O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§ Dorivor o’simliklarni yetishtirish maydonida o’simliklarni ekish va yerga ishglov berish



Download 1,72 Mb.
bet9/13
Sana08.11.2022
Hajmi1,72 Mb.
#862652
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-71 Javohir

2.3§ Dorivor o’simliklarni yetishtirish maydonida o’simliklarni ekish va yerga ishglov berish
Dorivor o’simliklar seleksiyasi, urug’chiligi va agrotexnologiya laboratoriyasida amalga oshirilayotgan ishlarda labortoriya katta ilmiy hodimi I.M.Rasulov va kichik ilmiy hodim R.X.Muydinovlar bilan tajriba maydonida yetishtirilayotgan dorivor o’simliklarni variantlarga bo’lish va qaytariqlar asosida fenologik kuzatishlarni amalga oshirish zarurligini bilib oldim.
2.3.1 rasm. Tajriba maydonida ekilgan dorivor limono’t osimligini fenologik kuzatish va qayd etish daftariga yozib borish.
Urugʼlarning unuvchanligi dala sharoitida, maxsus idishlarda ekib ham oʼrganildi. Laboratoriya sharoitida urugʼlarning unuvchanligi 80-82% ni tashkil qilgan boʼlsa, bu holat dala sharoitida nisbatan pastroq, yaʼni 65% dan oshmasligi kuzatildi. Shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, dorivor o’simliklar urugʼlarini ekishda yaxshi pishib yetilgan urugʼlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kamyob va yoʼqolib borayotgan dorivor oʼsimlik turlarini saqlab qolish va ularning ayni paytdagi populyatsiyalari holatini (tarqalishi, soni, zichligi, ayniqsa yosh tarkibi) oʼrganish nafaqat ularning zamonaviy holatini baholash, balki kelajakda mazkur turlar yuzasidan aniq xulosalarga kelish imkonini beradi.
T
ashqi muhit omillarining turli taʼsirlariga javoban oʼsimliklarda roʼy beradigan morfologik reaktsiyalarni oʼrganish ularning noqulay sharoitlarda yashab qolish uchun qoʼllaydigan taktika va strategiyalarini aniqlashda muhim hisoblanadi. Buning natijasida turli oʼsimliklarni turli stresslarga qanday javob qaytarishini avvaldan baholash imkoni paydo boʼladi. Bu esa bevosita senopopulyatsiyalarning holatini baholashda muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
2.3.2. rasm Tajriba maydoniga ekildan dorivor o’simliklarni ekish sxemasi va o’simliklar xolati.
Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, dorivor o’simliklarni yetishtirishda tuproq strukturasi va sug’orish imkoniyati juda muhim.
Har bir oʼsimlikni tajriba maydonida yetishtirishda ularning ekish chuqurligini aniqlash muhim kasb etdi. Shularni eʼtiborga olgan holda, oʼsimlik optimal ekilish chuqurligini aniqlash maqsadida bir necha uslublar asosida tajriba olib borildi.
Tajribalarning koʼrsatilishicha, yetishtirish tuproq sharoitlari uning mexanik tarkibi va ekish chuqurligiga bevosita bogʼliq. Xususan, mexanik tarkibi ogʼir va tuproq tarkibi kambagʼal tuproqlarda urugʼlarni unib chiqishi nisbatan kam koʼrsatkichlarni tashkil etdi. Mexanik tarkibi boy va chirindiga boy tipik boʼz tuproqlarda urugʼ unuvchanligining ancha yuqori ekanligi qayd etildi. Shuningdek, urugʼlarning yuza sepilishida ularning kam unib chiqishi xamda ularni nisbatan chuqur ekilishida esa, unib chiqish miqdorining kamayganligi aniqlandi. Bu hol yuza sepilgan urugʼlarda toʼgʼri tushgan quyosh nurlari hisobiga namlik darajasining pasayishi va tuproqda urugʼlarning unib chiqishi uchun yetarlicha sharoitlarning yetishmasligi bilan izohlanadi.
Tajriba uchun poyachalarni bitta ildiz poyadan ajratib olamiz va tayyorlanib, qator oraligʼi 60-70sm, poyalar (uyachalar) oraligʼi, 15-20 va 5,0-10 sm chuqurlikda ekib chiqildi. Oʼsimliklar kechalari +16 +200C, kunduz kunlari +25 +30 0C li haroratda boʼlgan sharoitda xar haftada bir ikki martadan sugʼorib turildi.
Tajriba davomida oʼsimlik vegetatsiyasini boshlanishi, barg va kurtaklarni paydo boʼlishi poyalarni oʼsish dinamikasi oʼrganildi. Oʼsishga taʼsir etuvchi omillar oʼrganildi.
Tuproqqa ekilgan oʼsimliklarning birinchi oʼn kunlikda barglari toʼkilib ketmasligi, poyachalarda yon ildizlari oʼsib chiqishlari kuzatildi. Birinchi oʼn kunlikning oxirida ildizchalar 1,0-1,5 sm. gacha oʼsishi kuzatildi. Har bir poyabandida 10-13 tagacha ildizchalarni oʼsib chiqishi aniqlandi. Barg qoʼltigʼidan kurtakchalar oʼsib chiqa boshlaydi. Oʼsib chiqayotgan kurtakchalardan 2-4 tagacha lantsetsimon barglarning paydo boʼlishi kuzatildi. Bir oy davomida barg qoʼltigʼidan kurtaklarni 2,5-3 sm. Oʼsishi, ularda 6-8 ta barglarni oʼsib chiqanligi aniqlandi.


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish