O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi


O’zbekistonda pillachilikni ozuqa bazasini yaratishning dolzarbligi



Download 9,83 Mb.
bet4/18
Sana18.07.2022
Hajmi9,83 Mb.
#819840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yoriyeva orgina

1.2. O’zbekistonda pillachilikni ozuqa bazasini yaratishning dolzarbligi.
Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig’i hisoblansa uning mevalari shirin va to’yimliligi bilan inson salomatligi uchun nihoyatda bebaho hisoblanadi. Tut daraxti juda qadimiy ko’p yillik o’simlik bo’lib, tarixiy manbalarga ko’ra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalib, so’ngra O’zbekistonda ham o’stirilib, mevasi iste’mol qilinib, juda noyob hisoblangan, uning bargi bilan ipak qurti boqilib nafis va mustahkam ipak olingan. Asrlar davomida xalq selektsiyasi tomonidan Shotut, Balxi tut, Marvarid tut va boshqa ko’plab tut navlari yaratilib xozirgi paytda ham o’stirilmoqda.
Tutchilikda dala tajribasini o’tkazish ilmiy va nazariy ishlanmalar asosida tajribalar o’tkazishni taminlaydi. Dastlabki materiallar bilan tut daraxtini ko’paytirish va bargidan foydalanish usullarini ishlab chiqish hozirda ipakchilikda dolbzarb muammolardan biri hisoblanadi. N.Rajabov. Tutchilikda dala tajribasini o’tkazish. (2016).
Tut daraxtlarini asosan xazonrezgidan keyin yoki daraxtda shira harakati boshlanishdan oldin eqiladi. Ammo kuzda faslida ham ko’chat eqilib paravarish qilinishi mumkin. Bunday ekilgan tut ko’chatlar rivojlanishi Valiev S. Sodiqov D, N.Rajabovlar tomonidan o’rganilgan. Kuz mavsumida ko’chat ekish va tutzorlar parvarishining samaradorligi. (2017).
Jahonda ipakchilik bilan shug’ullanayotgan Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Koreya va boshqa mamlakatlarda faqat navdor tut ko’chatlari yetishtirilib, ulardan asosan tutzorlar barpo etib sifatli va mo’l pilla yetishtirilmoqda. N.Rajabov. Yangi tut navlarining ipak qurti hayotchanligiga ta’siri. (2018).
O’zbekistonda ipakchilikning oziqa negiziga, ya’ni tutchilikni hozirgi ahvoliga nazar tashlasak yoki tahlil etilsa bor yo’g’i 5 % ga yaqin navdor tutlar mavjud xalos. Demak, 95 % tutlar duragay hisoblanib navli tutlarga nisbatan 2 - 3 marta kam hosil va sifatli past barg olinmoqda.
Respublikamizda yetishtirilayotgan pillalarni jahon bozoriga olib chiqishda ipak qurti urug’ining sifatini, boqish agrotexnikasini yaxshilash bilan birgalikda viloyatlarda mavjud bo’lgan ( pitomniklarda ) ko’chatzorlarda ko’plab navdor tut ko’chatlarini yetishtirishni yo’lga qo’yish kerak. Abdilov D. Valiyev S. Rajabov N. (2017).
Tutchilikni har tomonlama rivojlantirishda tashqi muhit omillarining ahamiyati katta. Chunki, tut daraxtining normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, namlik, havo yetarli bo’lgan taqdirdagina, undan sifatli va mo’l barg hosili olishi mumkin.
Ipak qurti ozuqa bazasini ya’ni tut bargini konservatsiya qilishning ba’zi muammolarini hal etishi mumkin deb hisoblaydilar. Mualliflar konservatsiya qilish usulini, uni Ba’zi rejimlarini aniqlagan hamda ushbu barglar bilan tut ipak qurtlarini parvarishlab tajribalar o’tkazganlar. Tut barglarini sublimatsiya va regidratatsiya qilish usuli bilan saqlab, ularni qurtlarga uchinchi yoshda berib borilgan va natijada ozuqani yeyilish koeffitsienti 20-25 % ga oshishiga erishilgan.
Payvandtagni payvandlash bilan bir vaktda kesilganda jami payvand kurtakdan 85,5 % i ko’karib, bu ish bir xafta o’tgandan so’ng qilinganda kurtaklar kukarmagan, bir oy utkazib amalga oshirilganda esa atigi 1,7 % payvand tutgan.
P.Gryabina tajribalarida Tirik pilla va undagi ipakning vazni qurtlar navli tut barglari bilan boqilgan variantlarda ko’p bo’lgan.
S.S.Zinkina tutning yangi 6 ta navining davlat sinovlari yakunini tahlil qilar ekan, yangi navlar avvalo pilla hosildorligini ko’paytirish imkonini beradi deb ta’kidlaydi. Masalan, har gektar tutzordan yetishtiriladigan pilla hosildorligi qiyoslovichiga nisbatan Payvandi navida-43,0 %, Lixi-5 navida-69,0 %, Hosildor navida-118,7 %, Toshkent navida-12 % oshgan.
G.B.Mulev, A.I.Kovalik Ukrainaning Merefa ipakchilik stantsiyasida yaratilgan tutning Ukraina 107, Harkov 3 va Ukraina-1 Navlari ekilgan 1 ga tutzor hisobidan 827, % - 928,3 kg pilla olish mumkinligini xabar beradilar. qiyoslovchi - duragay tutlarda bu ko’rsatkich 354,3 kilogrammdan oshmagan.
N.M. Finaeva tutning turli navlarini o’rganishga bag’ishlangan tajribalari yakunida navli tutlarning yana bir ijobiy tomonini aniqlagan navli tut barglarining yeyilish va hazm bo’lishi yuqoriroq bo’ladi.
R.Yu.Zverovaning Toshkent viloyati sharoitida olib borgan tajribasiga ko’ra, ko’klamda sepilgan urug’ tushgan (0-5 sm) chuqurlikdagi tuproqning issiqligi 10-110 bo’lganda, 15-17 kunda, 15-170 da 10-14 kunda, 18-220 da 5-8 kunda ko’kargan. Tuproqdagi bunday harorat tajriba olib borilgan yillarda tegishlicha 15-28 aprel, 29-aprel – 4-may va 6-14 mayga to’g’ri kelgan. Ushbu muallifning ta’kidlashicha, tuproq harorati 18-220 va namligi 19-22 % bo’lganda, ekilgan urug’ tez (6-10) kunda qiyg’os ko’karadi. O’suv jadal davom etib, ko’pchilik niholchalar standart talabiga javob beradi.
M.Kulievning ma’lumotiga ko’ra, Turkmaniston sharoitida 16 aprelda seppilgan tut urug’idan chiqqan nihollar, 26 aprel va 16 mayda sepilgandagiga nisbatan 22,7-42,5 % ga ko’p va sifatli bo’lgan.
Urug’ni kuzda sepishning afzalligi 70-yillardan boshlab amaliy jihatdan tasdiqlangan. Masalan, R.Abdullaev O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo’jaligida tuturug’ini sentyabr, noyabrda va fevralda ekib, pushta ustiga 1-2 sm qalinlikda chirigan go’ng to’shagan. Noyabrda urug’ sepilgan maydonlarning maysalari kelgusi yili juda yaxshi o’sib, gektariga 1 mln 93 ming niholcha yetishtirilgan. Sentyabr va fevralda sepilgan urug’lardan chiqqan nihollar miqdori tegishlicha 522-604 mingni tashkil etgan. Shunga o’xshash Xorazm viloyatida S. Mahmudov rahbarlik qilgan Urgench tut ko’chatzoriga tut urug’ini 6 va 20 mayda ekilganda gektaridan 1-2-3 muddatalrda sepilganda tegishlicha 1 mln 20 ming, 930 ming va 682 ming, ya’ni kuzda sepilgan urug’dan, yozda (6-mayda)giga nisbatan 90 ming ko’p nihol yetishtirilgan. Ya’ni birinchi va ikkinchi muddatda ekilgan urug’lardan tegishlicha 65-45 % standart nihollar olingan. Yozda (20 may) sepilgan urug’lardan ungan hamma nihollar kuzgacha yetisha olmagan.
Yu.Miralimov, R.Sodiqov va X.Beknazarovlarning Toshent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olib borgan tajribalariga ko’ra, oktyabr va noyabrda sepilgan tut urug’i nihollari ko’klamdagiga nisbatan jadal o’sib, ko’p miqdorda standart va hatto oliy navli nihollar yetishtirilgan. Binobarin, O’zbekiston sharoitida tut urug’ini ko’klam, yoz fasllaridan tashqari kuzda ham sepish mumkin.
M.No’monov Farg’ona vodiysi va X.Ubayxo’jaevning Toshknt viloyatining sog’ tuprog’i hamda L.Husniddinova Chorjo’y viloyatidagi yengil qumoq tuproqda olib borgan tajribalariga ko’ra, fosfr o’g’itining ¼ qismi tut urug’i bilan aralashtirilgan holda pushtaga sepilib, 1-2 sm tuproq bilan ko’milganda maysalar yaxshi o’sgan. Niholcha poyasi baquvvat bo’lgan va kuzgacha yaxshi pishgan, I-II naf standart nihollar 80-85 % ni tashkil etgan. M.Muhamadjonov ma’lumotlariga ko’ra, Toshkent viloyati sharoitida uch yashar beda har ga maydonda 300-400 kg azot va 10-12 t organik modda to’planishiga imkon beradi. Beda tuproq sho’rini kamaytirishda ham katta ahamiyatga ega.
X.Ubayxo’jaevning, tut-beda almashlab ekish ustida olib borgan tajribasining ko’rsatishicha, tut niholi qator orasi chopiladigan ekin (kartoshka)dan bo’shagan yerga ekilganda, yetishtirilgan ikki yillik birinchi naf ko’chat 61 % ni, uch yillik bedani buzib ekilgan yerga esa 90 % ni tashkil etgan, ya’ni ikkinchi maydonning har ga sida birinchisiga qaraganda 23 ming dona ko’proq birinchi naf ko’chatlar o’stirilgan.
SKPTB “Shelk” xodimlari (A.Gromadskiy, D.Nasritdinov, M.Mirxo’jaev, S.Zinkina) tomonidan sabzavotchilik sohasida keng qo’llangan SKNB-4 va SKN-6 belgili mashinalardan tut niholchalarini ekishda foydalanishni tavsiya etishdi. Niholchlarni ekishdan oldin tanasi ildiz bo’g’zidan 5-6 sm qoldirib kesildi. Ushbu mashinalar 4 dan 6 qatorgacha ko’chat ekadi. Mashina “Belarus” yoki T-38 belgili traktorlarga o’rnatildi. Agregat harakatlanish jarayonida olti qator ariqcha ochib, ekuvchi apparat niholchani qo’yadi, ayni vaqtda suv purkaydi hamda g’altak mola yordamida ildiz atrofidagi tuproqni zichlab ketadi. Bunda bir traktorchi, 6 kishi niholchalarni apparatga qo’yishda va 3-6 kishi niholchalarni ekishga tayyorlab berishda qatnashadi. SKNB-4 va SKN-6 mashinalari Toshkent nasl-ipakchilik tut ko’chatzorida sinab ko’rilganda, bir smenada ekish qalinligiga qarab, 1,2-2,5 ga ko’chatzorga niholcha eqilib, ko’karuvchanlik darajasi 95 % gacha bo’lgan. Ushbu mashinaning O’zbekiston masshtabidagi iqtisodiy samaradorligi yiliga 740 ming so’mni tashkil etgan.
A.I.Fedorov tavsiyasiga ko’ra ko’chatning birinchi o’suv yili mineral o’g’itlar ikki muddatda: kuzda ekilgan ko’chatlarga birinchi marta azotli o’g’itning 50 %, ko’chat ko’klamda ekilgan bo’lsa, ekish tugagandan so’ng, qolgan 50 % birinchi muddatdan bir oy keyin solinadi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar bir yo’la ikkinchi marta azot solish vaqtida qo’shib berialdi. Ikki yoshli ko’chatlarga mineral o’g’itlarning hammasi bir muddatda-fevral oxiri yoki martda solinadi.
G.V.Butenkoning O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot institutining tahriba xo’jaligidagi kuzatishiga ko’ra, duragay tutlarning ko’chati birinchi yildayoq bo’ychan o’sib yozning o’rtalarida ko’plab yon shoxlar hosil qiladi, traktorga o’rnatilgan agregatlar ko’chat qator orasini ishlash paytida bu shoxlarni sindirishi va tanani shikastlantirishi mumkin. Bunda yon novdalarni uchinchi chimdish orqali mo’ljallangan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun Namangan tut ko’chatzori va Toshkent qishloq xo’jalik institutining o’quv tajriba xo’ajligida o’tqazgan tajribamizda bu xildagi baquvvat o’sgan bir yoshlik ko’chatlarda tananing pastki yarmidan chiqqan yon shoxlarni yoz o’rtasida (iyunning oxiridan kechiktirmay) tanaga taqab kesib, yuqorigi shoxlarni uchidan chimdib tashladik.
A.I.Fedorov va G.V.Butenkolar yon shoxlardagi barglar oziq yig’ib tananing yo’g’onlashishiga sababchi bo’lishi, shu tufayli ular tanaga taqab emas, balki 1/3 qismi kesilsa yaxshi natija berishi va buni “yo’g’onlashtirish uchun kesish” nomi bilan yuritish haqida fikr bildirdilar.
Ko’chatning ikkinchi o’suv yilida esa ularning oldingi yildagi rivojlanish darajasiga qarab A.I.Fedorov va K.S.Zemskiy taklif etgan ikki usulda shakl beriladi.
A.I.Fedorov tavsiyasiga ko’ra, birinchi yili o’rtacha (bo’yi 1,5-1,7 m) o’sgan ko’chatlar ikkinchi yili erta ko’klamda o’simlik kurtak yozguncha asosiy tanasining 1,2-1,3 m dan yuqorisi bog’ qaychi yoki bog’ pichoq bilan kesib tashlanadi. Shunda tananing yuqorigi qismidagi kurtaklardan shoxchalar o’sadi. Buni kallak hosil uchun kesish deyiladi. May oxiri va iyunning boshida tananing yuqorigi qismi (kallak)da 3-4 ta novda qoldirilib, pastdagi yon novlarning 20-25 sm dan yuqorisi qirqiladi. Iyulning oxiri yoki avgustning boshida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan uchta yuqorigi novda qoldirilib, boshqa jami yon novdalar tanaga taqab kesiladi.
K.S.Zemskiy tavsiyasiga ko’ra, birinchi yili baquvvat (bo’yi 2 m dan ortiq) o’sgan ko’chatlar asosiy tanasining 1,3 m dan yuqorisi ikkinchi yili erta ko’klamda (A.I.Fedorov usuliga o’xshash) qirqiladi. Shundan so’ng tananing yuqori qismi kurtaklaridan bir qancha shoxlar o’sib chiqadi. Mayning oxiri va iyunning boshida tananing yuqori qismi (kallak) da 3-4 ta novda qoldirilib, pastidan chiqqan yon novdalari tanaga taqab kesiladi. Tananing kesilgan joyidan qayta o’sib chiqqan novdalar iyunning oxiri va iyulning birinchi yarmida ikkinchi marta tagidan qirqib tashlanadi.


Download 9,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish