O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik



Download 2,24 Mb.
bet22/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

Indov (raps)yog‘i olish. Indovni quritishdan oldin 5-nomerli separa-torda birinchi marta tozalanadi. Agar separatordan sutkasiga 150 t indov urug‘i ‘otsa, 25% chiqindi chiqadi. Urug‘ yuvib quritilgach, 4-nomerli separator-da ikkinchi marta tozalanadi.

YUvilgan urug‘ni quritish uchun zavodning trubasidan chiqayotgan issiq tutun va gazlardan foydalanish mumkin. Quritilgan urug‘ning namligi 8% dan oshmasligi kerak, aks holda saqlash qiyin bo‘ladi tez buziladi. Quritilgan urug‘ sovitilgach, qayta ishlanadi.

Temperaturasi va namligi normal bo‘lgan indov urug‘i 5 valli val tsov-kaning to‘rt yo‘lidan ‘otkazilib yanchiladi. YAnchilmaning 65-70% teshiklari-ning diametri 1 mm bo‘lgan elakdan ‘otishi kerak. Ichida butun, yanchilmagan urug‘ bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Indov urug‘i tarkibidagi glyukopin glyuko-zidi issiq va nam tag‘sirida glyukoza, kaliy bisul fat, krotinil yog‘i va tarkibida oltingugurt tutgan boshqa bir qancha moddalarga parchalanadi. Bulardan yog‘ olish protsessidagi eng zararlisi krotinil yog‘idir. U indov yog‘iga ko‘p aralashib qolsa, yog‘ olish texnologiya protsesslarini murakkablashtirib yuboradi. Bunday serkrotinil yog‘li indov yog‘ini oqlash (rafinatsiya qilish) qiyinlashadi. Agar gidroliz qilinadigan bo‘lsa, katalizatorni zaharlaydi. SHuning uchun yanchilmani mumkin qadar tez (3-5 minut ichida) qozonning birinchi qasqonida issiq bug‘ bilan 80-85° gacha qizdirish kerak. Bu qasqon-ning devorlari va tagiga g‘ilofi orqali 4-5 atm bosim bug‘ yuborish kerak. Keyingi qasqonlarda qalinligi 200-250 mm bo‘lgan mag‘iz talqoni ‘oz-o‘zini 100-105° gacha qizdiradi va namligi 5,0-6,0% ga yetadi.

Indov urug‘ini ishlashda press tsexida jadallik bilan ish olib borish yaxshi natija beradi. Odatda, bunday urug‘ni ishlash uchun olti qasqonli qozon mos deb topilgan.

Tayyor bo‘lgan mezga to‘xtovsiz ravishda zeyer kolosniklarining orasi: I sektsiyada 1,00 mm, II sektsiyada 0,75 mm va III-IV sektsiyalarda 0,50 mm bo‘lgan FP forpressga techka orqali tushirib turiladi. Olingan yog‘ fil trlanadi va rafinatsiyalanadi. Qalinligi 8-10 mm va qoldiq yog‘i 12-14% bo‘lgan kunjara esa maydalangandan keyin ekstraktsiyalashga yuboriladi.

Ekstraktsiyalashda indov kunjarasidan eng ko‘p yog‘ olish uchun avval kun-jara gardishli tegirmon mashina, to‘qmoqli yanchish mashinasi yoki val tsovkada qalinligi 5-7 mm bo‘lgan bargsimon strukturali yanchilmaga aylantiriladi, so‘ngra u qozonda 8,5-9,5%gacha namlab, 60-65° gacha qizdiriladi va ekstraktorga uza-tiladi. Indov yog‘i rezina va po‘lat quyish sanoatlarida ishlatiladi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish