yiriklashtiriladi.
2. To’g’ilishida 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun: 1 yoshda gavda sathi 0,43m2 teng bo‘lib, har bir» yetmagan oyga bu ko‘rsatkichdan 0,02m olib tashlab, har bir oshgan yiliga 0,06 m2 qo‘shamiz.
3. 10-17yoshli bolalar uchun:
S(m2) =N-1
10
bu yerda S- gavda sathi, N - bolani yoshi.
Gavdaning o‘zaro nisbati xam bolani yoshiga qarab o‘zgaradi. Agar chaqaloq b A.V.Mazurin i dr. Propedevtika detskix bolezney. M., 2009 g. Gl. 1. Str. 19
olaning boshi gavda saghini 21% tug‘ri kelsa, katta kishilar boshi faqat 7.5% tug‘ri keladi. Tana sathini boshqa qismlarida bunday o‘zgarish kam bo‘ladi. Jumladan, gavdaning umurtka pog‘onasi qismiga chaqaloqlarda 32% tug‘ri kelsa, kattalarda 35%, qo‘llariga muvofiq ravishda 17% va 19%, oyoklariga muvofiq ravishda 31% va 39% to‘gri keladi.
1 yoshdan katta bolalarda quyidagi nisbatlarni qo‘llash mumkin «tuqqizlar qoidasi»: bosh va buyin 9% xar bitta ko‘l-9%, ikkalovi -18%, oyoklari har bittasi 18%, ikkallasi -36%, tananing oldingi satxi -18%-, tananing umumiy satxi - 36%.
Jismoniy rivojlanishni baholash. Oxirgi paytda bolalarni jismoiiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini sentil (parametrik bo‘lmagan) baholash yo‘llari keng tarqalib, ular sigmal jadvallarga qaraganda aniqroq va ob’ektiv deb xisoblanadi. Undan tashqari ularni amaliyotda qo‘llash juda oson va qulay. Bunda har bir jismoniy o‘lchov ko‘rsatkichi ma’lum bir jadvaldagi o‘ziga xos bo‘lgan sentil shkalaning koridoriga joylashtiriladi. Hech qanaqa xisoblashlar bu yerda o‘tkazilmaydi. Ushbu «yo‘lak» qayerda joylashganiga qarab, tibbiyot hodimi ma’lum xulosaga keladi.
kamdan-kam uchraydilar. Agarda bolalarda bunday ko‘rsatkichlar aniqlansa, ular maxsus konsultatsiyadan o‘tib, tekshirishdan o‘tkaziladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |