Chorvachilikmahsulotlarinisaqlashuchuninshootlar. Muzxonalar – oziq-ovqat mahsulotlarini muz yordamida qisqa muddatli sovutish uchun keng qo‘llaniladigan oddiy sovutish inshootlari hisoblanadi. Muzxonalarning bir necha konstruksiyalari mavjud muzi yon xona
joylashtirilgan muzxona; M.M.Krilov tizimidagi muzxonali ombor; muz va tuz aralashmasi bilan to‘ldirilgan “panjarali cho‘ntakli” muzxona va boshqalar.
Muzi yon xonada joylashtirilgan muzxona sxemasi 4.2-rasmning, a qismida keltirilgan. Bunday muzxonalarda mahsulotni saqlaydigan bir yoki bin necha kameralar va ularni sovutish uchun muz saqlaydigan bo‘lim tashkil etiladi. Muzning erishi hisobiga havoning harorati 4...5°S gacha sovuydi. Mahsulot saqlanadigan kamera va muz joylashtirilgan bo‘linma o‘rtasidagi devorning pasti va yuqorisida 400x200 mm o‘lchamli darchalar mavjud bo‘lib, ular sovugan va issiq havo zichligi o‘rtasidagi farq hisobiga tabiiy havo almashinishini ta’minlaydi. Muz joylashtirilgan bo‘limning o‘lchamini shunday loyihalash lozimki joylashtiriladigan muz zahirasi saqlanayotgan mahsulot butun mavsum davomida sovutishga etishi lozim. Muzxonani tashkil etishda mahsulotni sovutishda foydalanilgan muzning erishi natijasida hosil bo‘lgan suvni yig‘ilishi uchun o‘ralar tashkil etilib, suv zarur bo‘lganda nasos bilan tortib olishini kerak. Muzning erishidan hosil bo‘lgan suvni chiqarib yuborish er ustida qurilgan muzxonalarda oson tashkil etiladi.
Ushbu muzxonalarning kamchiliklari shundaki sovutishda foydalaniladigan muzni saqlash uchun bo‘linma sig‘imi hajmi mahsulot saqlanadigan kamera sig‘imidan 3...4 martaba katta qilib loyihalash zarur bo‘ladi.
SOVUTGICHLAR
Mahsulotlarni sovutish, muzlatish va ularni past haroratlarda saqlash uchun mo‘ljallangan sanoat korxonalari sovutgichlar deb nomlanadi.
Go‘sht va sut mahsulotlarining yuqori sifatini saqlab turishning asosiy sharti ishlab chiqarishdan iste’molchiga jo‘natish paytigacha butun vaqt davomida past haroratda doimiy ta’sir ko‘rsatib turish bo‘lib, shuning uchun hozirgi kunda har turdagi va maqsadlarga mo‘ljallangan sovutish tarmog‘ini yaratishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Faqatgina rivojlangan sovutish tarmoqlarigina mavsumdan qat’iy nazar yil davomida aholini yuqori sifatli turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sovutish tarmoqlari ishlab chiqarish, tayyorlov, taqsimlovchi, savdo, transport va boshqa guruhlarga ajratiladi.