O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va ularni bajarish masalalari



Download 209,94 Kb.
bet84/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va ularni bajarish masalalari
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa, bugungi kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi.
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni boʻlib, bunda subyektlarning oʻzi ham voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki har qanday yuridik fakt, shu jumladan, yuridik harakat uni sodir boʻlish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha (huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi toʻlaqonli ravishda roʻy berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin boʻlgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar tuzish, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik darajasiga qarab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib,real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda yetkazib berish real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga koʻchmasdan, faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va hatto unga haq toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech qanday harakatlarni real maydonga koʻchirish talab etilmaydi.
Hattoki toʻlovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyon, elektron pullar, elektron toʻlovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida namoyon boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyekti oʻz uyida oʻtirgan holda dunyoning istalgan nuqtasida, ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi tegishli sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega boʻladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni virtual maydonda tuzish subyektlarni vaqti va mablagʻlarini tejashga imkon beradigan eng qulay usullardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Bu normadan koʻrinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar tuzishga asosiy talab, taraflarni bir birlari bilan ishonchli aloqalarni oʻrnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va chalgʻitishini oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi yaratilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan.
Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati bu elektron raqamli imzo sanaladi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi.
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga ma’lum boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi boʻlsa, elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija bilan bogʻliq.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot hisoblanadi. Elektron imzo roʻyxatga olish markazi tomonidan roʻyxatga kiritiladi. Bu organ maxsus vakolatli organda davlat roʻyxatidan oʻtgan va amaldagiqonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat boʻladi.Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qogʻoz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri boʻlib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron maydonda firma nomi, tovar belgisi funksiyalarini bajaradi. Mamlakatimizda domen nomlarini berish va roʻyxatdan oʻtkazishni huquqiy asoslari mavjud. Ba’zi holatlarda subyektlar domen nomlariga moʻljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin. Elektron shartnomalarni tuzish oʻzgartirish va bekor qilish asoslari va tartibi. Elektron shartnomalar bilan bog’liq munosabatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonuni tartibga soladi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir. Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. Elektron tijorat ishtirokchilari yuqoridagi qonun, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi uchun asos boʻla olmaydi.
Qonun hujjatlarida elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi axborotga nisbatan boshqa talablar ham belgilanishi mumkin. Axborot vositachilarining xizmatlari shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Axborot vositachilari, agar elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron hujjatlarning mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirishga haqli emas.
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Bu shartnomalar tovarlar, ishlar va xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga shuningdek boshqa fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat oʻtgandan keyin esa ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart. Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) oʻz ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda tuzilgan deb e’tirof etiladi. Ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta shartlariga rozilikni koʻrsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bogʻliq hujjatni taqdim etish majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan majburiyatni bajarish shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa ma’lumotlar maxsus bilimga ega boʻlmagan qabul qilib oluvchiga qabul qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim etilishi kerak. Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining disklar va qogʻoz koʻrinishida dalil sifatida foydalanish mumkin. Taraflar elektron matnni qogʻoz matnga tegishli tarsza rasmiylashtirish (notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish) istisno etilmaydi.
Elektron shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayonida, shuningdek subyektlar oʻrtasidagi boshqa fuqarolik shartnomalarda elektron hujjatlarni muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali joʻnatish va qabul qilib olish jarayonlari yigʻindisidan iborat boʻladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan, shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
- elektron raqamli imzo;
- elektron hujjatni joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni joʻnatuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili;
- hujjat yaratilgan sana. Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va ularni bajarish masalalari. Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini an’anaviy tasavvurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa, bugungi kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi. Virtual maydon esa elektron axborot maydoni boʻlib, bunda subyektlarning oʻzi ham voqealar jarayoni ham muayyan ketma ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki har qanday yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir boʻlish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha (huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi toʻlaqonli ravishda roʻy berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin boʻlgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar tuzish, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik darajasiga karab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda yetkazib berish real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va hatto, unga haq toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech qanday harakatlar va tuzish real maydonga koʻchirish talab etilmaydi.
Hattoki toʻlovlarni amalga oshirish uchun elektron xamyon, elektron pullar, elektron toʻlovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida namoyon boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyekti oʻz uyida oʻtirgan holda dunyoning istalgan nuqtasida ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi tegishli sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega boʻladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni virtual maydonda tuzish subyektlarni vaqti va mablagʻlarini tejashga imkon beradigan eng qulay usullardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu FK hisoblanadi. FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Bu normadan koʻrinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar tuzishga asosiy talab, taraflarni bir-birlari bilan ishonchli aloqalarni oʻrnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va chalgʻitishini oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi yaratilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan. Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati bu elektron raqamli imzo sanaladi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi. Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga ma’lum boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi boʻlsa, elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija bilan bogʻliq. Roʻyxatga olish markazlari faoliyatining tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa roʻyxatga olish markazida saqlanadi. Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qogʻoz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin. Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri boʻlib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron maydonda firma nomi, tovar belgisi funksiyalarini bajaradi. Mamlakatimizda domen nomlarini berish va roʻyxatdan oʻtkazishni huquqiy asoslari mavjud. Ba’zi holatlarda subyektlar domen nomlariga moʻljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. Elektron tijorat ishtirokchilari yuqoridagi qonun, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi uchun asos boʻla olmaydi.
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Bu shartnomalar tovarlar, ishlar va xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga, shuningdek boshqa fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat oʻtgandan keyin esa ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart.
Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) oʻz ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda tuzilgan deb e’tirof etiladi.
Ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta shartlariga rozilikni koʻrsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bogʻliq hujjatni taqdim etish majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan majburiyatni bajarish shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan, taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa ma’lumotlar maxsus bilimga ega boʻlmagan qabul qilib oluvchiga qabul qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim etilishi kerak.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish