O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet20/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

14 rasm. Avtoyuklagich:
1 — yukni ushlash moslamasi — ayri; 2 — yuk ko‘targich; 3 — boshqarish ruli;
4 — harakatlantiruvchi qism.

Avtoyuklagich yukni ayrilari bilan ilib olib ma’lum masofaga tashib olib boradi, zarur balandlikgacha ko‘taradi, joylashtiradi va taxlaydi.
Avtoyuklagichlar frontal yoki yonlama yuk ko‘tarish moslamasi bilan jihozlangan bo‘ladi.
14 – rasmda yonlama yuk ko‘tarish moslamasi 2, yukni ushlash moslamasi — ayri 1, boshqarish ruli 3 va harakatlantiruvchi qismdan 4 tashkil to‘gan avtoyuklagich sxemasi ko‘rsatilgan.
Avtoyuklagichning harakatlantiruvchi qismi ramaga o‘rnatilgan dvigatelg‘, agregatlar, kuchni uzatish tizimi va harakatlanuvchi moslamadan iboratdir. Harakatlanuvchi moslamaning g‘ildiraklari yuklagichga to‘rtta tayanchni hosil qilib avtoyuklagichga turg‘un holatni, harakatlanishni va manyovrlanishni ta’minlaydi. Avtoyuklagichni ichki yonish dvigateli harakatga keltiradi. Yuklagichda mexanik yoki gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
    1. Yukni tashish uskunalari

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash inshootlarida mahsulotni tashishda foydalaniladigan asosiy uskunalarga Konveyerlar (transportyorlar), noriyalar, pnevmatik yuk tashuvchi qurilmalar va tortuvchi elementsiz yuk tashish moslamalari kiritilgan. Yukni tashish uskunalarining ish tizimi tashilayotgan mahsulot tavsifidan kelib chiqib yaxlit oqimli (sochiluvchan mahsulotlar uchun) yoki miqdorli (donador yuklar uchun) bo‘lishi mumkin. Yuk tashuvchi uskunalarning ishini masalan yuk ko‘tarish uskunalariga nisbatan avtomatlashtirish osonroqdir.
Konveyerlar (transporterlar)

Konveyerlar (transportyorlar) yuklarni gorizontal va qiyalik bo‘yicha tashishga mo‘ljallangan bo‘lib lentali, kurakchali, ‘lastinkali, vintli, vibratsiyali va osma bo‘lishi mumkin.
Lentali Konveyerlar (transportyorlar) turli yuklarni gorizontal yoki qiya yo‘nalish bo‘yicha tashish bilan birgalikda statsionar yoki ko‘chma bo‘ladi. Maxsus lentali Konveyerlar yuklarni vertikal yoki o‘tkir burchak ostida tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Lentali Konveyerlar omborlarda, un tegirmonlarida, don xirmonlarida, elevatorlarda, meva – sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash korxonalarida keng foydalaniladi.
Lentali Konveyerning barcha elementlari (15 – rasm) konstruktsion po‘latdan tayyorlangan burchakli yoki shvellerli ‘rofildan yasalgan tayanch staninaga 7 mahkamlanadi.
Agarda Konveyer uzun bo‘lsa unda uning staninalari bir biri bilan boltlar yordamida biriktirilgan alohida sektsiyalardan tayyorlanadi.
Konveyer ikki barabanga ega: uzatmali 1 va tortib turuvchi 5 barabanlarga lenta 3 tortilgan bo‘ladi. Lentaning ishchi va salt sohasiga egilib qolishni bartaraf etish maqsadiga tutib turuvchi
roliklar 2,4 o‘rnatiladi. Konveyer elektrodvigatel 8 yordamida reduktor 9 orqali va remenli, zanjirli yoki tishli uzatma 10 bilan harakatga keltiriladi.
Lentali Konveyerning uzatmali baraban 1, uzatmaga tarkibiga kiruvchi elektrodvigatel 8, reduktor 9 va uzatatma 10, hamda tayanch staninadan iborat bo‘lgan yaxlit element uzatmali stantsiya deb nomlansa, tortib turuvchi baraban 5 va tortib turuvchi moslamadan 6 iborat bo‘lgan yaxlit element tortib turuvchi stantsiya deb nomlanadi. Qoidaga ko‘ra tortib turuvchi stantsiya Konveyer oxirida joylashtiriladi.


15 – rasm. Lentali konveyer:

1 — uzatmali baraban; 2, 4 — tayanch roliklar; 3 — ishchi lenta; 5 — tortib turuvchi baraban; 6 — tortib turuvchi moslama; 7 — tayanch stanina; 8 — elektrodvigatel; 9 — reduktor; 10 — uzatma (tishli, remenli yoki zanjirli)

Lentali Konveyerning ishchi organi hisoblangan lenta sifatida i’ – gazlamali, rezina aralashtirilgan, rezinali yoki metalli lentalardan foydalaniladi.


Konveyer lentasi past gigrosko‘lik, yuqori qayishqoqlik, mustahkamlik, chidamlilik va kam cho‘ziluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Tashilayotgan yuk turi, muhitning harorati va namligidan kelib chiqib qanday lentadan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Masalan i’ – gazlamali lentalar quruq muhitli va havo harorati 45°S dan yuqori bo‘lmagan holda mahsulotlarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rezina aralashtirilgan va rezinali lentalar yuqori harorat va namlikga ega bo‘lgan muhitda, metalli lentalar esa muhit harorati 300°C bo‘lgan sharoitlarda mahsulot tashishga mo‘ljallangan.
Konveyer lentalarining eni tashilayotgan yuk enidan 50...100 mm ga kengroq bo‘lishi lozim.
Lentaning harakatlanish tezligi tashilayotgan yukning fizik – kimyoviy xususiyatlariga va ish sharoitlariga bog‘liqdir; bu ko‘rsatkich sabzavot va ildizmevalilar uchun 0,3...0,4 m/sek; un va ke’ak uchun — 1,0...2,0; don uchun — 1,5...3,0 m/sek bo‘lishi mumkin.
Uzatmali barabanlar Konveyer lentasini markazlash uchun bir oz qavariq qilib ishlanadi, hamda baraban bilan lentaning ilashishini mustahkamlash maqsadiga baraban sirti friktsion polimer materiallar bilan ishlov beriladi.
Konveyerning ishchi lentasi tarangligini ta’minlab turuvchi barabanning tortilib turishi yukli yoki vintli tortib turuvchi stantsiya yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holatda barabanning tortilishi unga o‘rnatilgan yuk og‘irligi ta’sirida sodir bo‘lsa, ikkichi holda tortilish vint yordamida amalga oshiriladi.
Lentali Konveyerlar yordamida yuklarni tashish trassasi to‘g‘ri yoki egri chiziq bo‘ylab amalga oshirilishi mumkin. Egri chiziqli trassalar bo‘ylab yukni tashish uchun maxsus sektsiyali transportyorlar qo‘llaniladi.
Lentali transportyorga mahsulot o‘z navbatida boshqa transportyor – ta’minlagichdan yoki bunkerdan yuklanadi; yukni tushirib olish esa odatda Konveyer yakunidan qabul qilish novi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘kib olish orqali amalga oshiriladi.
Ba’zi hollarda tashilayotgan mahsulotni Konveyerning oraliq qismidan tushirib olish zarur bo‘ladi, buning uchun yukni tushirib olish moslamasidan foydalanamiz.
    1. SHamollatish uskunalari


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish