O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari



Download 209,94 Kb.
bet88/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkibga egami yoxud u javobgarlikni vujudga kelish asoslariga koʻra farqlanadimi, degan masala muhim amaliy ahamiyatga ega. Agarda FKning 333-moddasi (majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari) va 985-moddasi (zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslari) mazmunidan kelib chiqiladigan boʻlsa, u holda fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkib koʻrinishida mavjud boʻlmaydi, deb aytish mumkin. Yuqoridagi har ikkala tarkib oʻz elementlari va ushbu elementlarni mavjud boʻlishi shartliligi nuqtai nazardan turlicha boʻlib hisoblanadi. Masalan, FKning 333-moddasi boʻyicha quyidagilar majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikning zaruriy elementlar sifatida belgilab qoʻyilgan a) majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi - huquqqa xilof qilmish sifatida; b) qarzdor aybining mavjudligi; d) javobgarlik subyekti boʻlgan qarzdorning mavjudligi. Zarar ushbu tarkibda zaruriy element sifatida emas, balki fakultativ element sifatida namoyon boʻladi FKning 985-moddasi boʻyicha javobgarlik asoslari sifatida quyidagilar belgilangan: a) zararning mavjudligi, b) zarar yetkazuvchi aybining mavjudligi, d) zarar yetkazuvchi harakatlarining huquqqa xilofliligi, e) zararni qoplash majburiyati zimmasiga yuklatilgan subyektning mavjudligi. Bu oʻrinda shuni ta’kidlash lozimki, FKning 985-moddasi boʻyicha javobgarlik asoslari oʻzining parodaksal qirralariga ham ega. Bu yerda javobgarlikning mutloq asosi sifatida faqat zarar mavjud boʻlishi kerak. Qolgan elementlar mavjud boʻlmasligi mumkin. Masalan, zarar yetkazuvchining aybi boʻlmasligi, zarar yetkazuvchi harakatlarini huquqqa muvofiq boʻlishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik qoʻllanilmasligi uchun asos boʻla olmaydi. (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar yetkazilganda oshiqcha xavf egasi aybidan qat’i nazar javob beradi yoki davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olinishi munosabati bilan fuqaroning turar joyi buzilishi hollarida garchi hokimlik oʻz vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan boʻlsa ham, baribir turar joy buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart). Zarar yetkazuvchi subyekt zimmasiga javobgarlikni yuklashga qonun yoʻl qoʻymasligi (14 yoshgacha boʻlgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud.
Boshqacha aytganda, qonunda nazarda tutilgan muayyan hollarda javobgarlik zarar yetkazuvchi shaxsga emas, balki boshqa shaxs zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Biroq yuqoridagi holatlardan umumlashma xulosa chiqarib, fuqarolik javobgarlik asoslari umuman yuridik javobgarlik asoslariga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi, degan xulosa chiqarish mumkin emas. Yuqoridagi umumiy qoidadan istisnolar juz’iy xarakterga ega. Ularni qoʻllashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini mavjud real voqelikka, hayotga mosligini ta’minlash, shuningdek, javobgarlikni qoʻllashda adolat, oqilonalik tamoyillarini oʻzida mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat koʻp hollarda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikda ham, zarar yetkazganlik uchun javobgarlikda ham fuqarolik javobgarlik asoslari umumiy yuridik javobgarlik asoslariga muvofiq keladi. Real voqeilikda muayyan huquqbuzarlik va uning oqibatlari uchun bir paytning oʻzida ikki va undan ortiq javobgarlik shakllarini qoʻllash yoxud javobgarlikni muqobillik asosida qoʻllash masalasi yuzaga keladi. Shuni ta’kidlash oʻrinliki, ijtimoiy adolat va oqilonalik nuqtai nazaridan olganda ommaviy huquq tarmoqlarida (jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, bojxona huquqi) bir qilmish uchun bir javobgarlik tamoyili amal qiladi. Biroq ommaviy huquqiy javobgarlik va fuqarolik javobgarlik qoʻllash holatlarida bir qilmish uchun ikki javobgarlik shaklini qoʻllash holatlari uchrab turadi. Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun jinoyatchiga nisbatan ozodlikdan maxrum qilish jazosini qoʻllanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qoʻllashdan aslo ozod qilmaydi. Ba’zi holatlarda esa bir qilmishga nisbatan ham jinoyat huquqiy javobgarlik, ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qoʻllash imkoniyatlari mavjud va qonun talabiga koʻra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim boʻladi. Agar jinoiy javobgarlik qoʻllash rad etilsa, unda fuqarolik javobgarlikni qoʻllashni talab qilish huquqi istisno etilmaydi. Masalan, amnistiya orqali javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish imkoniyatini istisno etmaydi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish