Faol shamollatish usulida havo butun uyum bo‘ylab pastdan yuqoriga qarab yo‘naltirilishi munosabati bilan saqlanayotgan mahsulot miqdorini oshirib, ombor hajmidan foydalanish koeffitsientini ko‘paytiradi. Faol shamollatishda mahsulotni uyum holida joylashtirishda uyumning balandligi mahsulotning mexanik chidamligidan kelib chiqib belgilanadi, masalan kartoshkani saqlashda uyum balandligi 6 metrgacha etishi mumkin.
Faol shamollatiladigan omborlar hajmidan foydalanish koeffitsienti eng yuqori bo‘lgan omborlar hisoblanishadi, shuning uchun ulardan sabzavot va kartoshkani saqlashda keng foydalaniladi.
Faol shamollatishning asosif afzalligi mahsulotni tez sovutish va belgilangan haroratni saqlab turish qobiliyatidir. Sovutish tezligi ombor joylashgan hududning iqlim sharoitlariga, saqlash ob’ektlarining xususiyatlariga, havoni tarqatish tizimi qurilmasiga va berilgan havo miqdoriga bog‘liq.
Faol shamollatish tizimi uzatilayotgan havoning solishtirma ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi, ya’ni bir soatda bir tonna mahsulotga yuborilayotgan havo miqdori bilan. Ba’zi bir sabzavotlar uchun faol shamollatishning asosiy ko‘rsatkislari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Faol shamollatishning asosiy ko‘rsatkichlari
Mahsulot turi
|
Uyum
balandligi, m
|
Uzatilayotgan havoning
solishtirma miqdori, m3/(t*soat)
|
Qish mavsumida ventilyatorlarning ish rejimi
|
Kartoshka,
lavlagi
|
4...5
|
60...80
|
sutkada 4...6 marotaba, 30
minutdan
|
Sabzi
|
2...3
|
60...80
|
≈
|
piyoz
|
2...3
|
70...100
|
sutkada 2...3 marotaba, 40
minutdan
|
Karam
|
2...3
|
100...120
|
sutkada 5...6 marotaba, 40
minutdan
|
Faol shamollatishli namunali omborlar transport uchun markaziy o‘tish yo‘lakli, yarim ko‘milgan holatda qilib quriladi. Omborlar odatda yon tomonlariga joylashtirilgan ikkita kuchli quvvatli ventilyatorlar bilan jihozlanadi. Ushbu ventilyatorlarning har biri omborning yarmiga havo yuboradi. Ventilyatorlarning ish unumdorligi uzatiladigan havoning zarur solishtirma miqdoriga bog‘liqdir. Omborlarning faol shamollatish tizimida quyidagi markadagi ventilyatorlardan keng foydalaniladi:ss4-70 № 7...12, VO-7, VO-5,6 va boshqalar.
Er ostidan o‘tkazilgan havo tarqatish kanallari butun tizim bo‘ylab tarqatilayotgan havo bosimi va tezligi bir xil bo‘lishi uchun yakuniga qarab qisqarib boradigan qilib tayyorlanadi. Kartoshka va sabzavotlarni uyum holida omborda hamdada yoki umumiy qatlamda shaklida saqlashda faol shamollatish tizimining sxemasi 3.8-rasmda ko‘rsatilgan.
Mahsulotni sovutish uchun havo magistral kanallar 5 bo‘ylab yuborilib, undan tarqatish kanallari 4 bo‘ylab taqsimlanadi va mahsulotni hamdada saqlashda panjarali pol 3 yoki uch qirrali havo kanallari 7 bo‘ylab, uyumda saqlashda esa havo kanallari 8 bo‘ylab mahsulot ostidan taqsimlanadi. Mahsulot orasidan o‘tgan havo tortish shaxtasi orqali tashqariga chiqariladi. Zarur bo‘lganda sovuq havo omborga yo‘lakning panjarali darvozasi 6 orqali kiritiladi.
3.8-rasm. Faol shamollatishda havo harakatlanish kanallarini joylashish sxemasi:
a – panjarali polli hampali saqlash ombori; b – uch qirrali havo kanalli hampali saqlash ombori; v – uch qirrali havo kanalli umumiy maydonli ombor: 1 – havoni tortish shaxtasi; 2 – hamda; 3 – panjarali pol; 4 – havoni tarqatish kanallari; 5 – magistral kanallar; 6 – yo‘lakning panjarali darvozasi; 7 – uch qirrali havo kanallari; 8 – kanallar
Havo kanallarining ko‘ndalang kesim o‘lchami ventilyator ish unumiga ko‘ra shunday hisoblanadiki havoning tezligi magistral kanallarda 8...10 m/sek, unga yondosh kanallarda 4...5 m/sek.dan oshmasligi kerak. Uyum bo‘ylab havoni tarqatish kanallarida havoni tezligi 2 m/sek ni tashkil etishi lozim. Uyum bo‘ylab havoni bir me’yorda taqsimlash uchun magistral kanalga yondosh bo‘lgan havo kanallari har 1,5...2,0 metrda joylashtiriladi. Mahsulotni saqlashda panjarali polli hampalardan foydalanilganda havoni uyum bo‘ylab bir me’yorda taqsimlash maqsadida panjaradagi tirqishlar har 0,5...0,8 metrda tashkil etiladi. Bunday omborlarda havo tarqatishni hisoblaganda mahsulot bilan tirqishlarni yopilib qolish maydoni inobatga olinadi va bu ko‘rsatkich kartoshka va piyozni saqlashda 50%, karam va ildizmevalilar uchun 40% ni tashkil etishi kerak. Bundan tashqari saqlanayotgan mahsulot uyumining hosil qiladigan g‘ovakligi ham inobatga olinadi va bu ko‘rsatkich sabzavotlarda quyidagi ko‘rsatkichga ega (%): kartoshkada – 40...50; sabzi, xo‘raki lavlagida – 50...55; sholg‘omda – 42...48; piyoz, sarimsoqda – 30...35; karamda – 50...55.
3.9-rasm. Uyum holida saqlashda faol shamollatish sxemasi:
1 – havoni aralashtirish kamerasi; 2 – havo bosimi hosil qiluvchi ventilyator; 3 – tarqaridan havo qiritish quvuri; 4 – masofadan turib boshqariluvchi zaslonka; 5 – masofadan turib boshqariladigan zaslonkali qizigan havoni chiqarib yuborish quvuri; 6 – havo kanallari; 7 – qizigan havoni haydash ventilyatorlari.
Faol shamollatish tizimi ishi harorat datchiklari (termojuft, termometr qarshiligi) yordamida boshqariladi va ularning signaliga ko‘ra ventilyatorlar ishga tushiradi va to‘xtatadi, havoni tashqaridan kiritish va chiqarish quvurlaridagi zaslonkalar holati kerakli vaziyatda o‘rnatadi. Faol shamollatish tizimidagi uskunalarning avtomatlashganlik darajasi turlicha bo‘lishi mumkin: oddiy, murakkab va to‘liq avtomatlashgan. Masalan oddiy avtomatlashgan sxemada ventilyator qo‘lda ishga tushirilib tashqarida o‘rnatilgan harorat datchigi signaliga ko‘ra avtomatik o‘chirilishi mumkin. Murakkab sxemada ventilyator avtomatik ravishda mahsulot uyumida joylashtirilgan harorat datchiklari ko‘rsatgichiga ko‘ra (uyumdagi mahsulot harorati belgilanganidan oshganda) ishga tushadi. To‘liq avtomatlashgan sxemada esa ombor tashqarisidagi havo, uyum oralisidagi havo va shamollatish tizimidagi magistral quvurlardagi havo haroratlari nazorat qilinib, olingan natijalardan kelib chiqib havoni kiritish va chiqarish quvurlarida o‘rnatilgan avtomatik zaslonkalarni boshqarish bilan belgilangan haroratdagi havo aralashmasi hosil qilinib faol shamollatishda qo‘llaniladi.
Faol shamollatishning avtomatlashtirilgan tizimi saqlanayotgan mahsulotning turli uchastkalarida haroratni tenglashtirish imkoniyatini beradi, hamda buning uchun ombor ichidagi havoni olib uni tashqi havo bilan aralashtirmasdan ya’na omborga qayta yo‘naltiriladi. Havoni bunday aylanishi retsirkulyasiya deyiladi. Bunday shamollatish qishki davrda muhim bo‘lib, chunki bu davrda tashqi havo harorati kerakli haroratdan past va saqlanayotgan mahsulot etarlicha sovutilgan bo‘ladi. Retsirkulyasiya sabzavot va kartoshkani saqlashda nafas olish jarayonida hosil bo‘lgan namlikni bartaraf etishda ham qo‘llaniladi. Ba’zi omborlarda shamollatishda qo‘llaniladigan havoni kaloriferlar yordamida isitish rejalashtiriladi. Masalan namligi bir muncha yuqori bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |