2.2.Tadqiqot o’tkazish uslubi
Tadqiqotlar 2020-2021 yillar Surxondaryo viloyatining Termiz tuman Agro pilla MChJ sharoitida bargsiz qalamchalarni ochiq maydonda tajriba olib borilib, ijobiy natijalarga erishildi.
Ilmiy ishlab chiqarishning birinchi bosqichida Surxondaryo viloyati Termiz tumani sharoitida qalamchani tayyorlash va ekish muddati, usuli va chuqurligi, sug’orish, tuproqqa ishlov berish hamda boshqa agrotexnik tadbirlari tajriba asosida ishlab chiqildi.
Qalamcha tayyorlashga mo’ljallangan ona daraxt novdalarining oldindan halqalab qo’yilishi qalamchaning ko’karishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniqlandi. Bargsiz qalamchalarning ko’karishi uchun qalamcha tayyorlashga mo’ljallangan ona tutzorni tashkil etish, novdalarni halqalash, qalamchalarni tayyorlash va ularni ekishgacha saqlash, ekish muddati va usuli hamda o’sish davrida parvarish qilish darajasi ta’minlanishi kerak.
Qalamchalar o’simlikning yer ustki novdalaridan olinishi mumkin. Bunda tutning yog’ochlashgan qalamchalari odatda, bir yillik novdalardan tayyorlanadi. Ular o’sishni ancha oldin tugatgan va to’qimalari yaxshi yetilgan bo’ladi. Ko’pincha o’simlik turlari o’suv jarayonida shakllanadigan bosh ildizga ega bo’lishi va regeneratsiya (qayta tiklanish) jarayoni qalamcha uchun kesiladigan novdalarning o’sish tezligi hamda uning davomiyligini belgilaydi.
Darhaqiqat, qalamchalarning muvaffaqiyatli ildiz olishini asosan qalamchaning va ona daraxtni yoshi belgilaydi.
Shunga ko’ra, qalamchalar yosh daraxtlardan tayyorlanganida ularnig ildiz olishi yaxshi boradi. Buni 3 yoshli buta tutdan tayyorlangan qalamchalarning ildiz olishi 77,0 %, 9-yoshli baland tanali tutlardan tayyorlangan qalamchalarning ildiz olishi esa 49 % ni tashkil etganligida yaqqol ko’rish mumkin. Ona tut qalamchadan o’stirilgan bo’lsa, undan kesib olingan qalamcha ham 80 – 100 % gacha ko’karishi mumkin. Urug’dan o’sgan ona tutdan olib ekilgan qalamchalar esa bunga nisbatan kam ko’karadi.
Shu bilan birga qalamchaning ko’karish darajasi tutning turi, naviga va yoshiga bog’liqdir. Yuqoridagilarni hisobga olib ona tutzorni o’zbekistonda tumanlashtirilgan Tojikiston urug’siz tuti, Mankent, Bedona – Vodil, Oktyabr, O’zbekiston, Payvandi navlaridan tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Tut daraxtining yog’ochlashgan qalamchalarini tayyorlash muddatlari qalamchalarda ildiz hosil qilish uchun juda muhimdir, u ularni umumiy fiziologik holat va moda to’plash bilan bog’laydi. Chunki, qalamchaning qanchalik ildiz olishi bilvosita ana shularga bog’liq bo’ladi.
Yog’ochlashgan tut qalamchalarining rivojlanishi iqlim sharoiti bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, bahorning kelishiga qarab fevral oyining oxiri, martning oyining birinchi o’n kunligida qalamcha tayyorlanadigan ona tutzordan 1 yillik novdalar qirqib olinadi.
Ular ochiq yerga o’tkazilgunga qadar 3 – 4 hafta davomida nam tuproqqa 50 – 60 sm chuqurlikda ko’mib saqlanadi.
Bu qalamchalarni tuproqda mo’tadil harorat va havo sharoiti vujudga kelishi bilan o’tkazish imkonini beradi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’mib qo’yilgan qalamchalar tarkibidagi namlik, ular o’tkazilgan kuni tayyorlangan qalamchalar tarkibidagi namlikka nisbatan 2 % ga oshganligini ko’rsatdi.
Mazkur usul ochiq yerda o’stirilgan qalamchalarning rivojlanishini 4–7 kunga tezlashtirilishi aniqlandi.
Darhaqiqat, qalamchalarni ekish muddatlari qalamchalarga ildiz hosil qilish jarayoni ja’dalligiga sezgirli darajada ta’sir etadi.
Chunonchi, kuzda o’tkazilgan qalamchalar ko’klamgacha tinim holatida bo’ladilar. Ana shu davrda tuproq harorati qalamchalarda qadoqlarning hosil bo’lishi va ildiz otish uchun talab etilgan darajada bo’lmaydi. Demak, kuzda o’tkaziladigan qalamchalar to’lik yog’ochlashgan holatda bo’lishi va ulardagi oziq moddalar qish davomidagi hayot faoliyati uchun yetarli darajada bo’lishi lozim.
Qalamchalarning ildizlari ma’lum bir tuproq harorati va havo rejimida hosil bo’la boshlaydi. Qalamchalarni muddatidan juda erta o’tkazish yuqorida qayd etilgan jarayonlarning sustlashishiga olib keladi. Shunga e’tiboran, qalamchalar kechki muddatlarda o’tkazilganda bu jarayonlar yaxshi boradi. Bunda erta baxorgi o’tkazishda qalamchalarda qadoqlar (kallyus) 20 kun ichida, kech bahorgi o’tkazishda esa 9 – 10 kunda hosil bo’ladi.
Demak, qalamchalarda qadoqlarning hosil bo’lishi va ildiz tizimining rivojlanishi ob – xavo sharoitlariga bog’liq bo’ladi, hamda ildizlarning hosil bo’lishi tuproq harorati 18 – 20 0S bo’lganda ro’y beradi.
Hozirgi kunda ham oson ildiz oluvchi tut navlari, duragaylari va nihollar Halqalanmagan qalamchalar orqali ko’paytirilmoqda.
Bu xildagi qalamchalar uchun po’stlog’i va yog’ochligi to’la pishib yetilgan, yo’g’onligi kamida 10 mm bo’lgan bir yillik novdalarning quyi va o’rta qismidan 50-60 sm uzunlikda kesib olinadi. Tayyorlangan qalamchalar yer yetilib, uning 5-8 sm chuqurligida harorat +12+150S bo’lgungacha (3 – 4 hafta) payvand qalamchalari maxsus xonalar yoki 50 – 60 sm chuqurlikdagi xandaklarda saqlanadi.
Qalamcha eqiladigan maydonni tayyorlash duragay ko’chatzordagidek amalga oshiriladi. Binobarin, qalamchalar erta ko’klamda, yer yetilishi bilan Respublikamizning janubiy tumanlarida fevralning o’rtalaridan oxirigacha, o’rta iqlimli yerlarda sharqning ikkinchi yarmidan va shimoliy tumanlarda aprelning birinchi va ikkinchi yarmidan keyin ekilsa, ularning ildiz otishi yaxshi bo’ladi.
Tut daraxtlarini qalamchasidan o’stirishda tuproqning havo almashinishi sharoitining yaxshi bo’lishi uchun qalamchalarni ekish usullari va texnika muhim ahamiyatga egadir.
Ekishdan oldin qalamchalar o’tkir bog’ pichog’i bilan qirqiladi. Bunda o’tmas qaychi yoki tok qaychi bilan qirqish yaramaydi, chunki bunday asboblar qalamchalarning ildiz hosil qiladigan to’qimalarini ezib yuboradi va natijada ular ildiz olmay ko’pi nobud bo’ladi. Pichoq bilan oldin qalamchaning ostki qismi kurtagi tagidan so’ngra yuqori qismi kurtak tepasidan qiya qilib kesiladi.
1. Ular pushtaning tepasida uzunasiga ochilgan ariqchaga 5- 6 sm masofada yotqizilgan holatda eqiladi va tuproq bilan butunlay ko’miladi. Issiq iqlimli janubiy mintaqalarda qalamchalar 10-12 sm va o’rta hamda shimoliy mintaqalarda 5-10 sm chuqurlikda eqiladi.
Qalamchalar yengil tuproqlarda nisbatan chuqurroq, og’ir tuproqda esa yuzaroq joylanadi. Bunda ularning uzunligini 30-40 sm qilib kesiladi;
2. Qalamchalar yerga 450S daraja yonboshlatib eqiladi. Keyingi usulda qalamchalarning uzunligi 15-20 sm bo’lib, ular ekilganda tuproq betida bitta kurtagi qoldiriladi. Ikkala usulda ham qalamchalar pushtaning o’rtasiga ekilgani ma’qul, chunki qator oralariga ishlov berilganda qalamchalar shikastlanmaydi va ularning ildiz hosil bo’ladigan joyidagi tuproq yumshoq holatda bo’ladi.
Darhaqiqat, qalamcha o’tqizib gorizontal usulda ekilganda, ildiz va novda bir vaqtda hosil bo’ladi. Sababi qalamcha butunlay ko’milgan bo’lib, uning xamma qismi uchun namlik, harorat va aerotsiya omillari yetarli darajada.
Shu sababli bitta qalamchaning 2-3 yeridan ildiz va shu miqdorda novda hosil bo’ladi, ya’ni bitta qalamchadan mavsumda o’z ildiziga ega bo’lgan 2 -3 ta ko’chat yetishtirish mumkin.
Ikkinchi usulda qalamcha 450S daraja qiya ekilganda esa qalamchaning yuqorigi qismi qalamchaning bitta kurtagi tuproq betida bo’lganligi uchun u to’plangan oziqa modda hisobiga ko’karib, ildizi kechroq paydo bo’ladi. Ob- havo ko’klamda birdaniga isib ketsa, to’plangan modda ko’plab kurtaklarni yoyishga sarflanib, qalamcha ildiz hosil qila olmay quriydi.
Bu usulda bitta qalamchadan fakat bitta o’simlik olish mumkin. Qalamchaning ko’karishida qutblanish xususiyati namoyon bo’ladi. Ya’ni qalamchaning quyi tomonida asosan ildiz, yuqori tomonida ko’proq novda hosil bo’ladi. Qiya qilib o’tkazilgan qalamchalardan birinchi yili uzunligi 70-100 sm bo’lgan kuchli rivojlangan ildizlar hosil bo’ldi. Qalamchalarning kesilgan pastki qismida 2-3 ta asosiy ildizlar shakllanib, ularda 20 dan 40 tagacha yon ildizchalar hosil bo’ldi. Vaholanki, qalamchalar pushtalar ustiga 5 – 8 sm chuqurlikda, agar qumoq tuproq bo’lsa 8-12 sm yotiq holatda joylashtirilganda ildizlarning hosil bo’lishi qariyib o’simlikning yer ustki qismining rivojlanishi bilan bir vaqtda sodir bo’ldi.
Bu yerda qalamchalarning ildiz olishi va uning yer ustki qismlarining rivojlanishi uchun birmuncha qulay tuproq sharoiti vujudga keladi. Qalamchalar pushtaning o’rtasiga joylashtirilganda qator oralariga ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish mumkin bo’ladi, maydonning agrotexnika holati yaxshilanadi va qalamchadan o’stirilayotgan o’simlikka ketadigan harajatlar kamayadi, hamda qalamchalarni ildiz olishi 10 % gacha kurtaklarning unib chiqishi esa 35 % ortadi. Qalamchalar o’tkazilgandan 20 kun o’tgach, ularda kurtaklarning bo’rta boshlashi yaxshi holat hisoblanadi.
Qalamchalarning kesilgan pastki qismida qadoq (kallyus) 10-15 kun ichida hosil bo’la boshlaydi. Bu xildagi qadoqlar dastlab yotiq holatda joylashtirilgan qalamchalarda, sungra 15 va 30 sm uzunlikda tayyorlanib, qiya qilib o’tkazilgan qalamchalarda paydo bo’ladi. qadoqlar hosil bo’lguncha, odatda 20 kun vaqt o’tdi.
O’tkazilgan tadqiqotlarimiz shuni ko’rasatadiki, qadoqlarning shakllanishi va rivojlanishi tuproq haroratiga havoning me’yorida almashinib turishiga bog’liq.
Bunday zarur harorat qalamchaning kesilgan pastki qismida yaratilishi kerak. Qalamchalar kuzda yoki erta bahorda o’tkazilganda tuproq harorati 10-150 S dan oshmaydi, natijada qalamchalarda qadoqning hosil bo’lishi uzoqqa cho’ziladi. Unchalik chuqur qilmasdan yotiq holatda o’tkazilgan qalamchalar uchun tuproq namidan tashqari yaxshi havo almashinishi sharoiti vujudga keladi. Unda yuqori harorat 25 – 300S yaxshi ta’sir yetadi va qadoqlar 9 – 10 kun ichida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |