O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,72 Mb.
bet10/13
Sana08.11.2022
Hajmi1,72 Mb.
#862652
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-71 Javohir

2.3.jadval
Tajriba maydonida ekilgan dorivor o’simliklaarnig variantlarida olib borilgan agrotadbirlar (2021-2022 y)

T/r

Tadbirlar

Bajarilish muddatlari

1

Yerga goʻng fosforli kaliyli oʻgʻitlar solish

01.10.2021

2

Shudgorlash

03.10.2021

3

Tekislash

03.10.2021

4

Baronalash

03.10.2021

5

Erta baxorgi baronalash

08.03.2022

6

Egat olish urugʻni ekish

10.03.2022

7

Sugʻorish

10.03.2022

9

Urug’larni ekish

15.03.2022

10

Dalani sugʻorish

16.03.2022

11

Qator oralarini yumshatish va begona oʻtlarni tozalash

01.04.2022

12

Birinchi sugʻorish

03.04.2022

13

Qator oralarini yumshatish

07.05.2022

14

Azotli oʻgʻitlar berish (karbomid 15 kg/g xisobida sof xolda)

09.05.2022

15

Ikkinchi sugʻorish

18.04.2022

16

Uchinchi sugʻorish

02.05.2022

17

Qator oralarini yumshatish va begona oʻtlardan tozalash

25.05.2022

18

Toʻrtinchi sugʻorish

15.05.2022

19

Qator oralarini yumshatish va begona oʻtlardan tozalash

10.06.2022

20

Beshinchi sugʻorish

29.05.2022

21

Oltinchi sugʻorish

13.06.2022

22

Yettinchi sugʻorish

28.06.2022

23

Sakkizinchi sugʻorish

10.07.2022



2.4§ Tajriba maydoniga ekilgan dorivor o’simliklarni hosilini terish va quritish.
D
orivor o’simliklar hom ashyolarini hosilini terish uchun o’simlik yaxshi gullagan vaqtda, tajriba maydonida shudring ko’tatilgan vaqtdan to kun isib ketmasidan oldin yig’iladi. Dorivor o’simliklar mahsulotlarni sifatli saqlashn uchun hom ashyo tezda soya joyda yupqa qqilib yoyib quyiladi bunda dorivor o’simlik taarkibidagi biofaol moddalar qizib ketmasligi va sifatini yo’qotmasligi inobatga olinadi.
2.4.rasm Dorivor o’simliklarni gullarini soya yerda quritish. Dorivor oychechak, dorivor tirnoqgul, o’rmon tugmachagul va ko’k bo’tako’z o’simliklari.
Dorivor o’simliklar mahsulotlarni quritish boʻyicha mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda koʻplab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan va shu asosda turli xil mahsulotlarni quritish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Biroq adabiy manbalarda dorivor oʻsimliklarni quritish boʻyicha maʼlumotlar juda xam kamchilikni tashkil qiladi. Ularning aksariyat qismida dorivor oʻsimliklarni quritish boshqa mahsulotlarni quritish texnologiyasida qoʻshimcha sifatida keltirib oʻtilgan xolos.
Quritish – dorivor oʻsimlik xom ashyosini uzoq vaqt davomida 8-14 % oraliqdagi namlikda saqlash imkonini beradigan murakkab va koʻp mehnat talab qiluvchi jarayondir.
Dorivor o’simliklar mahsulotlarni xom ashyosini quritish jarayonida maxsus koʻrsatmalarga rioya qilish talab etiladi. Aks holda quritilgan xom ashyo sifatsiz yoki yaroqsiz boʻlib qoladi. Quritish jarayonida dorivor oʻsimlik xom ashyosidan birlamchi ogʻirligiga nisbatan 30-35% namlik yoʻqotiladi.
Dorivor o’simliklar mahsulotlarni tabiiy sharoitda va xom ashyoni yoz oylarida yigʻishga toʻgʻri kelganda suʼniy usulda quritish mumkin. Sanoat miqyosida ikkala usulni tadbiq etish maqsadga muvofiqdir, chunki bunda tabiiy va suʼniy quritish usullari bir-birini oʻzaro toʻldiradi.
Tabiiy quritish. dorivor o’simliklar mahsulotlarni xom ashyosini tabiiy sharoitda quritishda turli usullar tadbiq etiladi: ochiq usti yopilgan maydonchalarda quritish, bevosita dalada uyumlarda, xavo quritgichlarda, chordoqlarda va samonxonalarda, stellajlarda, ventilyator yordamida majburiy xavo yuborib turilgan holda uyumlarda va UDS-300 markali somon quritish uchun moʻljallangan maxsus quritish moslamalarida quritiladi.
Yigʻilgan xom ashyo 2-3 sm qalinlikda quritiladi. Oʻsimlik xom ashyosi ochiq maydonlarda quritilganda uni yupqa qavat qilib yoyiladi va vaqti-vaqti bilan aylanib turiladi.
Xom ashyo quritishda yangi yoyilganda kuniga 2-3-marta agʻdarib turish tavsiya etiladi.
Yangi terilgan dorivor o’simliklar mahsulotlarni xom ashyosini usti yopilgan ochiq maydonda kerakli holatgacha quritilib, xirmonlarga yigʻiladi.
Suniy quritish. Soʻnggi paytlarda dorivor oʻsimlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli tipdagi sushilkalarada suniy quritish keng qoʻllanilmoqda. Respublikamiz iqlim sharoitida ayrim dorivor oʻsimliklarni xom ashyosini bir necha marotaba yigʻib olish imkoniyati mavjud boʻlib, texnik dorivor oʻsimliklar xom ashyosini sunʼiy quritish uchun bir necha xil quritgichlardan foydalaniladi.
Oʻzbekiston sharoitida dorivor o’simliklar mahsulotlarni xom ashyosini yigʻish yoz oylarida yoki kuzda toʻgʻri kelganida suniy quritish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Dorivor oʻsimlik xom ashyosini quritgichlarda quritish jarayonida xarorat albatta nazorat ostida boʻlishi shart chunki xom ashyoning keragidan ortiq qizdirib yuborilishi xom ashyo tarkibidagi biologik faol moddalarning parchalanishiga olib kelishi mumkin. O’simligini tarkibida flavanoidlar saqlaganligi uchun sunʼiy quritilganda 45-50 0C xaroratda boʻlishi kerak.
Xozirda dorivor oʻsimliklarning shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qolish uchun suv isitgichli konvektiv quritish qurilmalari ishlatilib kelinmoqda. Bunday quritish moslamalarini takomillashtirish orqali xom ashyoning sifati yanada oshadi. Xozirgi texnika va texnologiyalar asrida dorivor oʻsimliklarni qurish jarayonining bir meʼyorda kechishi, quritish jarayonida materialning qatlam namligi, vaqti, harorati va namlikning soʻnggi talab etilgan zarur kattaliklariga erishish imkonini taʼminlanishi, issiqlik tashuvchining oqim yoʻnalishini toʻgʻri tashkillashtirish maqsadida suv isitgichli konvektiv quritish qurilmasi takomillashtirilgan va foydalanilmoqda.
Dorivor oʻsimliklarni quritish uchun suv isitgichli konvektiv qurilmani ekspluatatsiyasi boʻyicha olingan natijalar quydagicha boʻlib xozirda dorivor oʻsimlik xom ashyosini tayyorolovchi korxonalar tomonidan foydalanib kelinmoqda:
-suv isitgichli konvektiv quritish jarayon texnologiyasi “Oʻzfarmsanoat” AK tizimidagi korxonalar amaliyotida ishlatilganda (“Oʻzfarmsanoat” AKning 2017-yil 7-noyabrdagi MD-06/3104-son maʼlumotnomasi). dorivor oʻsimliklarni ishlab chiqarishni 1,3-martaga oshirish hamda dorivor oʻsimliklarni yoʻqotilishini 11% gacha pasaytirish imkonini bergan;
-dorivor oʻsimliklarni sifatli quritishga moʻljallangan qurilma “Dorivor oʻsimliklar” MCHJ korxonasida amaliyotga joriy etilganda (“Oʻzfarmsanoat” AKning 2017-yil 7-noyabrdagi MD-06/3102-son maʼlumotnomasi). dorivor oʻsimliklarning biofaol tarkibi saqlanib qolgan holda sifatli tugallangan mahsulot olish imkonini bergan;
-dorivor oʻsimliklarni sifatli quritishga moʻljallangan qurilmani “Dilrabo Usmonovna Zamini” DX amaliyotida (2016-yil 13-mayda №13/16 raqam bilan roʻyxatga olingan). dorivor oʻsimliklar tarkibidagi biofaol moddalarni 90–95% gacha saqlagan sifatli shifobaxsh mahsulotlar olish imkonini bergan.
Eksportga yoʻnaltirilgan yana bir quritish qurilmalaridan biri Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan dorivor oʻsimlik xom ashyosini universal quritish qurilmasi vositasida ham amalga oshiriladi. U ihtiro asosida (Oʻz.R. patentlari № 02751, 02752, 02961, 6113, 2403, 2304) tayyorlangan boʻlib, ishonchli, shovqinsiz, foydalanish usuli oddiy.
Qayta ishlanadigan xar bir dorivor oʻsimlik uchun quritgichning elektron boshqarish bloki yordamida optimal quritish rejimini berish mumkin. Quritgichlar dorivor oʻsimlik xom ashyosini quritishda juda yaxshi adaptatsiya qilingan, buning uchun termorostlagich boshqarish bloki kengaytirilgan rostlash diapazoniga ega.
Dorivor oʻsimlik xom ashyosini quritishda, ekologik toza quritish texnologiyasi yordamida energiya tejamkor rejimida energiyadan foydalanish sarfini 39% ga kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olish imkoniyatini beradi.
1-ventilyator; 2-quritgich kamerasining oʻng tomon seksiyasi; 3-asosiy kalorifet; 4-quritgich kamerasining chap tomon seksiyasi; 5-qoʻshimcha kalorifet; 6-regenerativ issiqlik almashinish qurilmasi; 7-atmosfera xavosini kamera devori va plyonka orasida qizdirish chizigʻi; 8-quritgich agenti yoʻnalishini oʻzgartirish klapani; 9-regenerativ issiqlik almashtirgich qurilmasining oʻzgartirish klapani; 10-regeneratiq issiqlik almashinish qurilmasining soʻrish kamerasi; 11-regenerativ issiqlik almashinish qurilmasida akkumuliyatsiya qilingan issiqlikni regeneratsiya qilish chizigʻi.
Mahsulotni quritishga moʻljallangan yangi, ekologik toza quritish texnologiyasi issiq xavoni konvektiv uslubda uzatib, ossillovchi rejimida ishlashga asoslangan. Ossillovchi rejim dorivor oʻsimlik xom ashyosini tez va tekis quritishini taʼminlab, uning tarkibidagi vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarni 80-90 % gacha saqlab qolish imkoniyatini beradi. Kam vaqtda (10-20 minut) quritilgan dorivor oʻsimlik xom ashyosini suvda namlab qoʻyish uning deyarlik barcha natural, organoleptik, fizik va ximik xususiyatlarini, yaʼni rangini, tabiiy xidini, shaklini, mazzasini tiklab olish, xamda uni shu xolatida isteʼmol qilish yoki kulinar ishlov berishning xoxlagan turiga oʻtqazish mumkin.
Quritilgan maxsulotni saqlash uchun oddiy sharoitlar yetarli boʻlib, unda mikroflora rivojlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bir yilgacha maxsulot kondensat xosil qilmaydigan, sharoitlarda maxsus idishlarsiz saqlanishi mumkin. Germetik idishlarda esa quruq va qorongʻi joyda 2 yilgacha saqlanishi mumkin.


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish