O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish



Download 209,94 Kb.
bet83/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish
Umumiy qoida boʻyicha, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq, oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Agar shartnomada muayyan vaziyatda shartnoma shartlarini bir taraflama oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi shart mavjud boʻlsa, bu holda shunday vaziyat yuz bergan taqdirda shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirish yoki bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan, agar shartnoma boʻyicha toʻlovlar muntazam kechiktirilsa, mahsulot yetkazib beruvchi akreditiv orqali hisob-kitoblar joriy etishga haqli deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa, bu holda amalda sotib oluvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarlar uchun toʻlovni muntazam ravishda kechiktirilishi mahsulot yetkazib beruvchi uchun shartnoma shartlaini bir tomonlama oʻzgartirishga asos boʻladi yoki shartnomada muayyan muddat ichida buyurtmachiga xizmat koʻrsatilmasligi shartnomani bekor boʻlishiga olib kelishi belgilab qoʻyilgan boʻlsa, bu holda oʻsha majburiyatni bajarmasligi tegishli tarafga shartnomani bir tomonlama bekor qilishga asos boʻladi.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollardagina oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Garchi FKda belgilanmagan boʻlsa ham taraflardan tashqari vakolatli davlat idoralari (masalan, qonun talablariga rioya etilmagan taqdirda prokuratura organlari, gʻirrom raqobat boʻyicha kelishuv mavjud boʻlsa raqobat qonunchiligiga koʻra monopoliyaga qarshi organ, voyaga yetmaganlar manfaati qoʻpol ravishda buzilgan boʻlsa vasiylik va homiylik organi) amalda shartnoma shartlarini sud orqali oʻzgartirish yoki bekor qilishni sud tartibida amalga oshirishlari mumkin.
Bu oʻrinda shuni ta’kidlash lozimki, agar shartnoma shartlari uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl qilsa, uchinchi shaxslar tomonidan ham shartnoma shartlarini oʻzgartirish yo bekor qilish boʻyicha sudga talab qilinishi mumkin.
Taraflardan birining shartnoma buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishga umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Masalan, da’vogar V. javobgar M.ga nisbatan da’vo ariza bilan sudga murojaat qilib, unda 2011-yil 20-dekabrda oʻzi bilan javobgar oʻrtasida umrbod ta’minlash sharti bilan xonadonni begonalashtirish shartnomasi tuzilganligini, hozirda javobgar tomonidan shartnoma majburiyatlari tegishli tartibda bajarilmayotganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilish niyatida ekanligini, qayd qilingan shartnomada javobgar amaldagi eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdoridan kelib chiqqan holda uni oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon vositalari bilan ta’minlashi hamda uni parvarishlashi va boshqa yordamlarni koʻrsatishi lozimligi belgilanganligini, lekin unga aslida ushbu yordamlarni hozirda umuman boshqa odamlar koʻrsatib kelishini, javobgar oʻtgan davr mobaynida unga faqat ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelganligini, dori-darmon va kiyim-kechaklarni esa olib kelmaganligini, bundan tashqari unga qoʻpollik qilib uy oʻziga tegishli ekanligini aytib uni uydan haydab yuborishini aytib qoʻrqitib kelishini, u shartnoma koʻrsatilgan barcha yordamlarni berib boʻlganligini, shuningdek, hozirda javobgar uning roziligisiz uyga oʻz qizini doimiy roʻyxatga qoʻyganligini, javobgar unga uy hujjatlarini bermasligini bayon qilib, suddan umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilishni soʻragan.
Yuqoridagi misolda taraf umid qilgan manfaatdan mahrum boʻlganligi uni shartnomani bekor qilish masalasini koʻtarishga sabab boʻlgan.
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi. Ushbu norma dispozitiv xarakterag ega. Vaziyatning taraflar oldindan koʻra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin boʻlgan darajada oʻzgarishi uning jiddiy oʻzgarishi hisoblanadi. Binobarin vaziyatni jiddiy oʻzgarishi oʻziga xos favqulodda xarakterga ega boʻladi.
Agar taraflar shartnomani jiddiy oʻzgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan boʻlsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi, yuqorida nazarda tutilgan asoslarga koʻra esa – oʻzgartirilishi mumkin, agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa:
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday oʻzgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar;
2) vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo boʻlganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga koʻra oʻzidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan boʻlishiga qaramay, bu sabablarni enga olmagan boʻlsa;
3) shartnomani uning shartlarini oʻzgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning oʻzgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini ular oʻrtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaning oʻzgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishni ba’zi huquqiy asoslari FKning tegishli normalarida oʻz ifodasini topgan.
Masalan, FKning 506-moddasiga asosan, agar shartnoma tuzilgandan soʻng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Bundan tashqari FKning 698-moddasida buyurtmachining majburiyatlari belgilangan boʻlib, ulardan biri kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilish hisoblanadi. Buyurtmachi ushbu axborotni olgandan soʻng yo shartnomani yangi shartlar asosida davom ettirish yoki bekor qilish huquqiga ega boʻladi.
Shuningdek, FKning 949-moddasida vaziyatni jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan sugʻurta shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi agar FKning 383-moddasida nazarda tutilgan holatlarga toʻliq mos kelsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’i nazar shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻladi.
Masalan, “Yogʻdu” firmasi an’anaviy lampochkalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va u uch yilga “Olim” firmasi bilan xom ashyo yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan edi. Biroq, shartnomani muddatining ikkinchi yilida bozorga energiya tejamli arzon lampochkalar keng miqiyosda savdoga chiqdi. “Yogʻdu” firmasi mahsulotiga nisbatan talab yoʻqoldi. Bu holda vaziyat oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani bekor qilish haqida talab bilan murojaat qilindi. Sud FKning 383-moddasi asosida da’vo talabini qanoatlantirdi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish