3.2.1- jadval
Halqalanmagan va halqalangan qalamchalarning ekilish usuliga qarab ko’karishi, hamda o’sish darajasi
Ekish usullari
|
Ekilgan qalamchalar soni
|
Bir yillik novdasining o’rtacha uzunligi, sm hisobida
|
Hammasi
|
Shundan ko’kargani
|
Dona hisobida
|
% hisobida
|
Halqalanmagan qalamchalar
|
Yotqizib (gorizontal ekilgan qalamchalar)
|
200
|
123
|
61,5
|
212
|
450S daraja qiyalikda ekilgan qalamchalar
|
249
|
82
|
32,9
|
175
|
Halqalangan qalamchalar
|
Yotqizib (gorizontal ekilgan qalamchalar)
|
300
|
270
|
90,0
|
291
|
450 S daraja qiyalikda ekilgan qalamchalar
|
250
|
165
|
66,0
|
278
|
Jadval asosida shuni aytish kerakki, halqalanmagan va halqalangan qalamchalar 450 S daraja kiyalikda ekilganga nisbatan yotkizib ekilganda ildiz olish darajasi 1,4 – 1,9 baravar yuqori bo’lgan.
Bundan tashqari halqalangan qalamchalarda halqalanmaganga qaraganda ko’karish darajasi 1,5 – 2 va bitta novdaning o’rtacha uzunligi 1,4 – 1,6 baravar ko’pligi aniqlandi.
Ona tutlar har yili ko’klamda fevral oyining ikkinchi yarmida, mart oyining boshlarida qalamchalar tayyorlash maqsadida kesiladi. Buta tuplardagi novdalar soni oshgan sari ular maydalashib boradi, natijada o’sishi susayib asosining yo’g’onligi ingichka bo’lib qoladi.
Shuningdek novdaning qalamcha tayyorlash uchun foydalanadigan qismi evaziga novdalarga halqa solish soni ham kamayadi, bularning hammasi ona buta tuplaridagi novdalarni siyraklatish, ya’ni 4 – 5 tadan novda qoldirish yo’li bilan gektar boshiga ko’p miqdorda diametri 20 mm dan kam bo’lmagan halqalangan qalamchalar olishga erishish mumkinligini tasdiqlaydi.
Ona daraxt novdalarini halqalash va ularni qalamcha tayyorlash uchun kesish kuchli, shamol bo’lgan paytlarda halqalangan novdalarni sinib ketishda saqlash va asosiysi gektar hisobiga eng ko’p miqdorda qalamcha olish imkonini berishi kerak.
Qalamcha tayyorlash uchun novdalarning uchi ingichka qismi yaramaydi. Novdaning qalamcha olish mumkin bo’lgan foydali qismi uning yo’g’onligini aniklash bilan chegaralanadi. Tayyorlanadigan qalamchaning o’rtacha yo’g’onligi 1 – 3 sm bo’lishi lozim.
Demak, novdaning foydali qismi diametri 1 smdan kam bo’lmasligi lozim. Bir yillik novdaning kuchliligi asosining yo’g’onligiga qarab belgilanadi. Bunday sharoitda novdaning 1 sm ga to’g’ri keladigan yo’g’onligi uning eng yuqori qismiga to’g’ri kelishi kerak.
Ona tutlar har yili ko’klamda fevral oyining ikkinchi yarmida, mart oyining boshlarida qalamchalar tayyorlash maqsadida kesiladi. Shu boisdan qalamcha qanchalik yo’g’on bo’lsa uning ko’karishi ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Masalan, diametri 10 – 20, 20 – 25 va 25 – 30 mm bo’lib, Halqalangan 15 – 20 va 30 – 40 sm uzunlikdagi qalamchalar 60 – 72, 80 – 94 va 90 – 100 % gacha ildiz hosil qilgan. Halqalangan qalamchaning ko’karish darajasi juda yuqori bo’lib, baquvvat o’sganligi uchun ulardan bir yilni o’zida davlat standarti talabiga javob beradigan shox – shabbali navdor ko’chatlar yetishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |