O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi



Download 9,83 Mb.
bet3/18
Sana18.07.2022
Hajmi9,83 Mb.
#819840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yoriyeva orgina

Ishning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning janubiy viloyatlari iqlim sharoitida tutni bargsiz qalamchadan o’stirishni o’rganish.
Ishning vazifalari. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat.
-qalamcha uchun onalik tut daraxtlarini tanlash;
-onalik tut daraxti novdalarini halqalashga tayyorlash;
-onalik tut daraxtini novdalarida Halqalash ishlarini olib borish;
-halqalangan tut daraxtlarini sug’orish va o’g’itlash ishlarini olib borsih;
-halqalangan tut novdalarini 40-50 sm li qilib tayyorlab olish;
-tayyorlab olingan novdalarni saqlash tartibini o’rganish.
-bahorgi shira harakati boshlangandan so’ng qalamchalarni ekishga tayyorlash;
-tayyorlangan qlamchalarni ikkik usulda ekish ishlarni olib borish;
-ekilgan qalamchalarni parvarishlash ishlarni olib borish;
Tadqiqot ishining obekti va predmeti. Tadqiqot ishining obekti bo’lib, Surxondaryo viloyati Termiz tumani agro pilla MChJga qarashli onalik tut plantatsiyasi. Tadqiqot ishini predmeti bo’lib esa Tojikiston urug’siz tuti, Mankent, Oktyabr, O’zbekiston, Payvandi Kokusa-13, kokusa 70 navlarini onalik tutzorlari qalamchalari bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. O’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mamalakatimizning janubiy mintaqalari iqlim sharoitiga mos tut navlarini tanlab olib bargsiz qalamcha orqali navdor tut ko’chatlarini ko’paytishni samarali yo’llarini belglaydi.


I. ADABIYOTLAR TAHLILI.
1.1. Navdor tut daraxtlarining barg hosildorligi va uning sifati.
Ona o‘simliklardan olingan qalamchalarda, erkak o‘simliklardan olingan qalamchalarga qaraganda kesilgan joylarini bitib ketishi va ildiz olishi qobiliyati yuqori bo‘ladi. Lekin erkak o‘simliklardan qalamcha qilib tayyorlangan ekish materiallari qimmatli sanasada, ipak qurtlari ana shu barglar bilan boqilganda ularning qurtlik davri qisqaradi va pillasining og‘irligi 1-7 % ga ortadi.
O‘simliklarning o‘sishida ikki qutblik (polyarnost) bo‘ladi va ularning o‘zaro bog‘liqligi mavjud. Qalamcha tabiiy holda ildizlarini pastki uchidan chiqargani holda, kurtaklari yuqorigi uchidan bo‘rtib chiqadi. Shuningdek qalamchalar yotqizilib ekilganda, undan asosiy ildizlar qalamchaning bazal qismidan (pastki qismidan) hosil bo‘ladi, ya’ni bunda uzunasiga qutblilik kuzatiladi.
Yog‘ochlashgan tut qalamchalari iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘langan. Bunda o‘simlikning tanalari va ildizlaridagi ortiq (zapas) oziq moddalar, shuningdek ularning tarkibidagi suvning mavsum davomida o‘zgarib turishi katta e’tiborga loyiq (K.Rahmanberdiev, 1994).
Bahorning kelishiga qarab fevral oyining oxiri, mart oyining birinchi o‘n kunligida qalamcha tayyorlanadigan ona tutzorlardan bir yillik novdalar qirqib olinadi. Ular ochiq yerga o‘tkazilgunga qadar 3-4 hafta davomida nam tuproqqa 50-60 sm chuqurlikda ko‘mib saqlanadi (M.Xibbimov, 1999).
Ekish materiallarining sifati ularning ildiz olish jarayonida va qalamchalarning keyingi rivojlanishlarida katta rol o‘ynaydi (D.A.Komissarov, 1994). Shu bilan birgalikda qalamchalarning qanchalik ildiz olishiga ularning og‘irligi (massasi) ham ta’sir etadi (A.K.Sokolov, 1995).
Qalamchalarning ildiz olish va gektaridan qanchalik tut ko‘chatlari chiqishiga dastlabki ekish materiallari katta ta’sir ko‘rsatadi. Qalamchalarning ildiz olish darajasi tut naviga va ona navdalarni halqalanib tayyorlanishiga hamda navdaning qaysi qismi (zona) dan olinishiga ham bog‘liq bo‘ladi. (K.Rahmanberdiev, 1994, 1996).
Tut seleksiyasi bo‘yicha yirik mutaxassis olim A. S. Didichenko (1965) O‘zIITI da yaratilgan tutning Oktyabr, Yozgi, O‘zbekiston navlarini sinash jarayonida yangi navlar pilla hosildorligini 1,5 baravar ko‘paytirishi mumkinligini aniqlagan. Muallif o‘zining boshqa maqolasida qurtlarni yoshlari bo‘yicha navli tut barglari bilan oziqlantirilganda pillaning o‘rtacha vazni, pillalardan xom ipak chiqishi ancha oshganini ta’kidlaydi (A.S.Didichenko, I.P.Miloxova, 1965).
M.Samandarova, I.P.Gryabina (1976) tajribalarida tirik pilla va undagi ipakning vazni qurtlar navli tut barglari bilan boqilgan variantlarda ko‘p bo‘lgan.
A.I.Xaxanov, T.Xafizova (1976) tutning turli navlarining ozuqaviy xususiyatlari va ipak qurtining navlarga bo‘lgan reaksiyasini o‘rgana turib, ayrim navlar ipak mahsuldorligini ko‘payishiga, ayrimlari-kamayishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan. Sinovlarda tutning yangidan yaratilayotgan 37 - 54 hamda Tojikiston urug‘siz navlari bu jihatdan muayyan farqqa ega ekani aniqlangan. 37 - 54 navi bargi bilan oziqlantirilgan Sov.5 va SANIISh 24 zotlari pillalari vazni 3,8 - 7.8 foizga kam va buning aksi Tojikiston urug‘siz navida 13,1 - 16,8 foizga ko‘p bo‘lgan.
S.S.Zinkina (1977) tutning yangi 6 ta navining davlat sinovlari yakunini tahlil qilar ekan, yangi navlar avvalo pila hosildorligini ko‘paytirish imkonini beradi deb ta’kidlaydi. Masalan, har gektar tutzordan yetishtiriladigan pilla hosildorligi qiyoslovichiga nisbatan Payvandi navida-43,0 %, Lixi-5 navida-69,0 %, hosildor navida-118,7 %, Toshkent navida-12 % oshgan.
G.B.Mulev, A.I.Kovalik (1977) Ukrainaning Merefa ipakchilik stansiyasida yaratilgan tutning Ukraina 107, Harkov 3 va Ukraina-1 Navlari ekilgan 1 ga tutzor hisobidan 827, % - 928,3 kg pilla olish mumkinligini xabar beradilar. qiyoslovchi - duragay tutlarda bu ko‘rsatkich 354,3 kilogrammdan oshmagan.
N.M. Finaeva (1996) tutning turli navlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tajribalari yakunida navli tutlarning yana bir ijobiy tomonini aniqlagan-navli tut barglarining yeyilish va hazm bo‘lishi yuqoriroq bo‘ladi.
M.Petkov, I.Penkov (1976) lar Bolgariya sharoitida takroriy qurt boqishda yuqori samara bergan tut navlarini (Kokuso 21, Kokuso 27, №106, №59) aniqlab, ulardan yozgi va kuzgi qurt boqishda foydalanish haqida tavsiyalar berganlar.
Tutning yangi navlariga xo‘jalik va iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri baho berishda har quti qurtdan yetishtirilgan pilla hosilini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Xuddi shu nuqtai nazardan kelib chiqib, F.G.Gatin, K.S.Ogursov (1991) yangi 25-70, 47-73, 9-72 seleksion tizimlar bargidan foydalanilganda 1 qutidan 8,6-26,9 kg ko‘proq pilla olinganini xabar qiladi.
Ko‘p yillar davomida tutning M.I.Grebinskaya yaratgan Tojikiston urug‘siz navi nihoyatda yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini namoyon etib keldi. O‘zbekistonda seleksiya ishining rivoj topishi shunga olib keldiki, Tojikiston urug‘siz tuti bilan raqobatlasha oladigan navlar yaratildi. F.G.Gatin, K.S.Ogursov, M.N.Asomova (1986) SANIISh 35 navi yuqoridagi navga nisbatan 1 qutidan 4,3 % ko‘proq pilla bergani va pillalarning ipakchanligi esa 5,1 % ga ko‘p bo‘lganini ta’kidlaydilar.
F.G.Gatin, K.S.Ogursov, M.Jo‘raev, I.X.Xolmatov, M.Z.Ahmedova (1977) maqolasida O‘zIITI seleksiyachilari yaratgan Jarariq 3 navi bargning to‘yimliligi va samaradorligi jihatidan Tojikiston urug‘siz tuti ko‘rsatkichlariga baravarlasha olishi yoritilgan. Yangi barglari ishlatilganda pilladagi ipak miqdori 434 mg, Tojikiston urug‘siz tutida 425 mg bo‘lgan.
A.S.Didichenko, R.Abdullaev, A.P.Po‘latov (1987) tutning Golodnostepskiy 6 (Mirzacho‘l 6) navi, Y.M.Mirolimov, M.N.Asomova, A.Po‘latov (1990) SANIISh 40 navlarining qurt mahsuldorligini oshirishdagi afzalliklari haqida yozadilar.
Ma’lumki, xo‘jaliklarda o‘sayotgan tutlar diploidlardir. Tutning poliploidlishakllari serhosil va barg tarkibida oqsil moddasini ko‘pligi bilan farqlanadi.
I.K.Abdullaev, A.G.Axmedov (1971) qurtlar poliploid navli tut barglari bilan ta’minlanganda yetishtirilgan pillalardan xom ipak chiqishi 34,6 %, tola uzunligi 767 metrga oshganini xabar qiladilar. Oddiy barg bilan boqilganda bu ko‘rsatgichlar 31,3 % va 685 metrni tashkil etgan.
O‘zbekistonda kolxitsin yordamida tutning ko‘plab poliploid shakllari olingan. Ushbu yo‘nalishda uzoq yillar ishlagan M.I.Grebinskaya (1976) poliploidli tut barglarida protein miqdori 2.0 umumiy azot 0,81 mutloq foizga ko‘p ekanini aniqlagan.
D.O.Avakyan, A.G.Tumanyan, V.A.Xachatryan (1981) tutning tetraploid navlari ishtirokida qator duragaylar yaratgan. Yangi duragaylar barglari bilan boqilgan qurtlar yashovchanligi va ular o‘ragan pilladagi ipak miqdori ko‘paygan, lichinkalik davri esa 1-2 sutkaga qisqargan.
Rossiya ipakchilik stansiyasi (Inozemsevo qishlog‘i) da yaratilgan tutning triploidli PS 109,4 p, PS - 109,2 Beshtau navlarida oqsil moddasining yuqoriroq bo‘lishi tufayli 1 kg pilla yetishtirish uchun sarf bo‘ladigan bargni 20,0 - 22,7 % ga kamayishiga olib kelgan (G.N. Tishenko, Ye.F.Leynveber,1993).
Tut barglari tarkibidagi qurt uchun zarur bo‘lgan oqsil, karbonsuvlar, vitaminlar va boshqa ozuqa elementlari miqdori va nisbati hamda barglarning qurtlarni o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’siri faqat tut navlariga bog‘liq bo‘lmay, vegetatsiya davri, parvarishning agrotexnikaviy darajasi, novdalarni kesib olish usullari va hattoki tut daraxti jinsiga ham bog‘liq bo‘ladi. (A.I.Fedorov, 1954; I.P. Depeshko, 1962; E.M. Axundov, 1968; I.P. Gryabina, 1964).
Tutzorlar mahsuldorligi va barglarning to‘yimliligi o‘g‘itlash orqali ko‘paytirilishi mumkin.
Tut barglari to‘yimliligini oshirishning ipak mahsuldorligiga ta’siri masalasiga bag‘ishlangan qiziqarli tajribalar R.Abdullaev (1965) tomonidan o‘tkazilgan. Tutzorga 90 kg azot, 60 kg fosfor kiritilib, unga qo‘shimcha ravishda ammoniy selitrasi, sulfat ammoniy, borning suvdagi eritmasi bilan daraxtlar purkalib, oziqlantirilgan variantda bargdagi xom protein 13,4 % dan 18,7 % va hattoki 24,0 % ga ko‘paygan. Shunday barglar bilan oziqlantirilgan qurtlar o‘ragan pillalar vazndor, ulardan xom ipak chiqishi 41,0-41,9 % ga teng bo‘lib qiyoslovchi variant (38,8 %) ga nisbatan 2,3 - 3,1 % ga oshgan.
M.A.Bessonova (1971) tadqiqotlari natijalari tutlarni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish naslli qurtlarga ijobiy ta’sir etgani, xususan tuxumlarining jonlanish foizi yuqori bo‘lganidan dalolat beradi.
Z.Petkow (1992) Bolgariya sharoitida o‘tkazgan har gektar tutzorga 270 kg azotli,135 kg fosforli o‘g‘it solinganda 1 kg yeyilgan bargdan pilla hosili va tuxum miqdori ko‘paygan. Afsuski, mualliflar bu belgilarni qay darajada ko‘paygani haqida raqamlar keltirmaganlar.
A.Solixov (1976)ning Toshkent viloyati Zangiota tumani «Nazarbek» xo‘jaligida o‘tkazgan tajribalari butasimon tutzorlardagi tutlarni ko‘pkallakli shaklda o‘stirish har gektar yerdan olinadigan pilla hosildorligini 4,89 sentnerdan 7,3 sentnerga yetkazish mumkinligini tasdiqlaydi.
X.Ubayxo‘jaev (1986); X.Ubayxo‘jaev, B.Usmonov, V.Raxmonberdiev (1987) lar o‘zlarining ko‘p yillik tadqiqotlariga asoslanib, tut barglari hosili, ularning to‘yimliligi tutlarni ekish sxemasi, novdalarni kesib olish tartibi bilan belgilanadi degan xulosaga kelganlar. 0,9 x 0,9 m sxemada ekilgan jadal tipdagi tutzorlardan olingan barg bilan boqilgan qurtlarning 1 qutisidan pilla hosildorligi 89,2 kg 2,5 x 2,5 m sxemada - 88,3 kg va 4,0 x 0,5 m sxemada 90,0 kilogrammni tashkil etgan.
Yuqorida qisqa sharhlari keltirilgan ishlar pilla hosildorligi va pilla ipak miqdori ko‘p jihatdan tut navlari, tutzorlar parvarishi, o‘g‘itlash, novdalarni kesish kabi omillarga bog‘liq holda shakllanishini ko‘rsatadi. Albatta, qurtlarga beriladigan barg me’yori katta ahamiyatga ega.
Ipak qurtlari ularga berilgan barg miqdori va to‘yimlilik darajasiga juda sezgir bo‘ladi.
Pillachilikda 1 quti qurtdan olinadigan pilla hosili qurt boqish ishida asosiy mezon bulsa, tut navlari va tutzorlarga baho berishda har quti qurtga beriladigan barg miqdori asosiy me’yoriy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Har quti qurtga sarf bo‘ladigan barg me’yori ustida A.G.Kafian va S.S.Zinkinalar muayyan ishlarni amalga oshirganlar. Uzoq muddatli va keng miqyosidagi tajribalar, sinovlar asosida 1 quti (19 gramm) qurt hisobiga barg me’yori topilgan. S.S.Zinkina, A.K.Maksimova (1986) turli zot va duragaylarda o‘tkazgan qiziqarli sinovlarida qurtlar hayotchanligi va mahsuldorlik belgilarining ozuqa me’yoriga bog‘liq ekanini yaqqol ko‘rsatib berganlar. Oltmishinchi yillarda keng tarqalgan SANIISh E1 x SANIISh 32 duragayi qurtlariga 1 quti hisobiga 1500 kg barg berilganda qurtlar hayotchanligi 89,5 %, 1000 kg bo‘lganda 84,3 %,750 kilogrammga kamaytirilganda 71 % va nihoyat 600 kilogramm bo‘lganda 73,1 % ni tashkil etgan. Barg berish me’yorining o‘zgarishi bilan pilla vazni ham shu zaylda o‘zgarishi kuzatilgan.
M.A.Bessonova (1971), A.K.Maksimova ishtirokida o‘tkazgan tajribalari yakuniga tayanib, bir quti qurt uchun barg sarfining mo‘tadil darajasini 900 kg qilib belgilash tarafdori ekanini uqtirgan. Me’yorni 900 kilogrammdan kam bo‘lishi ipak qurti zot va duragaylarining irsiyatida mavjud bo‘lgan potensial hosildorlikni ro‘yobga chiqmay qolishiga olib kelishi mumkin.
K.Madaminov (1973) 1 quti qurtga hammasi bo‘lib 600 kg barg sarflab tajribalar o‘tkazgan. Ozuqa yetishmasligi qurtning qon tarkibiga ham ta’sir etganini, xususan gemotsitlar va makronuk-leotsitlar miqdorini keskin oshib ketishiga olib kelganligi kuzatilgan.
B.Kenjaev, U.N.Nasirillaev (1977) lar tut ipak qurti genotiplarini tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq eta turib, ozuqani yetishmasligi yoki qurtlarni barg bilan to‘la ta’min etilmasligi faqat ularning mahsuldorlik belgilari (hayotchanlik, pilla va ipak qobig‘i vazni)ni kamaytirib qolmay, irsiylanish va korrelyatsiya koeffitsientlariga ham ta’sir etishini kuzatganlar.
Oziqaning kamligi tufayli mahsuldorlik belgilari va nasldorlik xususiyatlarining yomonlashuvi organizmda azot yoki proteinning yetishmasligi sababidan ro‘y beradi. Deyarli barcha hayvon turlari ozuqada oqsil moddasini bo‘lishiga muhtojdir. Shu asnoda bir necha misollar keltirish mumkin. O.N.Solomonova (1965) qora-ola zotli va duragay sigirlar organizmida kechadigan modda almashinuvida azot moddasining ahamiyatini ko‘rsatuvchi aniq tajribalar o‘tkazgan. qora-ola zotli sigirga berilgan ozuqada 327,3 g azot bo‘lgani, shundan 124,4 grammi go‘ng bilan tashqariga chiqarib yuborilishi 202,9 grammi hazm bo‘lgani va 103,5 grammi organizm tomonidan o‘zlashtirilgani aniqlangan. Demak, ozuqada protein moddasi qanchalik ko‘p bulsa, uning organizmiga singishi ham shunchalik ko‘proq bo‘ladi.
S.Blum (1979) kuzatuvlari protein tanqisligi oqibatlariga bag‘ishlangan bO‘lib, tovuqlar ratsionida proteinning (1 kunda 12,6 g) yetishmasligi tuxum qo‘yish jadalligi, tuxum vazni, tuxumdan jo‘jalarni chiqishini pasaytirib yuborishingi aniqlangan. Proteinning kundalik sarfi 15,8 grammga yetkazilganda yuqorida sanab o‘tilgan salbiy ta’sirlar barham topgan. P.Valuyskiy (1981) o‘z maqolasida ratsionda protein, aminokislotalar va mineral moddalar miqdorini modda almashinish jarayoniga ta’siri va bunda oqsilning alohida roli haqida fikr yuritadi.
R.Moe (1981) tadqiqotlarida ozuqa energiyasini sut hosil qilishga ta’siri o‘tganilgan. Sigirlarga beriladigan proteinga boy konsentratlar ulushini 40 foizdan 80 foizga yetkazilganda modda almashinuvida muayyan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, sut miqdorining ko‘payishi isbotlangan.
Ipak qurtida ham xuddi shunday biologik qonuniyatni kuzatish mumkin. Bu borada A.F.Arsenev va I.B.Bromley (1959) tahlililari muhim ahamiyatga ega. Pilla va ipak qobig‘i vazni tut barglaridagi oqsil miqdoriga bog‘liq va barglarda odatda 3,0 -3,5 % oqsil mavjud bo‘ladi, darajadan kamayishi tuproqqa mineral o‘g‘itlar kiritishni taqozo etadi, deb yozadilar mualliflar.
D.K.Shodibekova (1976) tut barglarining to‘yimliligini belgilashda Yu.B.Filippovich tomonidan ishlab chiqilgan karbonsuv oqsil nisbatidan foydalanish o‘rinli ekanini, bu ko‘rsatgich yilma-yil o‘zgarib turishi, xususan 1969 yilda 1,0, 1970 yilda 0,84 bo‘lgani, karbon-suv-oqsil nisbati 1,0 bo‘lganda pillalar chuvatilishi 85,8 %, pilla tolasi uzunligi 784 m, nisbat 0,84 ga tenglashganda yuqoridagi ko‘rsatgichlar mutanosib holda 76,3 % 583 metrgacha kamaygan.
Tut barglari tarkibidagi proteinning ipak qurti mahsuldorligiga ta’siri O.P.Po‘latov (1986) tadqiqotlarida yaqqol ko‘rsatib berilgan. Muallif tutning ikki navi barglaridagi proteinni aniqlagan: Mirzacho‘l 3 navida 25,06 %, Pioner navida 20,7 % har ikkala nav barglari bilan boqilgan qurtlardan 1 ga tutzor hisobiga olingan pilla hosilida keskin farq kuzatilgan, ya’ni Mirzacho‘l 3 navida 7,56 s/ga, Pioner navida 6,27 s/ga bo‘lgan.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari va ipak qurti hayotiy jarayonlarida ozuqa bilan bir qatorda atrof muhitdagi harorat, havoning nisbiy namligi, yorug‘lik, toza havo - kislorod bilan ta’minlash kabi omillar ham muhimdir. Shu bois tashqi muhitning ushbu omillarining qishloq xo‘jalik hayvonlari organizmidagi biologik jarayonlarga ta’siriga oid ilmiy maqola va asarlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.


Download 9,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish