O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Uyum va handaqlarning o‘lchami



Download 11,87 Mb.
bet28/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Uyum va handaqlarning o‘lchami (E.’.SHirokov va V.I.’olegaevga ko‘ra)

Mintaqa

Kartoshka va ildizmeva uchun

Karam uchun

eni

chuqurligi

uzunligi

eni

chuqurligi

uzunligi

Uyum

janub

1,2...1,4

0...0,2

12...15

1,0...1,2

0

8...10

g‘arb

1,5...2,0

0...0,2

15...20

1,4...1,4

0...0,2

10...12

o‘rta

2,0...2,5

0,2...0,4

15...20

1,8...2,0

0...0,2

10...12

Handaq

janub

0,6...1,0

0,5...0,6

5...10

0,4...0,6

0,4...0,6

5...8

g‘arb

0,8...1,2

0,6...0,8

8...15

0,6...0,8

0,6...0,8

8...12

o‘rta

0,8...1,2

0,9...1,2

10...15

0,8...1,0

0,8...1,0

10...12

Vaqtinchalik saqlash omborlarining o‘lchamlarini belgilashda ular tashkil etiladigan mintaqalarning iqlimiy sharoitlari inobatga olinadi: shimoliy va sharqiy mintaqalarda qish sovuq kelishini inobatga olib uyum va handaqlarning o‘lchami qish mavsumi mo‘tadilroq bo‘lgan janubiy, g‘arbiy mintaqalarga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Shimoliy va sharqiy mintaqalarda uyum va handaqlarning kotlovanlari saqlanayotgan mahsulot muzlab qolmasligi uchun chuqurroq qilinadib tayyorlanadi.


Bundan tashqari uyum va handaqlarning uzunligi unda saqlanayotgan mahsulotni bir kunda bo‘shatib olish imkoniyatini yaratadigan qilib tashkil etiladi.
Handaqning hajmi (m3) uning uzunligi, eni va chuqurligidan kelib chiqib aniqlanadi. Chuqurlashtirilmagan holda shakllantirilgan uyumning hajmi quyidagicha aniqlanadi (m3):
V = al(h/2)
Chuqurlashtirilgan holda shakllantirilgan uyumning hajmi quyidagicha aniqlanadi (m3):
V = al(h/2)+alh1
bu erda: a – uyum asosining eni, m; l – uyum uzunligi; h – mahsulot uyumining balandligi, m;
h1 – chuqurlik, m.

Saqlashga kelgan mahsulotni joylashtirish uchun uyum va handaqlarning sig‘imi va talab etiladigan soni kartoshka va sabzavotlarning hajm massasi va ularni taxlash hajmidan kelib chiqib hisoblab to‘iladi. Quyida kartoshka va sabzavotlarning saqlash usuli va uyum balandligidan kelib chiqgan holda hajm massasi keltirilgan.


Sabzavotlarning hajmiy massasi

(E.’.SHirokov va V.I.’olegaevga ko‘ra)

Mahsulot turi

Saqlash usuli

Yuklash yoki taxlashning maksimal balandligi

Hajmiy massasi, t/m3

Kartoshka

uyumda

4,0

0,65

konteynerda

5,5

0,50

Sabzi

uyumda

2,8

0,55

konteynerda

5,0

0,36

Bosh piyoz

yashiklarda uyumda

2,8

0,6

‘oddonda

5,0

0,38

Karam

uyumda

2,8

0,40

konteynerda

5,5

0,30

Uyum va handaqlarning yakuniy o‘lchamlariga tuzatishlar iqlimiy sharoitlar va uyum taxlamini shamollatishning solishtirma yuzasidan K kelib chiqib mahsulot sifatidan foydalangan holda kiritiladi. Taxlamni shamollatish yuzasi K mahsulot taxlami sirtining shamollatish maydonini uyum hajmiga V (m3) nisbati bilan ifodalanadi.


K = sovutish/V

Uyum va handaqlarda saqlashda uyumdagi mahsulotning namligi va issiqligini atrof muhitga samarali tarqalishi uchun uyumning shamollatish yuzasini solishtirma maydoni kartoshka va lavlagi uchun 2,8 dan, karam uchun 3,8 sabzi va sholg‘om uchun 6,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.


Uyumning shamollatish yuzasini solishtirma maydoni uyum va handaqlarning chuqurlik darajasiga bog‘liq, kotlovan chuqurligi qanchalik katta bo‘lsa bu ko‘rsatkich shuncha kichik bo‘lib, uyulgan mahsulotdan issiqlik sekinlik bilan tarqaladi.
Uyum va handaqlarda saqlanadigan mahsulot uyumini yopishning taxminiy qalinligi quyidagi jadvalda keltirilgan.


Uyum va handaq uyumini yopishda qatlam qalinligi

(E.’.SHirokov va V.I.Polegayevga ko‘ra)

Qutb yo‘nalishlari

Uyum qirrasi

Uyum asosi

somon

tuproq

somon

tuproq

Kartoshka va ildizmevalar*

Janub

0...0,1

0,3...0,4

0...0,1

0,4...0,6

g‘arb

0,1...0,3

0,3...0,4

0,3...0,4

0,4...0,7

o‘rta

0,2...0,3

0,3...0,5

0,3...0,4

0,5...0,6

Karam

Janub

-

0,4

-

0,6

g‘arb

0...0,2

0,2...0,3

0,1...0,3

0,6...0,8

o‘rta

0,1...0,2

0,3...0,4

0,2...0,4

0,5...0,6

*handaq uchun somon qatlami qalinligi 10...15% ga kamaytiriladi.

Uyum va handaqlar ustini yopish qatlami qalinligi taxminiy hisoblarga ko‘ra tuproq qatlamini muzlab qolish qatlamidan kam bo‘lmasligi lozim.


Uyum va handaqlarning ustini yopishning asosiy usullarining sxemasi 3.3-rasmda ko‘rsatilgan.
Modomiki vaqtinchalik omborda saqlanayotgan mahsulotni qishgi mavsumda past haroratli tashqi muhitdan saqlash zarur ekan, shu bilan birgalikda uni kuzda saqlashga joylashtirilganidan so‘ng tezlik bilan sovutish ham zarurdir. Buning uchun uyum va handaq ustiga hosio qilinadigan himoya qatlami asta – sekinlik bilan, tashqi muhit va taxlangan mahsulotning haroratini pasayishiga qarab bir necha usulda shakllantiriladi. Ko‘pincha uyum va handaqning ximoya qatlamini ikki qavatli qilib va ikki bosqichda shakllantiriladi. Sabzavotlar saqlashga joylashtirilganidan so‘ng tezda somon bilan qo‘lanadi. Somonni shamol uchirib ketmasligi uchun u qalinligi 10...20 smli tuproq bilan mustaxkamlanadi. Sovuq tushishidan 2...3 kun oldin butr va handaqlar qalin tuproq qatlami bilan ximoyalanadi. Ximoya qatlami bir tekis, o‘nqir cho‘nqirlarsiz bo‘lishi lozim. Uyum va handaqlarning ximiya qatlamini shakllantirish sermashaqqat ish hisoblanadi va ishlarni engillashtirish uchun buldozer, eksqavator va boshqa moslamalar yordamida mexanizatsiyalanadi.


3.3-rasm: Uyum va handaqlardagi uyumlarni yopish usullari

a – bir qatlamli; b – ikki qatlamli; v – uch qatlamli; g – to‘rt qatlamli; d – besh qatlamli.
1 – tuproq; 2 – poxol; 3 – yog‘och qirindisi, poxol yoki qor.

Uyum va handaqlarning ustini yopishda somon, tuproq, daraxrt bargi, torf, yog‘och qirindisi, ignabargli darax shox – shabbasi, penoplastdan foydalaniladi. Somon bunday inshootlar uchun eng yaxshi issiqlik izolyatsiyalovchi material hisoblanadi. Barcha materiallarning issiqlik izolyatsiya xususiyatlari turlicha bo‘lganligini uchun ularning sarf miqdori ham bir xil emas. Agarda o‘rta mintaqada uyum va handaqda saqlanayotgan kartoshkani yopish uchun somonning sarfi 100 kg/t bo‘lsa, himoya qatlamining qalinligi 0,2...0,3 metrni tashkil etadi. Xuddi shu holat karamni saqlash uchun – 70 kg/t somoni tashkil etib, qatlam qalinligi 0,1...0,2 metrni tashkil etadi. Somonning o‘rniga yog‘och qirindisidan foydalanilganda qatlam qalinligi 20 sm.ga balandroq, torfda esa 1,5...2 baravar qalinroq bo‘lishi zarurdir.


Oxirgi vaqtlarda uyum va handaqlarni yopishda uch komponentni aralashtirish yo‘li bilan olinadigan, ya’ni karbomid – formaldegid elimi, sirt – faol moddalar (alkilsulfat, laurilsulfat) va hosil bo‘lgan aralashmani polimerlash uchun ortofosfor kislotadan tayyorlangan karbomid – formaldegidli penoplastdan keng foydalanilmoqda. Komponentlar ish quvvati 50 m3/soat bo‘lgan maxsus uskunada aralashtirilib hosil bo‘lgan ko‘pik massasi shlang yordamida saqlanayotgan mahsulot uyumi ustiga
20...30 sm qalinlikdagi qatlam qilib ‘urkaladi. Sepilgan ko‘pik bir necha soniyadan so‘ng qotib g‘ovaksimon oq penoplast hosil qiladi va issiqlik va gidroizolyasiya vazifasini bajaradi. penoplast ustidan xech qanday boshqa material qo‘lanmaydi.
Uyum va handaqlarda mahsulotni saqlash sharoitlarini boshqarishda shamollatish tizimidan foydalaniladi, hamda bu tizimning asosiy vazifasi kuzgi davrda mahsulot haroratini pasaytirishdan iboratdir. Vaqtinchalik omborlarda qo‘llaniladigan shamollatish tizimi ishi havoni “tortishga” asoslangan bo‘lib, ya’ni havo issiqlik konveksiyasi qonuni bo‘yicha harakatlanadi. Havo qiziganda kengayadi, siyraklashib yuqoriga ko‘tariladi, ayni vaqtda uning o‘rnini tashqaridagi sovuqroq va qalinroq havo egallaydi.
Shamollatish kanali uyum va handaqning markaziy o‘qi asosi bo‘yicha joylashtiriladi. SHamollatish kanalining ikki yon tomonlaridan tashqi havo kirishi uchun tuproqli tuynuklari mavjud. Kunning qulay paytlarida qo‘qoqli tuynik orqali shamollatishga to‘g‘ri keladi. Qishda esa, tashqari harorat pasayganda, aksincha, sovuqdan saqlash uchun shamollatish quvurlarining to‘siqlari yopilib, havo harakati to‘xtatiladi. Qizigan siyraklashgan havoning chiqib ketishi uchun mahsulot oralig‘ida vertikal quvurlar o‘rnatiladi. Vertikal quvul uyumning tashqi tuproq qatlamidan 15 sm chiqib turishi kerak. Quvurga yomg‘ir va qor tushmasligi uchun soyabon joylashtiriladi. Vertikal quvurlar karamni saqlashda uyumning har 3 metrida, kartoshka va ildizmevalarni saqlashda har 5 metrda o‘rnatiladi.
Vertikal havo tortish quvurlarining kamchiligi shundaki u faqatgina quvur yon atrofidagi issiq va nam havoni almashinishini ta’minlaydi xolos. Bundan tashqari vertikal quvurlar atrofdagi poxol, tuproq qatlami unchalik zich bo‘lmasligi natijasida quvur atrofidagi mahsulotning terlashi yoki sovuq urishi kuzatiladi va bu holat ya’na bir kamchilik hisoblanadi. Vertikal havo tortish quvurli shamollatish tizimining ba’zi bir kamchiliklarini havo tortish quvurini gorizontal ravishda uyum tepa qirrasiga qo‘yish orqali hal etish mumkin. Bunda ikkita bir biriga 90° burchak ostida mahkamlangan yog‘och doskasi uyulgan mahsulot tepasida shtabel shaklida joylashtirilib ikki yon tomoni uyumdan tashqariga chiqarib qo‘yiladi (3.4-rasm, 4). Shamollatishning bu usuli bilan uyub taxlangan mahsulotdan ajralib chiqayotgan barcha issiq, nam havoni chiqib ketishiga erishiladi.
Uyumdagi mahsulotni tezroq sovutish uchun to‘shamalardan, handaqlarda esa xuddi shu vazifani bajarish uchun ikki tomoni ochiq bo‘lgan ko‘tarmali yog‘och to‘shamadan foydalaniladi. (3.4-rasm, 5). Bunda sabzavotlar ko‘tarilgan yog‘och to‘shamaga taxlanadi, ba’zan ostki qavatdagi mahsulotning shamollatish vaqtida muzlab qolmasligi uchun yog‘och to‘shama usti 5 sm qalinlikda tuproq bilan to‘shab chiqiladi.
Vaqtinchalik omborga joylashtirilgan mahsulot haroratini kuzatib borish maqsadida uyum yoki handaqga uyum termometri joylashtiriladi. Eng yaxshi uyum termometrlari – masofadan turib boshqariluvchi, yarim o‘tkazgichli, nuqtali termometrlar hisoblanib ular ishlash aniqligi ± 0,2°S gachadir.
Uyum yoki handaqda optimal haroratga erishilganidan so‘ng havo qiruvchi quvurlar yopilib, havo chiquvchi quvurlar ya’na 1...3 kun ochiq qoldiriladi, sovuq tushishi bilan esa ular ham mahkam berkitiladi. Odatda uyum va handaqlar qishgi davrda shamollatilmaydi.

3.4-rasm. Uyum va handaqlarning shamollatish tizimi sxemasi:

1 – “berk” uyum; 2 – shamolatish kanali bilan ta’minlangan uyum; 3 – shamollatish kanali va vertikal havo tortish quvuri bilan ta’minlangan uyum; 4 –uyum tepa qirrasiga gorizontal ravishda qo‘yilgan havoni tortish quvuri bilan jihozlangan uyum; 5 – tubidan sovutiladigan to‘shamali uyum; 6 – havo qobiqli uyum va handaq; 7 – shamollatish quvuriga o‘rnatiladigan shamol oqimini yo‘naltiruvchi nasadka.

Odatda uyum va handaqlardan foydalanishda etishda ularda quyidagi kamchiliklarni kuzatishimiz mumkin: mahsulotni yuklash – tushirishda ko‘p mehnat talab qilishi; saqlash rejimlarini tashkil etish va boshqarishdagi qiyinchiliklar; etarli sig‘imlarga ega bo‘lmaslik va boshqalar.


Hozirgi kunda modernizatsiyalangan uyum va handaqlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda ildizmevalilar va piyoz idishlarga joylashtirilgan holda (20...25 kg yashiklarga) saqlanadi. Uyumda idishlar shunday taxlanadiki ularning asosida bir yoki ikkita shamollatish kanallari hosil bo‘ladi. Mahsulotni idishda saqlash mehnatni kamaytiradi, saqlash sharoitlari yaxshilanadi va yo‘qotishlar miqdori kamayadi.
Kartoshka va sabzavotlarni vaqtinchalik omborlarda saqlashning ya’na bir zamonaviy usuli faol shamollatiladigan uyum va handaqlar foydalanish hisoblanadi (3.5-rasm).

3.5-rasm. Faol shamollatiladigan doimiy uyumli saqlash maydoni:

1 – ventilyatorli binosi; 2 – asosiy shamollatish kanali; 3 – yonlama kanallar; 4 – mahsulotni Yuklash
– tushirish uchun tuynuk; 5 – havo tortish quvuri; 6 – havoni taqsimlovchi kanal; 7 –zaslonka

Hozirgi kunda sig‘imi 250 tonna karamni, 900 tonna kartoshkani va boshqa sig‘imlarga ega bo‘lgan doimiy uyumli saqlash maydonlarining namunali loyihalari ishlab chiqilgan.


Uyumlar ustining yopilishi oddiy yoki doimiy bo‘li mumkin bo‘lib, doimiy uyumlar usti qalinligi 50...60 sm.li torf yoki yog‘och qirindisi, 10...15 sm tuproq qatlami bilan yopilib, ustidan mum shimdirilgan qog‘oz to‘shab, so‘ngra yog‘och taxta bilan qo‘lanadi.
Transport yurishi uchun ajratilgan yo‘l tomonidan uyumda to‘rtta tuynuk tashkil etilib, ular orqali mahsulotni Yuklash va tushirish ishlari transportyor yordamida amalga oshiriladi.
Uyumlardagi mahsulotni shamollatish ventilyatorlar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish tizimining barcha komunikatsiyasi yer ostidan o‘tkaziladi. Havo harakatlanadigan magistral kanallar devori gpishtdan terilib, yengil beton plitalar bilan yopilgan bo‘ladi. Havo yuboriladigan yonlama quvurlardan havo asbessementli tarqatish quvurlari orqali mahsulot ostidagi yog‘och panjaralardan uyum bo‘ylab yuqoriga tarqaladi. Bosim ostida berilgan havo uyumni kesib o‘tib havo tortish quvuri orqali tashqariga chiqariladi. Ventilyatorlarni ishga tushirish qo‘lda yoki yarim o‘tkazgichli PTR-2 va PTRD termoregulyatorlar yordamida avtomatik ravishda boshqariladi.
Nazorat savollari

  1. Vaqtinchalik omborlarning tuzilishi tushuntiring?

  2. Vaqtinchalik ombor qurilish materiallariga izoh bering?

  3. Vaqtinchalik omborlarda havo dinamikasi qanday amalga oshiriladi?

  4. Vaqtinchalik omborlarning afzalligi nimada?
11-ma’ruza: Doimiy omborlar


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish